2-ma’ruza: xalq og‘zaki ijodi va bolalar kitobxonligi



Download 30,6 Kb.
bet3/5
Sana20.03.2022
Hajmi30,6 Kb.
#501690
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma'ruza-1

Maqollar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy durdonalaridan biri bo‘lib, asrlar osha xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy kurashlarini ixcham shaklda, teran fikrlarda ifoda etgan. Xalq donoligining badiiy ifodasi bo‘lgan maqollar tabiat, jamiyat va inson tafakkurining poetik obrazi sifatida o‘tmish ajdodlarimiz tomonidan sayqal topgan. SHu sababli maqollar shakl jihatdan ixchamligi, soddaligi, falsafiy jihatdan teranligi, donoligini o‘zida ifoda etganligi bilan alohida ajralib turadi. Turli xil manbalarda maqollar matal, masal, zarbulmasal, hikmat, otalar so‘zi kabi bir qancha shakllarda uchrasa-da, hozirgi paytda maqollar inson donoligining erkin ko‘zgusi sifatida o‘rganiladi.
Maqollar ko‘p qirraligi, ixchamligi, lekin mazmun jihatdan boyligi, falsafiy jihatdan teranligi hayotni ob’ektiv jihatdan tasvirlash orqali dialektikaning ayrim qonun va kategoriyalarini ifodalab bergani uchun ham bizning diqqat e’tiborimizni o‘ziga tortadi.
Ulug‘ rus yozuvchisi L.N.Tolstoy maqollar inson ruhiy dunyosini o‘zida aks ettirib berganligi haqida alohida mamnuniyat bilan to‘xtalib: «Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko‘raman» deyishi bejiz emas.
XI asrning buyuk mutafakkirlari Alisher Navoiyning yaratgan quyma satrlari xalq maqollariga naqadar yaqinligini ko‘rsatadi.
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra - qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
O‘zbek xalq maqollari doimo teran, konkret fikrni anglatadi. SHuning uchun ham har bir maqol estetik jihatdan kishi qalbini zavq-shavqqa to‘ldiradi. «Ona yurting omon bo‘lsa, rang-ro‘ying somon bo‘lmas», «Er yigitning qadrini, og‘asi emas el bilur», «Bulbul chamanini, odam vatanini sog‘inadi».
Maqollarning muhim xususiyatlaridan biri aniq va tugal fikrni anglatsa, ikkinchisi maqol voqelikni yo ijobiy yo salbiy nuqtai nazaridan baholayd: «Onasi maqtagan qizni olma, yangasi maqtagan qizdan qolma». Maqollar o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan ham xarakterlidir. «Ayrilganni ayiq er, bo‘linganni bo‘ri er».
Maqollarning xalq ijodining boshqa turlaridan yana bir farqi shundaki, maqolning yaratilishi qanchalik sekin bo‘lsa, iste’moldan chiqib ketishi ham kam uchraydi. Bu holat maqollarning mazmun shaklining munosibligi bilan izohlanadi. Hayotda kuzatishlarimizga asoslanib ayta olamizki, har qanday fikr ibratli bo‘la olmaganidek, har qanday ibratli fikr ham maqol bo‘la olmaydi.
Maqollar mazmuniga ko‘ra keng manoni bildiradi, ana shu xususiyat maqollarga keng semantik ko‘chimlar imkoniyatini beradiki, bir maqolning jamiyat taraqqiyotining turli bosqichida turlicha ishlatilib kelingan. Maqollardagi bu xususiyat ularga umrboqiylik bag‘ishlaydi. O‘zbek xalq maqollarining ko‘pchiligi mehnatkash xalq tomonidan yaratilgan. Maqollar xalq hayotini, uning turmushini, orzu - intilishini, dunyoqarashini ko‘p asrlik tajribalari orqali xalqimizning axloqiy estetik normalarini o‘zida aks etadi: «Bilimsiz birni engar, bilimli mingni».
Maqollar vatan, vatanparvarlik, inson – insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, hunarli, mehr-oqibatli, ota – onaga hurmat, yorga sadoqat mavzularni ko‘proq kabi o‘zida mujassamlashtiradi. Maqollarning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u yo tasdiqni, yo inkorni bildiradi: «Aytar gapni ayt, aytmas gapdan qayt», «Husnli tuyda kerak, muhabbat kunda kerak». Haqiqiy xalq maqolida mehnatkash xalq ideallari aks etgani uchun ham har bir shaxsni, mehnatkash xalqni, vatanni, adolat va sadoqatni, mardlik va qahramonlikni, insonparvarlik, to‘g‘rilik, halollik, omonatga xiyonat kilmaslik, mehr-muhabbat, ota-ona hurmatini joyiga qo‘yish singari insoniy fazilatlar ulug‘lanadi: «Vatan gadosi bo‘lguncha, kafan gadosi bo‘l», «Mard yiqilsa maydonda qoladi, to‘g‘ri yurgan kiyikning ko‘zidan boshqa o‘qi yo‘q», «Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich», «Ota rozi xudo rozi» maqollari tarbiya vositasi hamdir. Hayotdagi yaramas illatlarni keskin qoralash, insoniylikni ulug‘lash ko‘pchilik maqollarda uchraydi. Bunday maqollarning axloqiy-tarbiyaviy tasiri ijtimoiy hayotdagi jami yaramas xatti – harakatlarni inkor etish orqali ifodalanadi. «Dangasaga ish buyursang senga aql o‘rgatar», «Gap desang qop-qop, ish desang Samarqanddan top», «Dangasaning vaji ko‘p, ohangsizning avji».
Maqollarda butun koinotning yaratuvchisi xudo haqida ham ibratli fikrlar bayon etiladi: «Bekorchidan xudo bezor», «Sabr qilsang menga, yana ham beraman senga», «Xudoyim qulim desin, payg‘ambar ummatim desin».

Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish