va katta moddiy talofat ko‗radi. Shu bois, kompyuter ishini nazoratga olish muhimdir. Kompyuter
ishini nazoratga olishga:
- litsenziyasiz dasturiy ta‘minotdan foydalanmaslik;
- tashqaridan kiritiladigan viruslarni oldini olish;
- tizimga sanksiyasiz kuruvchi xakkerlarga imkon bermaslik kabilar kiradi.
Axborot va dasturlar xavfsizligini ta‘minlash uchun:
- litsenziyalangan dasturiy ta‘minotini ishlatish;
- tashqari tarmoqlarga ulanishda filtr cheklavchilar o‗rnatish (viruslardan himoyalanish
va sanksiyalardan foydalanishni cheklash). Albatta, bunday himoya vositalari uzuluksiz rivojlanib
tokomillashib bormoqda. Kompyuter virusi – maxsus yozilgan dastur bo‗lib, kompyuterda
ishlashda barcha mumkin bo‗lgan xalaqitlarni yaratish, fayl va kataloglarni buzish, dasturlarni
ishdan chiqarish maqsadida hisoblash tizimlariga, kompyuterning tizimli sohalariga, fayllarga
tadbiq
qilinadigan, o‗zlarining nusxalarini yaratish, boshqa dasturlarga o‗z-o‗zidan birikib
oladigan xossalarga egadirlar.
Muhim ma‘lumotlarni himoya qilish masalasida ko‗pincha maishiy yondashish
ishlatiladi: ―kasalikni davolagandan ko‗ra, uning oldini olgan ―yaxshi‖roq‖. Afsuski, aynan u eng
buzuvchi oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Kompyuterga viruslar kiradigan yo‗llarida «barrikada»larni yaratib olib, ularning
mustahkamligiga ishongan holda, buzuvchi hujumdan keyingi harakatlarga tayyor bo‗lish kerak.
Shu bilan birga,
virusli hujum, bu muhim ma‘lumotlarni yo‗qotishni yagona bo‗lmagan hattoki
keng tarqalmagan sababidir. Shunday dasturli uzilishlar mavjudki, ular operatsion tizimni ishdan
chiqarishi mumkin hamda shunday apparatli uzilishlar borki, ular qattiq diskni ishlashga
layoqatsiz qilib qo‗yish qobiliyatiga egadirlar.
O‗g‗irlash, yong‗in yoki boshqa favquloddagi holatlar natijasida muhim ma‘lumotlar
bilan birgalikda kompyuterni yo‗qotish ehtimoli har doim ham mavjuddir. Shuning uchun,
xavfsizlik tizimini yaratishni dastlab ―oxiridan‖ boshlash kerak – istalgan ta‘sirni, u virus hujumi,
xonada o‗g‗irlik yoki qattiq diskni fizik ishdan chiqishidan qat‘iy nazar, buzuvchi oqibatlarini
bartaraf etishdan boshlash kerak.
Ma‘lumotlar bilan ishonchli va xavfsiz ishlashga faqat shundagina erishiladiki, agar
istalgan kutilmagan hodisa, shu jumladan, kompyuterni to‗liq fizik ishdan chiqarish ham, salbiy
oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
Keysdagi asosiy muammo antivirus dasturlarining qiyosiy
tahlili asosida korxonadagi
mavjud kompyuterlar uchun antiviruslarning eng maqbul variantlarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Antiviruslar bilan ishlash qoidalari, kompyuter viruslaridan saqlanish. Kollejda 186 ta
kompyuter texnikasi mavjud bo‗lib, ularning 2 donasi PENTIUM II, 40 donasi PENTIUM III,
qolganlarini PENTIUM IV kompyuterlari va 5 ta nodbuk kompyuterlari tashkil etadi. 75 donasi 5
ta kompyuter sinflarida hamda 58 donasi shaxsiy kompyuterlardir. Kompyuter sinflari lokal
tarmoqqa ulangan, 3 ta kompyuter sinfi Uz-Online orqali internet tarmog‗iga ulangan. 5 dona
Bilayn-USB modemlar orqali internetga ulanish amalga oshiriladi. Kollej direktori
I.A.Abdukadirov 2 kurs o‗quvchisiga viruslaridan zararlangan kompyuterlarni,
ishlash
jarayonlarida fayl va kataloglarni buzilishi, dasturlarni ishdan chiqishi, kompyuterning tizimli
sohalarini buzilishi sababli ularni oldini olish sifatida tadbiq etilgan, antivirus dasturlarini
o‗rnatish va sozlashni tayinladi.
Hozirgi kunda viruslardan himoyalanish har bir kompyuter foydalanuvchisi oldida
turgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Kompyuter virusi – maxsus yozilgan dastur bo‗lib, kompyuterda
ishlashda barcha
mumkin bo‗lgan xalaqitlarni yaratish, fayl va kataloglarni buzish dasturlarni ishdan chiqarish
maqsadida hisoblash tizimlariga, kompyuterning tizimli sohalariga, fayllarga tadbiq qilinadigan,
o‗zlarining nusxalarini yaratish, boshqa dasturlarga o‗z-o‗zidan
birikib oladigan xossalarga
egadirlar.
Kompyuter viruslarini quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: diskning yuklanish
sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari, bajariladigan fayllar (exe, sys, bat)ni buzadigan fayl
viruslari, diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarini buzadigan yuklanish fayli
viruslari, Stels (stelth)- ko‗rinmas viruslar va Microsoft Word muharriri yordamida hosil qilingan
ma‘lumotlar fayllarni yozuvchi – makrobuyruq viruslari. Bundan tashqari boshqa turdagi viruslar
ham mavjud. Viruslardan himoyalanishda axborotning himoya qilishning umumiy vositalaridan
foydalanish kifoya qilmaydi.
Hozirgi vaqtda viruslarni yo‗qotish uchun ko‗pgina usullar ishlab chiqilgan va bu
usullar bilan ishlaydigan dasturlari antiviruslar deb ataladi.
Antiviruslarni, qo‗llanish usuliga
ko‗ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, faglar, vaksinalar, privivkalar, revizorlar,
monitorlar. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
AIDSTEST – viruslarni aniqlash va yo‗qotish uchun mo‗jallangan virusga qarshi ko‗p
qirrali dastur ( har haftada yagilanib turadi).
Do'stlaringiz bilan baham: