2-ma’ruza: xalq og‘zaki ijodi va bolalar kitobxonligi


Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi



Download 30,6 Kb.
bet2/5
Sana20.03.2022
Hajmi30,6 Kb.
#501690
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma'ruza-1

Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi
Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan biroz farq qiladi. Bu farq bolalarning yoshi va bilim saviyasi bilan bog‘liq. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq bag‘ishlaydi.
Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan.
11-12 yoshdagi bolalar sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni sevib o‘qiydilar. Ollayorning “Fazogir chumoli” (ertak-qissa), Anvar Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon” (ertak-qissa), Quddus Muhammadiyning “Erkinjon oyga chiqibdi” (doston), YUsuf SHomansurning “Oydan kelgan bolalar” (doston) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo‘ljallab yozilgan.
O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi
Bu yoshdagi bolalar o‘zlari mustaqil ravishda kitob o‘qib qolmay, balki o‘qigan kitoblaridagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga o‘rganadilar, zarurat bo‘lsa ular ko‘rsatgan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar.
Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. “SHiroq”, “To‘maris” kabi afsonalar bilan birga, Oybek, G‘ofur G‘ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, SH. Sa’dulla, A. Obidjon, T. Adashboev, Qambar ota va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Jahon bolalar adabiyotining A. Pushkin, L. Tolstoy, S. Servantes, D. Defo, J. Svift, E. Voynich, K. CHukovskiy, S. Marshak kabi namoyondalari yaratgan asarlar bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, bolalar adabiyoti o‘ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. SHu orqali kichkintoylarni olg‘a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur anglash va sevishga yordam beradi.

«Bolalar folklori» - xalq og‘zaki ijodining kichkintoylarga bag‘ishlangan va bolalar tomonidan ijro etiladigan bir qismi sanaladi. Mohiyat e’tibori jihatidan bolalar folklori ham bolalar adabiyoti kabi kundalik ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayot talablari natijasida insoniyat badiiy tafakkurining ilk tonglaridayoq, kishilik jamiyatining birinchi bosqichlaridayoq shakllana boshlagan va taraqqiy etgan. «CHunki bolalar ham o‘z ota-onalari qatori turib ijtimoiy-maishiy hayotda, xususan, ishlab chiqarishning talay jabhalarida o‘z imkoniyatlari va iqtidorlari doirasida qadim zamonlardan buyon qatnashib keladilar. Kattalar imorat qursa, ular g‘isht, loy etkazib turganlar, kattalar xirmon yanchsa, ular qo‘sh haydaganlar. Xullas, kattalar uyushtirgan turli-tuman marosimlarda qatnashganlar, ular qo‘shiq kuylasa jo‘r bo‘lganlar, birgalikd raqsga tushganlar. Bunday aralashuv bolalarning hayot voqealariga o‘z munosabatlarini ifodalash yo‘sinini ham ola boshlagan. Bu jarayon bolalar uchun goh o‘yin tarzda kechsa, goh majburiy mehnat shaklida kechgan: o‘yin tarzida kechganida bolalar ehtiroslarga to‘lib-toshib, o‘z zavqlarini jo‘shqin vas amimiy ohanglarda kuylaganlar: majburiy mehnat tarzida kechganida esa og‘ir mehnat tufayli horg‘in va alamli tuyg‘ularini g‘amgin shaklda ifoda etganlar. O‘zbek bolalar folklori ana shu tariqa yuzaga kela boshlagan. U uzoq asrlar davomida xilma-xil shakldagi asarlar hisobiga boyib borgan. Bunga bolalar bilan birga kattalar ham bab-baravar hissa qo‘shganlar. (Qarang: Safarov O. O‘zbek bolalar poetik folklori. Toshkent, «O‘qituvchi», 1985, 3-bet).


Bolalar folkloriga mansub barcha og‘zaki ijod namunalarining tasdiqlashicha, bolalar folklori ikki katta qismga bo‘linadi.
Bunga kattalar tomonidan bolalar uchun yaratilgan va bevosita bolalar tomonidan aytiladigan ajoyib-g‘aroyib ertaklar, bolalar zavqini chorlovchi topishmoqlar, nutqni rivojlantiruvchi tez aytishlar kiradi. Mantiqiy jihatdan bunday namunalar bolalar adabiyotining tarkibiy qismidagi ajoyib namular sanaladiki, ular kichkintoylarda nutqni rivojlantirish, ularda odob-axloq qoidalariga rioya qilish, insonparvarlik, vatanparvarlik, mardlik kabi hislatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, kattalar tomonidan bolalar uchun yaratilgan va ularga mo‘ljallab to‘qilgan erkalash xalq poeziyasini tashkil qiluvchi o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan beshik qo‘shiqlari (allalar, aytim olqishlar, suyish qo‘shiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar)ni ham bolalar folklorining ajoyib namunalariga kiritish mantiqiy jihatdan asoslidir. CHunki ularda go‘dakning istiqboliga oid orzu-umidlar, bola yashayotgan muhit o‘z ifodasini topadi. Bolani belash, o‘tqazish, atak-chechak yurgizish, sakratish, o‘ynatish va ovutishlarda turli-tuman allalar, suyish qo‘shiqlari namunalari, «Toy-toy», «Bordi-bordi» va boshqa ovutmachoqlar aytiladi.

Bola tarbiyasida qo‘shiqning roli juda katta. Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, alla qo‘shig‘i etakchi o‘rinda turadi. Beshik qo‘shig‘i-allada kichkintoyning dastlabki tabassumi, ilk bor qo‘l-oyoqlarini qimirlatishi, imo-ishorani tushunishi kuylanadi. Ona o‘z allasida atrofni qurshab turgan olamni qo‘shib aytadi.


Ovuntirish-allani hamma onalar, buvilar, bobolar aytishadi. Olloh beshikdagi chaqaloqqa xotirjamlikni ato etganligini, shu sababli hech qanday sharpa- dushman uning uyqusini buza olmasligini quyidagi to‘rtlikdan bilib olish qiyin emas.
Taka- tuqi gavora bo‘lsin,
Dushmani ovora bo‘lsin.
Uyqusi beshikda qolsin,
Dushmani eshikda qolsin.
Beshik qo‘shig‘ida, avvalo, beshikka ta’rif-tavsif beriladi. Aslida beshik yog‘och –taxta. Par va matolar bilan burkanganda u yumshoq, har qanday murg‘akka huzur baxsh joy bo‘lishi har bir beshik qo‘shig‘ida chiroyli ifodaga ega.
Ona uchun bolaning ovunishi, tinchligi tabassumi kerak. Alla asta-sekin ommaviy qo‘shiqqa aylanadi va bu qo‘shiqlar uzoq yillar mobaynida davom etadi. Beshik qo‘shiqlari kenja avlod kamolotida o‘ziga xos tarbiya rolini o‘taydi.

Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish