2-Maruza Biosfera. Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera muhofazasi. Suv va Tuproq resurslari va uni muhofazasi. O‘simlik, hayvonot dunyosi va ularni muhofaza qilish



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/49
Sana03.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#481021
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
1-к 2-маруза узб

Nazorat savollari:
1.
Atmosfera tarkibidagi gazlarni aytib bering. 
2.
Atmosferaning ifloslanishi
deganda nimani tushunasiz? 
3.
Global isishn
i
 
izohlang. 
4.
Issiqxona effekti
nima? 
5.
Kislotali yomg„irlar
ning qanday salbiy ta‘siri bor? 
6.
Ozon tuynugi muammosi
deganda nimani tushunasiz? 
7.
O‗zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish borasida qanday ishlar qilinmoqda? 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 
4.
Peter Rellero, Dinah Zike. Ecology. USA, Glencoe. 2005. 103-104;113-114-betlar
5.
O‘, Xo‘janazarov, M.Mirsovurov, T.Norbobayeva. Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta‘limi. 
T.: Navro‘z. 2014. 40-50-betlar 
6.
Ergashev A. ―Umumiy ekologiya‖ T, ―O‘zbekiston‖ 2003 y. 35-41-betlar. 
 
Suv resursi va uni muhofazasi
Reja. 
1.
Suvni tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, chuchuk suv muammosi, suvni ifloslanish 
manbalari va uni muhofazasi.
2.
Suvni tozalash usullari va inshootlari. Suv stressi. 


3.
O`zbekiston suv havzalariningn ekologik holati. Orol va orol bo`yi muommolari.
4.
Suv ifloslanishini inson salomatligiga ta`siri. Unga qarshi kurashish yo`llari, sho`rlanish, 
cho`llashish sabablari. Oldini olish chora tadbirlari. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
gidrosfera, smog, mineral, organik, bakterial, biologik ifloslovchi birikmalar, mexanik, 
kimeviy, biologik tozalash usullari. 
2.1 Suvni tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, chuchuk suv muammosi, suvni ifloslanish 
manbalari va uni muhofazasi.
Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma h‘arakat natijasida suv zah‘iralari doim tiklanib 
turadi. Er yuzidagi suv tugamaydigan resurs bwlishiga qaramasdan inson bevosita ishlatishi mumkin 
bwlgan suv zah‘irlari juda h‘am cheklangan. Gidrosferadagi barcha suvlarning 97,5 foizi Dune 
okeanining sho‘r suvlariga to‘g‘ri keladi. Mavjud chuchuk suvlarning katta qismi muzliklarda (1,73) 
kerakli, er osti zaxiralarida (1,70) joylashgan. Shuni aytish kerakki, er ostidagi suv zaxiralari aniq 
bah‘olangan emas. Er yuzida h‘ozirgi vaqtda inson bevosita foydalanishi mumkin bwlgan chuchuk 
suvlar miqdori gidrosferadagi umumiy suv h‘ajmining taxminan 0,3 fozini tashkil qiladi. 
Sayeramizda dare va kwl suvlari bir tekis taqsimlanmagan va ayrim h‘udularda suv tugaydign 
h‘amda juda sekin tiklanadigan resurs h‘isobolanadi. 
Dune ah‘olisi tez suratlar bilan o‘sib boraetgan h‘ozirgi vaqtda 800 mln. dan ortiq kishi suv 
etishmasligi sharoitida yashaydi va 60 foizdan ortiq ah‘oli sifatli ichimlik suvi bilan taminlangan 
emas. Biosferadagi jaraenlar va isnonlar h‘aetida suvning axamiyati juda kattadir. Kishilarning 
kundalik h‘aetini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Suvning (suyuq, gazsimon, qattiq) bo‘lishi turli 
joylarning ob-h‘avo va iqlim sharoitining shakllanishida muh‘im rol o‘ynaydi. Fotosintez jaraeni suv 
ishtirokida amalga oshadi. Suv tirik organizmlar uchun birlamchi h‘aet muxiti h‘isoblanadi. İnson 
organizmning 60 foizdan ortig‘i bazi bir o‘simliklar 85 foizdan 95 foizgacha suvdan iboratdir. Go‘sht 
tarkibida suv -50 foiz, sutda 87-89 foiz, sabzovotlarda 80-95 foiz ga etadi. 
Er yuzida h‘ozirgi vaqtda suv etishmsligining asosiy sabablari -mavjud chuchuk suv manbalarining 
materiklar va ayrim mamlakatlar bwyicha notekis taqsimlanishi va qishloq xwjaligi sanoat 
korxonalarida suvdan nooqilona foydalanishdir. 1 tonna paxta olish uchun 10000 tonnagacha, 1 
tonna suniy kauchuk olish uchun 3000 tonnagacha, 1 tonna nikel olish uchun 4000 tonnadan ortiq 
suv sarflanadi. Maishiy eh‘tiejlar uchun ishlatiladigan suvning wrtacha miqdori h‘am oshib 
bormaqda. Masalan, dunp bwyicha shah‘arlarda wrtacha kundalik suv sarfi ah‘oli jon boshiga 200 
litrni tashkil qilsa, bu ko‘rsatkich Toshkentda 700, Moskvada 800litrni tashkil qiladi. Suvlarning 
sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi h‘am suv etishmasligining asosiy sabablaridan biridir.
 
Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'yida uylar, shaharlar qurib 
yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo 
suv bo'lgan joylarga intiladilar. Suvda cho'milib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda 
eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning salomat 
qolishlari uchun texnikaning mo''jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli bo'lishi 
kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in'om etilgan oliy 
ne'matdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini saqlashda 
katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda, tanasidagi 
suvni 6-8% ini yo'qotsa, harorati ko'tariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi aylanadi va 
og'riy boshlaydi. Suv yanada ko'proq yo'qotilsa, odam halok bo'lishi ham mumkin. Shundan ko'rinib 
turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir fuqaroning muqaddas 
burchiga aylanmog'i kerak. 
Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko'l va er osti 
suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o'rtacha 1 foizini ichimlik suvi, 
qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho'r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o'simlik va 
hayvonlarni sug'orishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni 
aylanma harakatida, ulardagi barcha o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti 
vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega. 
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog'lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig'i erib 
ketdi, Afrikadagi Klimandjaro tog'i muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar 
hosil bo'lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning ko'p mamlakatlarida, 
Rossiyaning ko'p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo'lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom 


etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv 
bosishiga olib keladi.
O'zbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, atmosfera havosining isishi davom 
etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi 
isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida ko'p marta sug'orishni talab qiladi. 
Ekinlarga suv etishmasligidan hosildorlik kamayadi.
Er yuzi ah‘olisining sifati ichimlik suvi bilan taminlshda er osti suvlarining ah‘amiyati kattadir. 
Turli mamlaktlrda shu jumladan O‘zbekistonda grunt suvlari, artezian suvlari va mineral suvlar katta 
miqdorda ichimlik uchun ishltiladi. Mineral suvlar chiqgan joylarda maxsus shifoxonalar quriladi. 
Hozirgi kunda er osti suvlarining tartibsiz ishlatilishi, turli manbalar tasirida ifloslanishi oshib 
bormoda. 
İchimlik suvlarining bebah‘o manbai er osti suvlarini muh‘ofaza qilish va ulardan oqilona 
foydalanishini taminlash eng muh‘im ekologik muammolardan biridir. Suvlardagi 1300 dan ortiq 
zararli birikmalarning REM lari va korxonalar uchun okavalarni tashlashning ywl qo‘yilgan 
chegaralari belgilangan. Korxonalar suvlarning belgilangan limitdan ortiqcha ishlatilgani va 
oqavalarni tashlashni meeridan oshirnganligi uchun jarima va boshqa to‘lovlar to‘laydi. 
Dengiz va okeanlar asosan neft va neft masulotlari, sanoat va maishiy oqovalar, og‘ir metalar, 
radioaktiv birikmalar va boshqalar bilan ifloslanadi. Urta er dengizi -er yuzidagi eng ifloslangan 
dengiz h‘isoblanadi. 
Okean yuzasining neft bilan qoplanishi okean -atmosfera tizmida o‘zaro aloqalarning 
buzilishiga va er yuzida kislorodning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan yashil o‘simliklar -
fitoplanktonning nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida okeandagi biologik 
mah‘suldorlikning kamayishiga sabab bo‘ladi.Dunyo okeanlarining ifloslanishi nafaqat global 
ekologik, balki sotsial oqibatlarga h‘am olib kelishi muqarrardir. O‘rta Osie berk h‘avzda (Dune 
okeani bilan bog‘lanmagan) bo‘lib, er yuzida suv etishmaydigan urg‘oqchil mintaqalardan 
h‘isoblanadi. O‘rta Osiening tekislik qismida bug‘lanish yillik emgir miqdoridan katta va suv oltinga 
teng bah‘olanadi. 
O‘rta Osiening er usti va er osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydolanishi talab qiladi. 
İkki asosiy dare -Sirdare va Amudarening suvlari deyarli twliq wzlashtirilgan. Er osti suvlari h‘am 
tobora kwproq ishlatilmoqda. Hozirda er osti suvlari imkoniyatining 52 foiz ishlatilmoqda. 
O‘zbekiston respublikasi yirik sug‘oriladigan dekonchilik rayonlaridan biri h‘isoblanadi. 
Qadimdan bu katta xududda ko‘l mexnati va mo‘l suv talab qilinadigan ekinlar -paxta va 
sholi etishtirilib kelingan. O‘zbekiston erlari asosan Amudare, Sirdare, Zarafshon, Qashqadare, 
Surqandare, Chirchiq va Oh‘ingaron darelari suvlari bilan sug‘oriladi. Darelar suv oqimini tartibga 
solish uchun respublikada 53 ta suv ombori qurilgan. Mavjud ishlatiladigan suvlarning 85 foiz 
qishloq xo‘jaligiga, 12 foiz sanoatga va 3 fozi maishiy -komunal xo‘jalikga to‘g‘ri keladi. 
Suv - vodorod oksidi, N
2
O- vodorod (11, 11% ) va kislorod (88, 89%) dan tarkib topgan eng 
sodda kimyoviy modda. U rangsiz, hidsiz, suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli), molekulyar 
oђirligi 18. Erning geologik tuzilish tarixi va unda hayotning shakllanishi, fizik, kimyoviy muhit 
va boshqa jarayonlarning paydo bo‘lishida suvning roli benihoya kattadir. Tabiatdagi barcha jonli 
organizmlar suvsiz yashay olmaydilar, huddi shuningdek suv qishloq xo‘jaligida va sanoatdagi 
barcha texnologik jarayonlarning muhim komponentidir. 
Dunyodagi chuchuk suv zahirasining 3/4 qismi muz shaklida Arktika, Antarktika va baland 
tog muzliklarida joylashgandir. Antarktidani 2000 m qalinlikda, Shimoliy muz okeani havsaziga 
kiruvchi katta kichik orollarni turli qalinlikda muz qoplab etadi. Osiyo, Evropa, Janubiy Amerika,
Afrikadagi baland tog cho‘qqilari va tog tugunlari ham muzliklar bilan qoplangan. O‘rta Osiyoning 
baland toglarida 2500 dan ortiq muzlik bo‘lib, ularning umumiy maydoni 16562 m
2
ga tengdir. 
Tyan - Shan toglaridagi muzliklarning maydoni 8521 km
2
bo‘lsa, Pomir toglarida 8041 km
2
ga 
tengdir. Orta Osiyo toglaridagi muzliklarning umuiy maydoni katta Kavkaz muzliklari maydonidan
9,5 marta, Oltoy muzliklari maydonidan esa qariyib 28 marta kattadir. 
O‘rta Osiyodagi Fedchenko muzligi (muzlik uzunligi 77.8km, eni 1500-3000 m, maydoni 
907 km
2
, qalinligi 7OO-1000 metr) dunyodagi eng yirik tog muzliklardan biri bo‘lib, uning 
chuchuk suv zapasi 250 milliard m
3
ga to‘gri keladi, bu O‘rta Osiyodagi yirik suv omborlaridan
hisoblangan Qayroqqum suv omborining to‘lib turgan vaqtidagi suv zahirasidan 60 marta ko‘pdir. 
Ayniqsa keyingi davrlarda halq xo‘jaligida er osti suvlarining istemol qilish kundan kunga ortib 


bormoqda. 
Orol dengizi havzasidagi er usti suv resurslarining bir yilgi o‘rtacha umumiy miqdori 126,9 
km
3
teng. SANİİRİ malumotlariga ko‘ra shundan 1940 yilda 3,5 mln. gektar maydonni sugorish 
uchun 44,3 km
3
, 1960 yilda 4,3 mln. gektar erni 
sugorish uchun 54,1 km
3
, 1980 yilda taxminan 7 
mln gektar erni sugorish uchun 108 km
3
suv 
sarflangan. 
Shuning-dek, 
faqat 
O‘zbekiston 
Respublikasida 1980 yilda sanoat kommunal va 
baliq xo‘jaligi extiyojlari uchun jami 6,2 km
3
suv 
olingan. Ushbu raqamlardan 1960 - 1980 yillarda 
turli extiyojlar uchun suv resursi qanchalik ko‘p 
foydalanganligi ko‘rinib turibdi. Odam va hayvon
organizmida suv va tuzlarning so‘rilishi, taqsimlanishi, extiyoji hamda ajralishi tabiiydir. Suv tanada 
organizm ichki muhitida (gomeostaz) osmotik kontsentratsiyani, qon tarkibi va kislota-ishqor 
muvozanatining turgunligini taminlaydi. 
70 kg li odam bir sutkada 2, 5 l suv talab qiladi. Shu miqdordagi suvdan 1,2 l ichimlik 
suv holida, 1 l ovqat orqali istemol qilinadi, 0,3 l organizmning o‘zida hosil bo‘ladi. Odam 
tanasidagi umumiy suv miqdori 60% dan ortiqroq, shu jumladan xujayralarda 40% qon tomirlarida 
4,5% xujayralararo suyuqlikda 16% suv bo‘ladi. Organizmlar tarkibida Na
+
, Ca
++
, K
+
, Mg
++
, Cl 
ionlar, sulfatlar, fosfatlar, bikarbonatlar bo‘ladi. Ular to‘qimalardagi fizik kimyoviy jarayonlar 
xarakterini belgilaydi. Suv tanada nerv-gormonal yo‘l bilan rostlanib turadi. Markaziy nerv sistemasi 
turli organ va sistemalarning faoliyatini uygunlashtirib, suv-tuz gomeostazini taminlaydi. 
Suv to‘qimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, o‘simliklar 
sharbati)ning singishini, fizikaviy termoregulyatsiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayon-
larni taminlaydi. Hayotning boshi ham suvdir. Turli suv hayvonlari va suv O‘simliklari evolyutsiya
jarayonida quruqlikka chiqib, erda yashashga moslashgan. Suvsiz yashab bo‘lmaydi.
Organizmda suv etishmasa, uning hayotiy faoliyati izdan chiqadi. Semiz it ovqatsiz 100 kun umr
ko‘rishi mumkin, suvsiz esa 10 kundan ortiq yashamaydi. Organizmda juda ko‘p miqdorda suv 
bo‘ladi. Odam tanasidagi barcha suyuqlik va to‘qimalar tarkibida ogirligiga nisbatan 65% chamasida 
suv bo‘ladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suvsizlikka bir necha 
kundan ortiq chiday olmaydi, suvda organizm yashashi uchun zarur bo‘lgan organik va anorganik
moddalar eriydi. 
Odamning suvga bo‘lgan fiziologik extiyoji, iqlim sharoitga qarab, sutkasiga 3-6 litrni 
tashkil qiladi. Sanitariya va xwjalik-rwzgor extiyojlari uchun ko‘p miqdorda suv talab qilinadi suv 
markazlashgan sistemadan etarli miqdorda berilgan taqdirdagina yuvindi va chiqindilarni suv
kanalizatsiyasi yordamida oqizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya 
madaniyati darajasi suv bilan taminlanish darajasiga qarab belgilanadi. Aholining sogligi va 
sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bilvosita salbiy tasir etish havfining oldini olishda 
suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta yo‘l qo‘ylgan miqdorda bo‘lishi, ilmiy asoslangan 
gigiena normativlarining ahamiyati katta. Aholi istemol qiladigan suv epidemiologik jihatidan havf-
siz bo‘lishi kerak. Suvda kasallik qo‘zgatadigan bakteriyalar va viruslar bo‘lmasligi zarurdir. 
Yuqorida keltirilgan malumotlar shuni to‘la isbotlaydiki, suv bu tabiatning eng nodir 
moddalaridan bittasi bo‘lib, u barcha jonli organizmlar hayotida muhim rol o‘ynaydi, shuning 
uchun ham uni muhofaza qilish nihoyatda zarurdir. Ammo turgunlik davrlarda Amudaryo va
Sirdaryo suvlaridan noo‘rin foydalanish oqibatida Orol dengiziga suv tushmasligi tufayli, bu zonada 
katta ekologik jihatidan nomunosabatlar vujudga keldi. Ana shu ekologik fojealar oqibatida shu
hududlardagi flora va faunasida katta o‘zgarishlar paydo bo‘ldi, bularning o‘zgarishi o‘z 
navbatida Orol bo‘yi hududidagi ekotizimda katta buzilishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi,
natijada shu zonada yashaydigan aholi o‘rtasida har xil kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish