2-Labaratoriya ishi
Magnit kukunlar
Magnit kukunli usulning mohiyati shundan iboratki,
bunda magnitlangan
detalning sirtiga kerosinli, moyli, sovun eritmali suspenziya ko‘rinishidagi («xo‘l»
usul) yoki magnit aerozoli ko‘rinishidagi («quruq» usul) ferromagnit kukuni
qoplanadi. Sochilish magnit maydonlarining tortuvchi kuchi ta’sirida
kukun
zarralari detal sirtida harakatlanadi va nuqsonlar tepasida do‘ngliklar ko‘rinishida
to‘planadi. Do‘ngliklarning shakli aniqlanadigan nuqsonlarning qiyofasiga mos
keladi.
Nazorat uslubi.
Magnit kukunli usul quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi
(GOST 21105-75):
1. Nazorat qilishdan oldin yuzalar ishlovga
tayyorlanadi va iflosliklar,
kuyindidan, payvandlashdan qolgan shlak yuqlaridan tozalanadi.
2. Magnit kukunini tashuvchi suyuqlik bilan tez tez aralashtirgan holda
suspenziya tayyorlanadi.
3. Nazorat qilinayotgan yuza magnitlanadi.
6. Suspenziya yoki kukun nazorat qilinayotgan yuzaga qoplanadi.
5. Buyumning yuzasi ko‘zdan kechirilib kukun o‘tirindisi
bilan qoplangan
joylari aniqlanadi.
6. Yuza magnitsizlantiriladi.
Magnit lentalari (ML).
ML magnitografik defektoskopiyada ishlatiladi. Ushbu lentalar bir va ko‘p
qavatli bo‘ladi. Ko‘pincha ikki qavatli, ya’ni nomagnit asosdan iborat (lavsan,
atsetilselluloza va hokazo) hamda asosi yaxshigina adegeziyani ta’minlaydigan
lokka singdirilgan temir oksidi kukuni holidagi faol magnitli qavatli lentadan
foydalaniladi.
Magnit lentalarni eni 50 va 75 mm holatida ishlab chiqariladi va
choklarning payvandlangan yerlarini nazorat qilishda ishlatiladi. Lentadagi magnit
maydoni tarqalishining tushirilgan tasviri magnitografik defektoskop bilan aniqlab
olinadi. Ikkita magnit kallagidan iborat (magnitofon ovoz
chiqarib beruvchi
magnitli kallagi kabi) defektoskopning o‘qish bloki yordamida lentaga yozilgan
ma’lumotlar elektrik signallarga aylantiriladi va uni ovozini sozlash hamda baland
qilish uchun elektron blokka uzatiladi. Yozilgan ma’lumotlarni vizualizatsiyalashni
elektron-nurli quvurcha orqali amalga oshiriladi va ekranda defektning
ko‘rinuvchan tasviri (televizion) hosil bo‘ladi.
Magnitli defektoskopiya (MD)
Magnitli
defektoskopiya
– buzmasdan
magnitli nazorat usuli
bo‘lib, ferromagnitli materiallardan yasalgan obyektlarning uzunasiga paydo
bo‘ladigan
nuqsonlarini
topishga
mo‘ljallangan.
Usulning
mohiyati shundaki, magnit maydon tarqalishini ushbu nuqson yaqinida
aniqlash.
Nuqsoni bo‘lmagan va shakli juda o‘zgarmagan
nazorat
obyektini
bir
jinsli
magnit
maydoniga
joylashtirilganida
magnit
oqimi F
M
– obyektdan uzoqqa chiqmasdan kam qarshiligi bo‘lgan
materialning yo‘lidan o‘tadi.
Magnit oqimining F
0
– ayrim qismi havodan o‘tishi
mumkin.
Bu
shuni
bildiradiki,
materialning
magnit
qarshiligi
(metallning)
havoning qarshiligidan ko‘p marta kamdir, chunki, u magnit kirituvchanlikka teskari
proporsionaldir.
Yoriqlar
mavjud
bo‘lganida
magnit oqimining perpendikular yo‘nalishida
ushbu sohada magnit oqimini
birdaniga
oshiruvchi
havolar
oralig‘i
kabi
to‘siqlar
hosil bo‘ladi. Shuning uchun F
M
– oqimi yoriqni ostidan og‘adi.
Shu
bilan
birga
oqimning
bir
qismi
yoriq
ustida
havo
bilan
to‘qnashadi,
ya’ni
nuqson
ustida
ΔF
d
–
tarqalish
oqimi
paydo
bo‘ladi