1. Kirish. Avvalgi ma'ruzada nimalar o‘rganilgan, uning natijaisi nimalar bilan bog‘liq, bugungi darsga qanday maqsad ko‘zlanyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog‘lanadi. Keyin mavzu e'lon qilinadi. Ma'ruza rejasi, mustaqil o‘qish uchun asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o‘rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.
2. Asosiy kurs. Bu kurs ma'ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o‘tish metodlarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi. Tinglovchilarga mo‘ljallangan axborotlar yetkaziladi.
3. Yakuniy kurs. Ma'ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, hodisalar ta'kidlanadi. Qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu - tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma'ruzada-bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
Maxsus fanlarni o’qitishda seminar darsi va uning o’quv jarayonida tutgan o’rni :
Ma'ruza bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot ham o‘quv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta'lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funksiyasini bajaradi. Amaliy mashg‘ulot termini pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma'noda talqin etiladi. Amaliy mashg‘ulot keng ma'noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg‘ulotning shakllaridan biri bo‘lib:
fan bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o‘stirish vazifalarini bajaradi.
Seminar darsi talabalarni bilim olishlari, uni puxta o‘zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo‘llashlarida alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta'minlaydigan metodlarni qo‘llab o‘tish, muhim ahamiyatga ega. Ma'ruzada odatda bayon qilish yetakchi rol o‘ynaydi. Taiabalar ma'ruza tinglashda passiv rol o‘ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bolishadi. Darsda turli metodlarni qo‘llab, ularning faolligini ta'minlash imkoniyati keng. Ma'ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, o‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi. Seminar (lot. seminariym - manba, ko‘chma ma'noda - maktab) - o‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o‘quv yurtlarida, anjumanlarda qo‘llaniladi.
Seminar darsi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1)talabalarga professional ta'lim berish va tarbiyalash;
2)mustaqil ishlash malakasini o‘stirish;
3)mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
4)nutqini o‘stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o‘rgatish;
5)mustaqil fikr yuritish va o‘z fikrini o‘rtoqlashishga o‘rgatish;
6)o‘rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o‘rgatish;
7)talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;
8)nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash.
Do'stlaringiz bilan baham: |