2-Ma’ruza. Vektorlar ustida chiziqli amallar. Vektorlarning skalyar ko’paytmasi va xossalari



Download 156,54 Kb.
bet1/5
Sana26.05.2022
Hajmi156,54 Kb.
#609912
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Vektorlar ustida chiziqli amallar. Vektorlarning skalyar ko’paytmasi va xossalari.


2-Ma’ruza.
Vektorlar ustida chiziqli amallar. Vektorlarning skalyar ko’paytmasi va xossalari.

  • Vektorlar va ular bilan bog‘liq tushunchalar.

  • Vektorlar ustida amallar.

  • Vektorlarning koordinatalari.

    1. Vektorlar va ular bilan bog‘liq tushunchalar. Hayotda uchraydigan harorat, bajarilgan ish, ish haqi, jismning massasi, ishlab chiqarish hajmi, tovarning narxi, partiyadagi mahsulotlar soni kabi kattaliklar ularni ifodalovchi sonli qiymatlar orqali to‘liq aniqlanadi.

1-TA’RIF: Sonli qiymatlari bilan to‘liq aniqlanadigan kattaliklar skalyarlar deb ataladi.
“Skalyar” atamasi lotin tilidagi “scala” so‘zidan olingan bo‘lib, “pog‘ona” degan ma’noni ifodalaydi. Skalyarlar a, b, s, … kabi harflar bilan belgilanadi.
Kuch, kuch momenti, tezlik, tezlanish, bosim, siljish, elektr maydonining kuchlanishi, oqim kabi kattaliklarni aniqlash uchun ularning sonli qiymatlaridan tashqari yo‘nalishlarini ham ko‘rsatish zarurdir.
2-TA’RIF: Ham sonli qiymati, ham yo‘nalishi bilan aniqlanadigan kattaliklar vektorlar deyiladi.
“Vektor” lotincha ”vehere” so‘zidan olingan va “yo‘llovchi” ma’nosiga ega. Vektorlar yoki a, b, c, … kabi belgilanadi.
3-TA’RIF: Har qanday a vektorning sonli qiymati uning moduli yoki uzunligi deb ataladi va |a| kabi belgilanadi.
Geometrik nuqtai-nazardan vektorlar yo‘naltirilgan kesmalar singari qaraladi. Boshi A va oxiri B nuqtada bo‘lgan yo‘naltirilgan kesma bilan aniqlanadigan vektor kabi belgilanadi. Bunda A nuqta vektorning boshi, B nuqta esa vektorning uchi deyiladi. Bu yerda AB kesma uzunligi vektor modulini ifodalaydi, ya’ni |AB|=| | bo‘ladi.
4-TA’RIF: Boshi va uchi bitta nuqtadan iborat bo‘lgan vektor nol vektor deyiladi.
Nol vektor 0 kabi belgilanib, uning moduli |0|=0 bo‘ladi. Nol vektorning yo‘nalishi to‘g‘risida so‘z yuritib bo‘lmaydi.
5-TA’RIF: Bir to‘g‘ri chiziqda yoki parallel to‘g‘ri chiziqlarda joylashgan vektorlar kollinear vektorlar deb ataladi.
Kelgusida a va b vektorlarning kollinear ekanligini a||b kabi belgilaymiz.
Masalan, ABCD parallelogramm bo‘lsa (9-rasmga qarang), unda

9-rasm

|| va || , ammo va , va vektorlar kolllinear bo‘lmaydi.

Download 156,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish