2-mavzu : Professional ta’lim muhitida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish Reja



Download 27,34 Kb.
bet1/5
Sana05.04.2022
Hajmi27,34 Kb.
#529464
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu


2-mavzu : Professional ta’lim muhitida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish
Reja:

    1. Mahsus fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy majmua va uning o‘quv mashg’ulotini tashkil etishda ahamiyati.

    2. Tayanch o‘quv rejalari va ular asosida fanlar tarkibi va soatini aniqlash.

    3. O‘quv majmuasi va mashg’ulotlarni tashkil etishda ma’ruza va amaliy fanlarini tashkil etish.

    4. Talabalarni faollashtirishda turli xil metodlardan samarali foydalanish.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi — ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir. Bu tizim dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, ishning ko‘zini biluvchi, vaziyatni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi kadrlar tayyorlashni eng muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim. Bu vazifani amalga oshirishda ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy majmua va uning o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llash muhim rol o‘ynaydi. Biz eng avvalo, kimni, qanday kadrlar tayyorlashni aniq tasavvur qilishimiz kerak. Bu maqsad davlat ta'lim standartlarida o‘z aksini topadi. Standart (inglizcha «Standard»—norma, namuna) mahsulotni sifati, tarkibi jihatidan qa‘tiy belgilangan parametrlardan tashkil topgan, mahsulot, qoida, ko‘rinishdir. Standart keng ma'noda bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan obyektlarni solishtirish uchun qabul qilingan namuna, etalon, modeldir. Standartlar texnik normativ hujjat sifatida ishlab chiqilib, qabul qilingan ma'lum me-zonlar, qoidalar, talablar kompleksidan iborat. Ular vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar moddiy shaklda mahsulot etaloni, namuna sifatida bo‘lishi yoki turli normativ, qonun-qoida, talablar tarzida bo‘lishi mumkin. Standartlarni qo‘llashdan maqsad, mahsulotni, bajarilgan ishni sifatini ta'minlash. Ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashning davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishidan maqsad tayyorlanayotgan kadrlarimizni zamon talabi darajasida bo‘lishini ta'miniashdir. Bu standartlarda ta'lim dargohini bitirib chiqayotgan talabalar qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ularning qo‘lidan nima ish kelishining minimal darajasi belgilab qo‘yiladi. Ta'limni standartlashtirish bu butun dunyo miqyosida ta'limni isloh qilishdagi eng asosiy tendensiyalardan biri.
Unga bozor iqtisodiyoti talablari nuqtayi nazaridan yondashiladi. Jamiyat bilan ta'limning o‘zaro moslashishini ta'minlash bugungi kunning nihoyatda jiddiy masalasidir. Ayniqsa, ikki mustaqil bozor, ta'lim va mehnat bozorlarini bir-biriga yaqinlashtirish, shu asosda talab va taklif muvozanatiga erishish nihoyatda muhim va dolzarb masala. Jamiyatda sodir bo‘layotgan yangiliklar, farmasevtikadagi o‘zgarishlar ta'lim tizimiga yangicha yondashishni taqozo etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi va amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalaridan biri, ta'lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga talablarni, ularning madaniy va ma'naviy-ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va uni tatbiq etishdir. Xalqaro talablarga javob beruvchi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish: O‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda ta'lim ekvivalentligini, turli ta'lim muassasalari diplomlarini taqqoslab, mamlakatimiz ishchi va mutaxassislarini xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta'minlaydi. Ta'lim xizmatlari sifatiga aniq qa‘tiy talablarni belgilab qo‘yilishi kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi.
Davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
 ta'limning yuksak sifatini ta'minlash hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur farmasevtika va ijtimoiy islohotlar asosida rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta'minlash;
mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
ta'limning demokratlashuviga insonparvarlashuviga, ijtimoiyligiga ko‘ra, ta'lim oluvchilarning huquqiy, farmasevtika bilimlari darajasini, shuningdek, ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish;
sifatli ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning jamiyat va davlatning vazifalarini himoya qilish;
kadrlar tayyorlash sifatini va ta'lim faoliyati mezonlari va tartibini baholash;
ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta'minlash, ta'limning barcha turlari va kurslarida o‘quv - tarbiya jarayonini maqbullashtirish;
mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta'minlash. Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlat ta'lim standartlarining vazifalari belgilandi, ular:
ta'lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga ko‘rsitiladigan ta'lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
ta'limga va uning pirovard natijalariga, ta'lim oluvchilarning bilim va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta'lim faoliyati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me'yoriy bazani yaratish;
xalqning boy ma'naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasining samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta'limning barcha turlari mazmunini hamda olib boriladigan ta'lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bog‘liqligini uzluksiz ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta'minlash;
pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta'minlanishiga, ta'lim darajasini nazorat qilishga, ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me'yorlar va talablarni belgilash;
ta'lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis qismini, ta'lim muassasalarining attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;
milliy standartlar talabi bilan ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashning xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.
DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy rivojlanishiga muvofiq ravishda ta'lim darajasi va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar o‘zgarishi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga talab va ta'lim mazmunidan kelib chiqqan holda:
• Davlat ta'lim standartlari;
•asosiy qoidalari bo‘yicha tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi;
•tayanch o‘quv rejalari ta'lim muassasalarining ishchi-o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch o’quv rejalari va ular asosida fanlar tarkibi va soatini aniqlash
Oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat yo‘nalishida o‘qishning normativ muddati 4 yil.
Nazariy o‘qish 136 hafta.
Nazariy o‘qish 136x54 = 7344 soat.
Bir yilda 2 semestr o‘qiladi, har ikki semestr ham 20 haftalik.
Attestatsiya 13—19 haftagacha.
Amaliyot o‘tish 12—24 haftagacha.
Ta'til 27—36 haftagacha (bitirgandan so‘nggi 4 haftani ham qo‘shib). Bitiruv malakaviy ishiga 5 haftagacha vaqt ajratiladi, hammasi bo‘lib bakalavriat yo‘nalishida o‘qitgan talabaga 1 kursga qabul qilinib, institutga qadam qo‘yganidan boshlab, bitirib ketguncha belgilangan muddat 204 haftani tashkil qiladi. O‘rganiladigan ta'lim fanlarining tarkibi quyidagi bloklarga bo‘lingan bo‘lib:
I blok. Gumanitar va ijtimoiy fanlar: 1689 soat yoki umumiy belgilangan vaqtning 25 %ini tashkil qiladi.
II blok. Matematika va tabiiy fanlar: ta'lim yo‘nalishiga ko‘ra 700 soatdan 1836 soatgacha bo‘lib, taxminan 9 %dan 25 %ini tashkil etadi.
III blok. Umum mutaxassislik fanlari ta'lim yo‘nalishiga ko‘ra umumiy ajratilgan vaqtni 50 %gacha yetadi.
VI blok. Maxsus mutaxassislik fanlari —10 % gacha.
V blok. Maxsus fakultativ fanlar 5 % gacha yetadi.
O‘quv yuklamasining maksimal darajasi auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar bilan birgalikda haftasiga 54 soat belgilangan. Auditoriya mashg‘ulotlarining yuqori hajmi haftasiga 36 soat. Akademik erkinlik va talabalarni o‘z ustida ishlashga o‘rgatish oliy o‘quv yurti faoliyatining asosini tashkil etadi. Tendensiya shundayki, nazariy kurs ta'limga ajratilgan vaqtning 15 % atrofida. Qolgan vaqtlar, seminar ilmiy faoliyat, mustaqil ishlarni bajarish, talabalarni o‘z ustida ishlashi kabilardan tashkil topadi. Oliy o‘quv yurtida, ayniqsa, talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashiga alohida diqqat qaratiladi.

Download 27,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish