Erkin konvertirlanadigan valyuta – bu, amaldagi kurs bo’yicha har qanday boshqa xorijiy valyuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyutadir. Bunga misol qilib AQSH, yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, YAponiyalar valyutalarini kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valyuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valyutalarga almashtiriladigan va xalqaro to’lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valyutadir.
Konvertirlanmaydigan valyuta – bu, faqatgina ichki to’lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir.
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to’lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash ko’pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |