DSP ________________ (stansiyaning nomi va imzo)”. Peregonda tо‘xtab qolgan poyezdni jо‘natilgan stansiyaning kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) gacha tisarish tezligi 5 km/soat dan oshmasligi lozim. Peregonda tо‘xtatilayotgan poyezdning oldida (о‘tish maydonchasida yoki vagonning maxsus zinapoyasida) lokomotiv brigadasining xodimi, konduktor yoki mashinistning kо‘rsatmasiga binoan boshqa xodim bо‘lishi kerak.
Peregondagi motorvagon poyezdlar, maxsus о‘zi yurar harakat tarkiblari va yakka lokomotivlarni tisarish signallar kо‘rinadigan hududga tо‘xtash imkonini beruvchi tezlikda amalga oshiriladi; motorvagon poyezd mashinisti boshqa (tisarish yо‘nalishi bо‘yicha old) boshqaruv kabinasiga о‘tadi.
Jо‘natilgan poyezdning ort qismi stansiya chegarasidan chiqmagan bо‘lsa, zarur hollarda bunday poyezdni tisarish stansiya navbatchisining og‘zaki kо‘rsatmasiga binoan manevr tartibida 5 km/soat dan ortiq bо‘lmagan tezlikda amalga oshiriladi. Tisarilayotgan poyezdning harakat yо‘nalishi bо‘yicha birinchi vagon maxsus zinapoyasida yoki о‘tish maydonchasida lokomotiv brigadasi xodimi yoki konduktor, stansiya navbatchisi kо‘rsatmasiga muvofiq boshqa xodim bо‘lishi kerak.
Peregondan qaytayotgan poyezdlar stansiyaga ochiq kirish svetofori bо‘yicha yoki Yо‘riqnomaning 265 bandida belgilangan tartibda svetoforning taqiq kо‘rsatmasida qabul qilinadi.
Tisarilayotgan poyezdni stansiyaga qabul qilish marshruti tayyor bо‘lsa, Yо‘riqnomaning 202 bandida kо‘rsatilgan peregondagi poyezdni tо‘xtatishga beriladigan ruxsat poyezdni stansiyaga qabul qilish tо‘g‘risidagi buyruq bilan birlashtirilishi mumkin. Bunday holatda kirish svetoforining mavjudligi va qabul qilish sharoitlaridan kelib chiqib, ruxsatnoma matni quyidagi sо‘zlar bilan tо‘ldiriladi: “№ ____ yо‘lga harakat qilishga ruxsat beraman. Kirish svetofori ochiq”; “№__ kirish svetoforining taqiq kо‘rsatmasida __ yо‘lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor”; “№__ yо‘lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor”.
Avtoblokirovka va poyezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda, kо‘rinish yaxshi bо‘lgan sharoitda, peregonda tо‘xtab qolgan poyezdga yordam kо‘rsatish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
peregonda tо‘xtab qolgan poyezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv;
peregonda tо‘xtab qolgan poyezddan keyin borayotgan yuk poyezdi tarkibidan ajratilgan lokomotiv;
lokomotivini uzmasdan ortdan kelayotgan yuk poyezdi.
Yordam kо‘rsatishning u yoki bu usuli poyezd dispetcheri tomonidan yuzaga kelgan vaziyat har tomonlama baholangandan sо‘ng ikkala lokomotivning mashinistiga beradigan qayd etiluvchi buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Yordam kо‘rsatish uchun lokomotivni odamli poyezddan va 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan poyezddan ajratish taqiqlanadi. Bunday poyezdlardan, lokomotivni tarkibdan uzmasdan yordam kо‘rsatish uchun ham foydalanish taqiqlanadi.
Yordam peregonda tо‘xtab qolgan poyezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv tomonidan kо‘rsatilsa, buyruq quyidagi shaklda uzatiladi: