Boxori arpa.
Zafar duvarak. Tur xili rikotenze. Olti qirrali. O’suv davri bahorda ekilganda 85-90 kun. Bahorda ekilganda hosildorligi 30-Z5 s/ga.
Bolg’ali duvarak, tur xili nutans. Ikki qatorli. Sug’oriladigan yerlarda bahorda ekilganda 30-40 s/ga don hosili beradi.
Nutans - 799 - duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda ekish uchun tavsiya etilgan. Hosildorligi, 27,2-32,7 s/ga.
Lalmikor - duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda 35-37 s/ga kuzda, bahorda 20-25 s/ga hosil beradi.
Gulnoz - ikki qatorli pivabop arpa, duvarak. Tur xili nutans. Bahorda ekilganda sug’oriladigan yerlarda 30-35 s/ga hosil beradi.
Unumli arpa pivabop, ikki qatorli, duvarak. Lalmikorlikda 20-25 s/ga don hosili beradi.
Baqori arpani Vodka navi qam Davlat reyestriga kiritilgan.
Bahori arpa yetishtirish. O’zbekistonda bahori arpa sug’oriladigan va lalmikor maydonlarda yetishtiriladi. Sug’oriladigan yerlarda toza va qoplama ekin sifatida o’stiriladi. Bahori arpa uchun sug’oriladigan yerlarda eng yaxshi o’tmishdoshlarga g’o’za, qator oralari ishlanadigan ekinlar, dukkakli don, sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagi kiradi.
Lalmikorlikda bahori arpa uchun toza, band shudgor, no’xat, maxsar yaxshi o’tmishdoshlardir.
Bahori arpa tuproq muhiti rN –5,5 kam bo’lmagan, unumdor, mexanik tarkibi qumoq tuproqlarda yaxshi o’sadi.
O’zbekistonda bahori arpaning Unumli arpa, duvarak arpani Temur navlari keng tarqalgan. Temur navi sug’oriladigan yerlarda ekiladi.
Tuproqni ishlash. Sug’oriladigan yerlarda bahori arpa ekiladigan dalalar 25 –27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Lalmikorlikda kuzgi shudgor 20 –22 sm chuqurlikda o’tkaziladi. Shamol eroziyasiga uchragan maydonlarda tuproq ploskorezlar bilan ishlansa yaxshi natija beradi.
Ekishdan oldin otvalli pluglar bilan haydalgan dalalar yer yetilishi bilan BZTS –1,0, BZS –1,0 tishli boronalarida bir yoki ikki izli qilib ko’ndalangiga yoki diagonaliga borona qilinadi. Sizot suvlar yaqin dalalarda 10 –12 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. Kultivatorlardan KPZ –9,7, KPSh –8, KShU –12 va KPS –4 qo’llaniladi.
Tuproqda nam ko’p bo’lsa, og’ir g’ildirakli traktorlardan foydalanishdan voz kechish kerak. Tuproq zichlanishini oldini olish uchun bir necha ish jarayonlarini bir yo’la o’tkazish kerak. Ishlovlar tuproq asosiy ishlanishiga ko’ndalang yoki unga burchak asosida o’tkaziladi.
Kuzgi javdar O’zbekistonda oraliq ekin sifatida va doni uchun ekiladi. U juda ko’p mamlaktlarda bug’doydan keyin, ikkinchi non ekini. Javdar noni yuqori kaloriyaga ega, to’yimli, mazalik. Donida to’la qimmatli, almashtirilmaydigan aminokislotalar, ayniqsa lizinga boy oqsil hamda A, S, Ye va V guruhidagi vitaminlar mavjud. Shuning uchun qoramollarga omixta yem tayyorlashda javdar donidan lizinga boy qushimcha sifatida foydalaniladi.
Kuzgi javdar Rossiyada, Markaziy Osiyo va Kavkazortida doni uchun hamda dukkakli ekinlar, bahori arpa, bug’doy va boshqa ekinlar bilan qo’shib oziqa uchun ekiladi.
Javdar donida o’rtacha 8,0-18,7 % oqsil, 51,8-69 % kraxmal, 1,6-2,6 % yog’ mavjud. Oqsil tarkibida lizin ko’pligi tufayli kuzgi javdar donining biologik qimmati yuqori.
O’zbekistonda kuzgi javdar oziqa ekini sifatida yashil massasi, pichan uni va ertagi silos tayyorlash uchun ko’p ekiladi. Somoni dag’al oziqa sifatida ishlatiladi hamda undan qog’oz, furfurol, uksus kislotasi, lignin tayyorlashda foydalaniladi.
N. I. Vavilov tadqiqotlarida madaniy javdar yovvoyi turlardan kelib chiqqan va baland tog’li hamda shimoliy mintaqalarda tarqala boshlaganligi aniqlangan. Bug’doy va arpaga nisbatan yosh ekin.
Markaziy Osiyoda shu jumladan O’zbekistonda javdar qadimdan «qora bug’doy» nomi bilan tanilgan va keng ekilgan (Kobilyanskiy,1982). V.N. Xvoyka (1907) ma’lumotlariga ko’ra javdar eramizdan oldingi III-II ming yilliklarda Kiyev guberniyasi hududida ekilgan, Markaziy Osiyo, Kichik Osiyo, Kavkazorti javdar kelib chiqqan gen markazlar hisoblanadi.
Jahon dehqonchiligida kuzgi javdar 7,4 mln. gektar maydonga ekiladi va yalpi hosili 10,5 mln.t., hosildorlik 14,6 s/ga tashkil qiladi.
Sug’oriladigan yerlarda ilg’or xo’jaliklar javdarni gektaridan 60-70 s don hosili olishmoqda. Yangi yaratilgan kalta poyali, intensiv tipdagi javdar serhosil, sug’orishga, azotli o’g’itlarga ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Yashil massa hosili erta bahorda (aprel) 250-300 ga/s yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |