2-ma’ruza. Ijodkorlik va ijodiy fikrlash Reja Reja Ijodkorlik nima? Ijodiy fikrlash nima? Ijodkorlik


«Aqliy hujum» metodining kamchiliklari



Download 59 Kb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi59 Kb.
#278048
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-3-ma’ruza. Ijodkorlik va ijodiy fikrlash Aqliy hujum

«Aqliy hujum» metodining kamchiliklari:

  • ta‘lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘yishning qiyinligi;

  • ta‘lim beruvchidan yuqori eshitish qobiliyatining talab etilishi.

Aqliy hujumning o’ziga xos xususiyatlari
Aqliy hujumning o’ziga xos xususiyatlari

Aqliy hujum, dars bosqichlari, chaqiriq bosqichi, fikrlash bosqichi, xulosalar berish, muammolarni hal etish

Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llanadi. Mazkur metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo’yilgan muammo yuzasidan bir necha echimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

  1. Berilgan muammo yuzasidan o’quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.


  1. O’quvchilarning fikrlari va g’oyalarini rag’batlantirib borish tanqid ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.


  1. Har bir o’quvchi fikrlariga va g’oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o’zgartirishi mumkin.


  2. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g’oyalarni baholamaslik.


Bunday yo’l tutilsa, ya’ni fikr va g’oyalari baholansa, o’quvchilar fikrlashdan to’xtab qolishlari mumkin.

«Aqliy hujum» metodi asosida tashkil qilingan mashg’ulotlar quyidagi tartibda o’tkaziladi. Muammo aniqlanadi va o’quvchilarning muammo yuzasidan fikrlarini yozuv taxtasiga yoki varaqlarga yozib boriladi. Bildirilayotgan g’oyalarning mualliflari tomonidan asoslab berilishiga erishiladi.

Ona tilidagi ko’plab mavzularni shu metod yordamida o’rganish mumkin, jumladan, ayrim matnlarni o’rgatishni shu metod asosida tashkil qilish mumkin.

Ona tili darsliklariga ko’plab ilmiy, ma’rifiy va ilmiy-ma’rifiy matnlar kiritilgan. Matnlar ustida ishlash o’qituvchidan katta mehnat va mahorat talab qiladi. VIII sinf darsligida ham ko’plab matnlar berilgan bo’lib, shulardan biri «Alisher Navoiy» matnidir. Matn badiiy va ilmiy uslubda berilgan. Mashq shartida matnlarni taqqoslab, ularning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash topshirilgan. Mazkur matnni «Aqliy hujum» metodi yordamida o’rganish ko’zlangan maqsadga erishish imkoniyatini yaratadi. Bu metod asosida matn bilan ishlash bir necha bosqichda olib boriladi.

1-bosqich. O’quvchilarni mavzuni tushunishga tayyorlash. O’tgan mashg’ulotlarda berilgan nugq uslublariga oid ma’lumotlar esga olinadi va takrorlanadi, har bir nutq uslubining o’ziga xos xususiyatlari yodga olinadi. Chunki matnlarni taqqoslash uchun o’quvchilarda nutq uslublariga oid ma’lumotlar etarli bo’lishi kerak. Nutq uslublariga oid bitimlar yodga olingandan so’ng har ikki matn o’quqchilar tomonidan mustaqil o’qib chiqiladi. O’quvchilar matn mazmunini tushunishga harakat kiladilar.

2-bosqich. Berilgan matnlarning o’xshash tomonilarini aniqlash. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savolni beradi: Har ikki matn qaysi jihatdan bir-biriga o’xshaydi? O’quvchilar mazkur savolga shunday javob beradilar:

  • har ikki matn ham Alisher Navoiy haqida;


  • matnlarning mazmuni bir xil;


  • har ikki matnda ham Navoiy ijodi haqida fikr bildirilgan;


  • har ikkala matnda ham shoirning ustozlari nomlari keltirilgan;


  • Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi aytilgan;


  • Navoiyning jahonga tanilgan shoir ekanligi aytilgan;


  • forsiygo’y shoirlarning Navoiy ijodiga munosabati ifodalangan.


O’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini umumlashtiradi va o’z munosabatini bildiradi.

3-bosqich. Matnlarning farqli tomonlarini aniqlash. O’qituvchi quyidagi savolni o’rtaga tashlaydi:

- Berilgan matnlar bir-biridan qaysi jihatlariga ko’ra farq qiladi?

O’quvchilar berilgan savolga javob topishda turlicha fikrlar bildiradilar, bahs-munozaraga kirishadilar. Shu asosda quyidagicha javoblar beradilar.

  • birinchi matn epigraf bilan boshlangan, ikkinchi matnda esa epigraf yo’q;


  • birinchi matnda Navoiy asarlarining nomi berilgan, ikkinchi matnda esa ularning nomi berilmagan;


  • birinchi matnda Navoiy ijodiga forsiygo’y shoirlarning munosabati umumiy ravishda berilgan, ikkinchi matnda esa Jomiyning fikri aynan keltirilgan;


  • birinchi matnda Navoiyning ijodi xaqida umumiy fikrlar aytilgan, ikkinchi matnda esa Navoiynnng hayoti va ijodiga oid aniq dalillar keltirilgan;


  • birinchi matnda Navoiyning ijodi butun jaxonga mashhurligi aytilgan bo’lsa, ikkinchi matnda shoir asarlarining Evropa, Osiyo davlatlari tillariga tarjima qilinganligi ta’kidlangan;


  • birinchi matnda his-tuyg’u kuchli ifodalangan, ikkinchi matnda esa aniq fikrlarga asoslanilgan.



Shu bosqichdan so’ng o’quvchilar o’qituvchi yordamida o’rganilayotgan matnlar yuzasidan xulosa chiqaradilar. Xulosa quyidagicha:

- birinchi matnda his-tuyg’u kuchli, so’zlar ko’chma ma’noda ham qo’llangan. Bu matn badiiy uslubga xosdir. Ikkinchi matnda aniq- dalillar keltirilgan, so’zlar o’z ma’nosida qo’llangan. Unda adabiyot faniga xos atamalar ham qo’llangan. Bu matn ilmiy matn hisoblanadi.

4-bosqich. Har ikki matn asosida badiiy va ilmiy uslubga xos xususiyatlarni aniqlash.

Bu bosqichda har bir uslubning o’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Birinchi matnda badiiy uslubga xos quyidagi xususiyatlar qo’llangan: tasviriy ifoda (zanjirband sher), ko’chma ma’noli so’zlar (she’riyat osmoni, yulduzlari xira tortdi, shuhratiga soya soldi), o’xshatish (g’azallari - porloq quyosh singari), badiiy uslubga xos so’zlar (maftun etib kelyapti, nazm, she’riyat, bunyod etilgan, forsiygo’ylar, turkiy til, shukronalar aytdilar). Ikkinchi matnda ilmiy uslubga xos quyidagi xususiyatlar qo’llangan: raqamlar (1441 yil tug’ilgan, XV asr, 60-yillar), aniq dalillar (Evropa va Osiyo davlatlari, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz She’roziy, Abdurahmon Jomiy kabi tarixiy shaxs nomlari, A.Jomiyning Navoiy haqidagi fikri keltirilgan).

“Alisher Navoiy” matni shu metod yordamida o’rganilsa, o’quvchilar matn mazmunini yaxshiroq anglaydilar, ularniig mazmuniga chuqurroq kirib boradilar, matnlarni qiyoslash orqali ularning mohiyatini teran idrok etadilar. Bu metod o’quvchilarni fikrlashga, darsda faol ishgirokchi bo’lishga, hozirjavob va mulohazali bo’lishga o’rgatadi.

Quyoshing nuri bu hayot demakdir,

Tomchi suv nurdan yaralgan dunyo,

Barcha tirik zotga tabting kerakdir,

Olloh inoyati muqaddas ro’yo.

Bu zaminda hayotning paydo bo’lishi necha-necha million yillarga borib taqaladi. Ilk bir hujayrali o’simliklar bu turfa olam, bugungi borliqning ilk ajdodidir. Inson yaralibdiki, eng avvalo u o’z ehtiyojini tabiat qo’ynidan qondirdi. Chanqadi, suv ichdi, ochqadi o’t-o’lan yedi. U tabiat tufayli, uning mavjudotlari tufayli bugungi kunga yetib kela oldi. Shuning uchun ham u “Ona tabiat” deya nom ololdi.

Bugungi jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho’qqini zabt etolgan bu pallada yana bir eng muhim ehtiyojni inson qalban his etmoq kerak. Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg’uni, burchini bolaga ona qornidagidayoq singdirilish lozim.

Bu bir qarashda boshqacharoq tushuncha tayulsada uni amalga oshirish uchun ona o’zi shu tushunchalar bilan qurollangan bo’lishi kerak.

Maktab ta’limi bola hayotining muhim bir bosqichidir. Bu pallada u shaxs bo’lib shakllana boshlaydi. Ana shu jarayonni to’g’ri yo’lga oluvchi insonlar bu boshlang’ich sinf o’qituvchilaridir. Ulardan bu borada kuchli ma’suliyat, salohiyat, bilim talab qilinadi.

Shuning uchun 1-2-sinflarda “Atrofimizdagi olam va 3-4-sinflarda”, “Tabiatshunoslik” darslari o’qituvchilarga tabiatni asrab-avaylash, uning manbalaridan oqilona foydalanish, odam va uning salomatligiga doir tushunchalar, foydali qazilmalar va ularning davlat iqtisodiga ta’siri kabi tuhunchalar berish uchun dars soatlari ajratilgan. Tabiatshunoslik so’zi “tabiat” hamda forcha “shenoxtan” (o’rganmoq) so’zlaridan tuzilgan.

1-2- sinflarda “Atrofimizdagi olam” darslarini o’tish orqali “Tabiatshunoslikning” eng dastlabki tushunchalari tanishtiriladi.

Har bir darsni o’tish jarayonida shu dars boshqa fanlar bilan bevosita bog’lab o’tilishi kerak.

Masalan: eng dastlabki tushunchalar, tabiatda o’zini tutish qoidalari, gullarni uzmaslik, qurbaqalarni, chuvalchaglarni o’ldirmaslik, daraxt shohlarini sindirmaslik kerakligini xalq pedagogikasi materiallaridan foydalangan holda, odobnoma darslariga bog’lab ham o’tish mumkin.

Tabiatda o’zini tutish eng avvalo jamiyatning kichik bo’lagi sanalmish oilada amalga oshiriladigan jarayon. Dars jarayonida sahna ko’rinishlari orqali tabiatda o’zini tutish qanday bo’lishligi ko’rsatib beriladi.

Sayohat darsi orqali tabiat manzaralari tomosha qilinib, naqadar go’zal ma’noning tamoman aksi ham bo’lishi mumkinligi, singan butoqlar, axlat to’la ariqlar kishi tabiatiga yomon ta’sir qilishi o’quvchilarning ayni o’zlari ishtirokida shu jarayon boshidan o’tkazdiriladi.

Sinov tajriba darslari orqali qurbaqaning, chuvalchangning qishloq xo’jalik hayotida yaxshi o’rin tutishligi sinf, yoki to’garak jonli burchagida tajriba-sinov qilib o’quvchilarga ko’rsatib beriladi.

Kishilarning pala-partish xo’jalik yuritishi, hayvon va baliqlarni ovlashi, o’zini tabiatning mutlaq hukmdori deb o’ylashi, tabiatga nisbatan noo’rin munosabatda bo’lishligi qanday achinarli ahvollarga olib kelayotganligi hozirgi kun misolida o’quvchilarga tushuntirib borilishi zarur. Masalan: indoneziya orollaridagi sunami bu tabiatni hech qachon kishanlay olmaslikning aniq nisolidir.

Bizning yurtimizning fojeasiga deyarli aylanib bo’lgan “Orol” fojeasi.

Suvdan nooqilona foydalanish oqibatlari ta’sirida hozirgi va kelgusi orol bo’yi hududlari aholisi tuz ichib, kechib yashashga mahkum.

Bu halokat davlat iqtisodiga qancha-qancha ta’sirlar qiladi. Masalan: Kemalar qatnovi, baliqchilik sanoati deyarli izdan chiqib bo’ldi.

Kun kechirishi baliqchilikka bog’liq bo’lgan xo’jaliklar iqtisodiy jihatdan past ahloqga, turli-yuqumli kasalliklar tarqalishi, hududning ekozonaga aylanishi davlat iqtisodiga ziyoni tshuntiriladi.

O’quvchilar oldiga muammo qo’yiladi. Qani, bu muammolarning yechimi bormi? Bor bo’lsa, u nimalar?



Birgalikda muhokamaga qo’yilishi, ularning sodda fikrlari o’qituvchining yakunlovchi aniq fikri bilan to’ldiriladi.
Masalan: Bizga toza havoni yetkazib beruvchi o’t-o’lanlarni, dav-daraxtlarni ko’plab ekib, parvarishlab, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlik bizning hissamiz bo’lishi uqtiriladi. Qadmiy milliy tarbiyamizga murojaat qilib: suvga tuflash gunohi azim, begunoh jonivorlarni qirish kechirilmas gunoh ish deya inform diyonat, odamgarchilik g’oyalarini ularga tushuntirib, ongiga singdirishimiz kerak. Odamlar tabiatdan faqat foydalanmay uni muhofaza qilishni ham bilishi kerak. Toza havo uchun kurashda bizga “yashil do’stlarimiz” o’simliklar yordam berishini, ular havodagi zaharli va foydasiz changlarni ushlab qolishini misollar yordamida tushuntirishimiz kerak.
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish