Keys-texnologiya
– bu tahlil uslubini ifoda etuvchi o‗qitish texnologiyalarining umumiy
nomidir.
Keys-texnologiyalarga quyidagilar kiradi:
vazityatli tahlil usulbi;
vaziyatli masalalar va mashqlar;
aniq vaziyatlarni tahlil qilish (keys-stadi);
keys uslubi, insident uslubi;
vaziyatli-rolli o‗yinlar uslubi;
ishchan korrespondetsiyani tahlil qilish uslubi;
o‗yinli loyihalash;
munozara uslubi.
Shunday qilib, keys-texnologiya – bu real yoki o‗ylab topilgan biznes-vaziyatlar asosida
menenjerlarni qisqa muddatli o‗qitish uchun na faqat bilimlarni egallash, balki tinglovchilarda
yangi sifat va ko‗nikmalar shakllantirish mo‗ljallangan interfaol texnologiyadir.
Maqsad: tinglovchilarni yakkama-yakka ham, guruhiy ham:
axborotni tahlil qilish;
berilgan biznes-masalani yechish uchun uni saralash;
asosiy muammolarni aniqlash;
alternativ yechimlarni generatsiya va ularni baholash;
optimal yechimni tanlash va harakat dasturini shakllantirish va sh.k.larni o‗rgatishdan
iborat[3].
Ushbu uslub dastlab 1924 yili Harvard Business School (Garvard biznes maktabi)da
qo„llanilgan va hayotmizga mustahkam kirib oldi
Vaziyatni qayerdan olish lozim? Aniq vaziyatni olishning eng yaxshi yo‗li – ularni
o‗zingiz o‗ylab topishdir. Aniq vaziyatlarni uslubiy nuqtai nazaridan yozish, to‗laqonli tayyorlash
gushbu uslubni yetarlicha darajada egallash, vaziyat usttida barchaa ishlarning sikli o‗tish
imkoniyatini beradi. Hatto barcha foydali tavsiyalarni hisobga olgan holda aniq vavziyatni bayon
qilish judu va juda oson emas. Yechish kerak bo‗lgan birinchi muammmo, ijodiy qayta
ishlangandan so‗ng unday yoki bunday muvaffaqiyatli vaziyat tug‗iladigan dastlabki daliliy
materialni qayerdan olish kerak degan savolga javob berishdan iborat
Birinchi variant shundan iboratki, asos uchun tarix olinadi, ko‗pincha esa muallif
tomonidan tadqiqot yoki konsaltingli loyiha mobaynida, yoki axborotlarni maqsadli to‗plashdan
real kompaniyaning faoliyatidan lavhalar olinadi.
Ikkinchi variant - ikkinchi darajali, dastavval ommaviy axborot vositalaridagi, maxsus
jurnal va nashrlardan, axborotli yangiliklardan va ko‗rgazmalarda tarqatilgan bukletlardan,
taqdimotlardan va sh.k. manbaalardan foydalanishdir.
Uchinchi variant, eng kam tarqalgan variant – o‗ylab topilgan vaziyatlar.
Informatika darslarida qo‗llash mumkin bo‗lgan keys-texnologiyasining ikiita uslubini
namuna sifatida keltiramiz.
Endi informatika darslarida insidentlar uslubidan foydalanish uslubiyotini ko‗ramiz.
Maqsad —
yechim qabul qilish uchun tinglovchi tomonidan axborot izlash, va natija
sifatida – uni zarur axbortlar bilan ishlash: to‗plash, tizimlashtirish va tahlilga o‗rgatish.
«O„quvchilar (huquqshunoslar, menedjerlar, marketologlar, iqtisodchilar va boshqa)
qandaydir tashkilotda yoki firmada bo„lib o„tgan voqea haqida qisqacha ma‟lumot oladilar.
Ma‟lumot «hodisa bo„ldi yoki bo„lib o„tdi…» turda yozma yoki og„zaki bo„lishi mumkin. Lekin
asoslangan yechim qabul qilish uchun o„quvchilarga aniq yetarlicha bo„lmagan axborot beriladi.
Ular dastlab holatni tushunushlari, muammo bormi, va u nimadan iboratligini, nima qilishlari, u
yoki bu yechimni qabul qilishlari uchun nimalarni bilishlari lozimligini aniqlashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |