Мустақил ишлаш учун масалалар
1. Келтирилган маьлумотларга асосланиб ялпи ички маҳсулот кўрсаткичини аниқланг:
1.Иш хақи-183,2
2.Экспорт ҳажми-15,3
З.Амортизация-12,7
4.Давлат хариди- 57,4
б.Бизнесга эгри солиқлар-13,3
б.Транферт тўловлари-14,8
7.Импорт ҳажми- 12,4
8.Фойда солиғи-40.8
9.Шахсий истеьмол харажатлари- 223,1
10 Соф инвестициялар-56,2
2. 2007 йилда ЯИМ 300 млрд. сўмни ташкил этди. Бир йилдан сўнг дефлятор 1.2 мартага ортди, реал ЯИМ эса 10 % га ўсди. 2008- йилги номинал ЯИМ ҳажмини топинг( 2007 йил -базис йили).
3. Ёпиқ иқтисодиётда ЯИМ 4800млрд. сўм. Истеъмол харажатлари 2900 млрд. сўмга, давлатнинг товарлар ва хизматлар хариди 1200 млрд. сўмга, Истеъмол қилинган капитал қиймати 350 млрд. сўмга тенг.
Иқтисодиётдаги соф инвестициялар ҳажмини топинг.
4.Иқтисодиётда ялпи инвестициялар ҳажми 220 млрд. сўмга, бюджет профицити эса 15 млрд. сўмга тенг. Экспорт ҳажми 75 млрд. сўмга, импорт ҳажми эса 90 млрд. сўмга тенг бўлса хусусий жамғармалар миқдорини аниқланг.
5.Берилган маълумотлар асосида хусусий жамғармалар миқдорини аниқланг (млрд. сўм) : дромадлар (Y)-60, трансферт тўловлари-80 , давлат заёмлари бўйича фоиз тўловлари -60, солиқлар-80, истеъмол харажатлари-470.
2-MAVZU. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR VA ULARNI HISOBLASH
M
illiy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat k o‘rsatish hajmi va ulaming o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy k o‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy k o‘rsatkichlar tizimi, YalMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko‘rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlariga kuyidagi ko‘rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko‘rsatkichlariga kuyidagi ko‘rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to‘g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi.
YalMni aniqlashda ishlab chiqarish, xarajatlar, daromadlar usullaridan foydalaniladi. Mamlakat makroiqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar sifatida sof ichki mahsulot, milliy daromad kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish hajmini makroiqtisodiyotda natural birliklarda amalda o‘lchash mumkin emas, chunki bu yerda bir - biri bilan solishtirib bo‘lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar birgalikda o‘rganiladi.
Narxlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini inobatga olgan holda nominal va real YaIMlar ajratiladi hamda bu k o‘rsatkichlar bir biriga deflyator yoki iste’mol narxlari indeksi orqali bog’langan bo‘ladi.
1. Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
xarajat oqimlari bo‘yicha YaIM hajmi;
daromad oqimi bo‘yicha YaIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra); v) SIM hajmi; g) MD hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |