2-ma’ruzu: Muqobil energiya manbalari


-Jadval Noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari



Download 107,15 Kb.
bet5/7
Sana14.04.2022
Hajmi107,15 Kb.
#550350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari.

2.1-Jadval
Noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari

Birlamchi energiya
manbalari

Energiyaning
tabiiy
о‘zgarishi

Energiyaning texnikaviy
о‘zgarishi

Ikkilamchi iste’mol qilinadigan
energiya

Yer

Yerning geotermal issiqligi

Geotermal
elektrstansiyasi

Elektrenergiya

Quyosh

Atmosfera yog‘inlarining
bug‘lanishi

Gidroelektrostansiya-lar (bosimli va erkin oqimli)

Atmosfera havosining harakati

Shamolenergetik qurilmalari

Dengiz oqimlari

Dengiz elektrostansiyalari

To‘lqinlarning harakati

To‘lqin
elektrostansiyalari

Muzlarning erishi

Muzli
elektrostansiyalar

Fotosintez

Biomassadagi elektrostansiyalar




Fotoelektr energiya

Planetalar

Suvning qalqib ko‘tarilishi

Suvning qalqib ko‘tarilishi va tushishidagi elektrostansiyalar

2.2-Jadval
Qayta tiklanadigan energiya manbalari (XEA) [42]

An’anaviy QTEM

Yirik gidroenergetikasi

Biomassani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqish energiyasi

Noan’anaviy QTEM

10 MVt gacha kichik gidroenergetikasi

Quyosh energiyasi

Shamol energiyasi

Biomassa

Geotermal energiyasi

Okean energiyasi (suvning qalqib ko‘tarilishi, to‘lqin, oqim, issiqlik)

Sanoat va kommunal chiqindilar

Alternativ QTEM

Atom energetikasi

Vodorod energetikasi

Termoyadro energiyasi



2.3 Jadval
XXchi asrda energiya resurslaridan foydalanish tuzilmasi (%) [29]

Resurslar turi

Yillаr

1950

1960

1970

1980

1990

2000

Shamol, suvning qalqib ko‘tarilishi, daryolar, yerning issiqligi

10

8

6

6

7

7

Quyosh

0

1

2

2

2

3

O‘tin, o‘simliklar

31

29

16

9

7

15

Ko‘mir, slaneslar

39

30

27

20

14

13

Nеft

12

26

40

51

51

35

Gaz

8

5

7

7

10

21

AES

0

1

2

5

9

6

TYAAS

0

0

0

0

0

0

2.4-Jadval
XXIchi asrda energiya resurslaridan foydalanish tuzilmasi (%) [29]

Resurslar turi

Yillаr

2010

2020

2030

2040

2050

2060

Shamol, suvning qalqib ko‘tarilishi, daryolar, yerning issiqligi

7

7

8

9

9

10

Quyosh

4

5

8

15

26

34

O‘tin, o‘simliklar

10

9

12

20

14

10

Kumir, slanslar

10

10

26

20

19

14

Neft

47

22

11

6

3

0

Gaz

14

35

15

7

4

3

АES

8

12

20

23

25

25

TYAAS

0

0

0

0

0

4



2.5-Jadval
Yerdagi energetik resurslarni qazib chiqarishning yillik potensiali (kVt×soat yilda)

Qayta tiklanadigan resurslar

Zaxiralar-ning umumiy miqdori

Qayta tiklanmaydigan resurslar

Zaxiralar-ning umumiy miqdori

Quyosh energiyasi

580 000 000

Tosh ko‘mir

30 000 000

Suvning qalqib ko‘tarilishi va tushishi energiyasi

70 000 000

Qo‘ng‘ir ko‘mir

5 800 000

Dengiz va okeanlarning issiqligi

6 000 000

Slanesli yoqilg‘i

700 000

Shamol energiyasi

460 000

Torf

480 000

Yog‘och yoqilg‘ilаr

105 000

Nеft

223 000

Gidroenergiya

36 000

Tabiiy gaz

80 000

Yerning ichki issiqligi

15 000

Yadro yoqilg‘i (uran, toriy)

515 000 000







Termoyadro yoqilg‘i

Cheksiz
zaxiralar

1 kVt×soаt = 3,6 MJ


2.3. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining samaradorligi

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi ilmiy-texnik omillar asosida rivojlanadi.


Qayta tiklanadigan energiya resurslarining tahlili
Qayta tiqlanadigan energiya oqimlari atrof muhitda doimiy ravishda mavjuddir. Shuning uchun, qayta tiklanadigan manbalarga asoslangan energetika, yangi qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish deb maqsad qilib qo‘ymasdan, faqat mavjud bo‘lgan energiya resurslariga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Qayta tiklanadigan manbalarga asoslangan energetikaning rivojlanishi uchun ularning resurs va quvvatini aniq belgilash zarur. Muntazam va uzoq muddatli kuzatishlar va energiya manbaining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida energiya resurslari aniqlanadi. Birinchi navbatda mavjud bo‘lgan energiya oqimi aniqlanadi, bundan kelib chiqqan holda, ushbu oqimdan energetik qurilmalarda foydalanish mumkin bo‘lgan qismi belgilanadi.
Qayta tiqlanadigan energiya manbalarining vaqt bo‘yicha tavsiflari
Vaqt bo‘yicha energiyani iste’mol qilish doimiy emas. Masalan, elektrenergiyasiga ehtiyoj ertalab va kechki soatlarda maksimal, tungi vaqtlarda esa minimal bo‘ladi. Xuddi shunday, qayta tiqlanadigan energiya manbalarining quvvati davriy ravishda o‘zgaradi. Shu sababdan, qayta tiqlanadigan energiya manbalariga asoslangan energetika, energiyani iste’mol qilishning vaqtli o‘zgarishini, hamda ushbu manbalar quvvatlarining davriy o‘zgarishini hisobga olish zarur. Ko‘p holatlarda, energiyani iste’mol qilish davrlarining o‘zgarishi va energiya manbalarining quvvat o‘zgarishlari davriga to‘g‘ri kelmaydi yoki hatto ular o‘zaro qarama-qarshi bo‘ladi.
Energiya manbalarining sifati
Energiya manbalarining sifati, odatda energiya manbasining qancha qismi mexanik ishga aylanganlik qobiliyati bilan aniqlanadi. Masalan, elektr energiyasi eng yuqori sifatga ega, chunki, 80-95% mexanik energiyaga aylanishi mumkin. Tabiiy qazilma yoqilg‘i past sifatga ega, chunki yoqilg‘ining issiqlik chiqarish qobiliyati 30% dan oshmasdan, mexanik energiyaga aylanish qobiliyatiga ega.
Shuning uchun, keltirilgan alomatlarga asosan qayta tiklanadigan energiya manbalarini uchta guruhga ajratish mumkin:
1. Mexanik energiya manbalari: gidro- va shamol, to‘lqin va suvning qalqib ko‘tarilishi energiyasi manbalari. Shamol energiyasining sifati – 30%, gidroenergiyaniki – 60%, to‘lqin va suvning qalqib ko‘tarilishi energiyalarniki esa – 75%-ni tashkil etadi.
2. Quyoshning nurlanish energiyasi, geotermal issiqlik, dengiz va okean suvlarining issiqligi, bioyoqilg‘ilar qayta tiklanadigan issiqlik energiya manbalari bo‘lib hisoblanadi. Ushbu energiya manbalarining sifati termodinamikaning ikkinchi qonuni bilan aniqlanadi va odatda 35%-dan oshmaydi.
3. Fotosintez va fotoelektr hodisalarga asoslangan fotonli jarayonlar asosidagi energiya manbalari. Fotosintez asosida olingan mexanik energiya quyosh nurlanish energiyasining 0,2%-ni tashkil etadi. Fotoo‘zgartirgichlar asosida olingan foydali energiya esa quyosh nurlanish energiyasining 17%-dan oshmaydi.
Shuni qayd qilish kerakki, har qanday iste’mol qilinayotgan energiya (mexanik, issiqlik, elektr va boshqalar) oxirida issiqlikka aylanadi va atrof muhitga – atmosferaga tarqaladi.
Tarqoq yoki quyi zichliklarga ega bo‘lgan energiya
Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalari o‘zining boshlang‘ich zichliklari bo‘yicha bir-biridan ancha katta farqlanadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun ushbu kattalik taxminan 1 kVt/m2-ni tashkil etadi. Masalan, quyosh nurlanishi va 10 m/s tezligidagi shamol oqimlarining zichligi shunga yaqin. Kayta tiklanmaydigan energiya manbalari uchun esa ushbu kattalik bir tartibga katta bo‘ladi. Masalan, bug‘ qozonlarida issiqlik yuklamasi 100 kVt/m2-ni tashkil etadi, yadro reaktorlaridagi issiqlik amlashtirgichlarida esa – 1 m2 ga bir necha MVt bo‘ladi. Kayta tiklanmaydigan energiya manbalarining zichligi past bo‘lganligi tufayli, ular asosidagi energetik qurilmalar katta bo‘lmagan birlik quvvatlarda eng samarador hisoblanadi. Quvvatini va samaradorligini oshirish uchun bunday qurilmalarni yagona energotizimga birlashtirish, hamda energiyani akkumulyatsiyalovchi tizimlar bilan foydalanish zarur, bu esa katta sarf harajatlarni talab etadi
Qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan energetikani mujassam rejalashtirish
Qayta tiklanadigan energiya manbalari atrof muhitning ajralmas qismidir, ularni o‘rganish birgina ilm-fan tadqiqotlari bilan cheklanmaydi, balki har xil fanlar majmuasiga asoslanadi. Masalan, termodinamika, elektronika, biotexnologiya, modellashtirish va boshqarish nazariyasi va boshqa fanlar.
Muayyan vaziyatining ta’riflovchi ahamiyati
Har qanday qayta tiklanadigan energiya manbai universal va har qanday vaziyatda foydalanish uchun etarlicha samaraga ega emas. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi, muayyan tabiiy va iqlimiy shart-sharoitlar hamda jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosidagi energetikaning rivojlanishi quyidagi tadbirlarni o‘tkazishni talab etadi:
1. Muntazam ravishda atrof muhitni tadqiq qilish: iqlimiy, meteorologik, ekologik tadqiqotlar; atrof muhitning monitoringi.
2. Energiya iste’molchilarining tarkibi, iste’mol qilinadigan energiyaning turi va quvvati; sanoat, qishloq va kommunal xo‘jaliklar uchun zarur bo‘lgan energiya ehtiyojlarini aniqlash lozim.
Noan’anaviy energiya manbalari o‘zining quyidagi musbat va manfiy sifatlariga egadir:
1) Ular qayta tiklanadi va amalda bepul bo‘ladi, ulardan foydalanish oqibatida ekologiya o‘zgarmaydi va atrof muhitda ifloslanish bo‘lmaydi.
2) Past konsentrasiyaga ega, fazoda va vaqt bo‘yicha o‘zgaradi; geografik, iqlimiy va ob-havo sharoitlariga bog‘liqdir.
3) Noan’anaviy qayta tiklanadigan energiya manbalardan foydalanish samaradorligi energiyani konsentrasiyalash, akkumulyatsiyalash va saqlash tizimlarini yaratish bilan bog‘liqdir.
O‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bilan, noan’anaviy energetikaning rivojlanishi, mintaqaviy va mahalliy tavsiflarga ega: quyosh nurlanish energiyasi eng ko‘p konsentrasiyaga ega, suv resuslariga, geotermal manbalarga yaqin bo‘lgan mintaqalar; okeanning issiq suvli qirg‘oq
bo‘yidagi, biomassani ishlab chiqarish mintaqalari.
Noan’anaviy energetikaning energiyasidan asosan mintaqaviy va avtonom iste’molchilar foydalanadi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar hamda isitish, issik suv ta’minoti va maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi.



Download 107,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish