2-mavzu : Professional ta’lim muhitida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish Reja



Download 27,34 Kb.
bet2/5
Sana05.04.2022
Hajmi27,34 Kb.
#529464
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu

Texnologik xarita — ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik operatsiyalar ketma-ketligini yorituvchi texnik hujjat. Texnologik operatsiyalar esa ishchi tomonidan o‘zining ish o‘rnida bajariladigan yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi. Texnologik xaritada ana shu operatsiyalar va ularni qanday ketma-ketlikda qanday bajarilishi ko‘rsatiladi. Xuddi mahsulot ishlab chiqarishda bo‘lganidek o‘quv yurtlarining «mahsuloti» ko‘zda tutilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlardir. Xaritada ana shu jarayon, unda bajariladigan «operatsiya»lar ketma-ketligi, muddati ko‘rsatiladi. Tuzilgan texnologik xarita kafedra majlisida tasdiqlanadi hamda majlis bayonnomasi tartib raqami qo‘yilib, kafedra mudiri, fakultet dekani, o‘quv bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Xarita 2 nusxada tuziladi. Nusxalarni kafedra va o‘quv bo‘limida saqlanadi. Xaritaning aslidan olingan nusxa fan bo‘yicha dars beruvchi o‘qituvchi qo‘lida bo‘lib, rejada belgilangan dars va mustaqil ishlarni haqiqatda bajarilishi bilan kuzatib, nazorat qilib boriladi. Texnologik xarita o‘quv dasturi asosida o‘tiladigan fanlardan tashqari har -bir mavzu, har bir dars bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Dars jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda kalendar reja ham muhim o‘rin tutadi. Kalendar reja odatda, o‘quv dasturi, o‘quv texnologik xarita va dars jadvali asosida tuziladi. O‘quv dasturi bo‘yicha o‘rganiladigan fandan kalendar reja, har bir o‘qituvchi tomonidan har bir akademguruh uchun tuzilib, unda mavzular bo‘yicha ajratilgan soat va uni ma'ruza, amaliy (seminar) mashg‘uloti, mustaqil ishlar bo‘yicha taqsimlanishi bo‘yicha reja bo‘yicha o‘tiladigan sana va soati, haqiqatda bajarilishi ko‘rsatiladi. Kalendar reja orqali har bir mavzuni belgilangan muddat va ajratilgan soat bo‘yicha dars o‘tishni nazorat qilish amalga oshiriladi.
O’quv majmuasi va uning tarkibi, o’quv dasturining tutgan o’rni fanni o‘rganish uchun rejalashtirilgan mavzular ta'lim standartlaridan kelib chiqqan holda, qo‘yilgan maqsadga ko‘ra o‘quv dasturida o‘z ifodasini topadi. O‘quv dasturi fanni o‘rganish bo‘yicha hujjat hisoblanib, bo‘lajak mutaxassisga qo‘yilgan talablarga mos holda ta'lim mazmunini va uni o‘quvchi, talabalar tomonidan o‘zlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi. O‘quv dasturlari alohida o‘quv piedmetlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o‘rganish ketma-ketligini belgilaydi. Har bir mavzu bo‘yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini o‘zlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o‘zlashtirish zarur bo‘lgan masalalar, qo‘yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o‘quv jarayonini tashkiliy shakllari bo‘yicha vaqt ajratiladi. Har bir mavzu o‘rganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi. Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tarmoq standartlariga muvofiq ravishda shu fan o‘quvchi-talabalarda qanday bilim va ko‘nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. O‘quv dasturi namunaviy va ishchi o‘quv dasturidan iborat bo‘lib, ishchi o‘quv dasturi namunaviy dastur asosida toziladi.
O‘quv-uslubiy majmuaning tarkibi quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan:

  • ta'limning maqsadi (o‘qitishdan maqsad nima? nima uchun o‘qitamiz?);

  • ta'limning mazmuni (nimani o‘qitamiz? nimani o‘rgatamiz?);

  • ta'lim metetodlari (qanday qilib o‘qitamiz?);

  • ta'lim vositalari (nimalar orqali, qanday vositalar orqali o‘qitamiz?).

O‘quv-uslubiy majmuaning komponentlari vazifalarni eng ma'qul tarzda, ya'ni eng optimal variantini aniqlash muammosi majmuaning tuzilishini tanlash bilan uzviy bog‘liq. O‘quv-uslubiy majmuaning tuzilishiga bog‘liq ravishda uning komponentlari, vazifalari ham o‘zgarib boradi.
Hozirgi paytda o‘quv-uslubiy majmua tarkibi:

    1. Fan bo‘yicha namunaviy dastur.

    2. Fan bo‘yicha ishchi - o‘quv dasturi.

    3. Texnologik xarita.

    4. Dars o‘tish kalendar rejasi.

    5. Amaliy mashg‘ulot va seminar darslari rejasi.

    6. Ma'ruzalar matni.

    7. Asosiy tayanch tushunchalar.

    8. Masala-mashqlar, testlar.

    9. Fan bo‘yicha oraliq, joriy, yakuniy baholash mezonlari.

    10. Yozma ishlarni baholash mezonlari.

    11. Fan mavzulari bo‘yicha tayyorlangan slaydlar, chizmalar va boshqa namoyish etiluvchi materiallar.

    12. Amaliy ish o‘yinlari.

    13. Kurs ishi mavzulari.

    14. Mustaqil ish va referat mavzulari.

    15. Yozma ish savollari va boshqalardan iborat.

Fanning xususiyatlari va qo‘yilgan maqsaddan, mutaxassislarni tayyorlashda fanning tutgan o‘rnidan kelib chiqqan holda mazkur ro‘yxat qisqarishi yoki qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin.
Maxsus fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil qilishda ma'ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin:
1) o‘quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida;
2) bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish metodi sifatida.
Ma'ruza talabalar bilan muloqotda bo‘lishning alohida shakli va uni boshqa hech qanday o‘quv shakli bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ma'ruzaning oldiga qo‘yiladigan maqsad har xil bo‘lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak.
Ma'ruza o‘qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi:

  1. Professional ta'lim berish va dunyoqarashni shakllantirish.

  2. Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish.

Ma'ruzada talabalarning diqqat-e'tibori o‘quv materialining asosiy mazmuni, qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o‘zlashtirish metodlariga qaratiladi.

  1. Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi — tinglovchilarda bilmaganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy flkrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.

  2. Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtirishga o‘rgatish.

  3. Metodologik - ma'ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.

  4. Talabalarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, ma'naviy jihatdan barkamol bo‘lishi, mehnatga munosabati, ijtimoiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.

Ma'ruzada darsni uch kursga bo‘lish mumkin:

Download 27,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish