Ko‘makchilar turlari
Xitoy tilidagi ko‘makchilar ma’nosi bo‘yicha 5 ta turga bo‘linadi. Har bir turi o‘zining ma’no va sintaktik xususiyatlariga ega.
1. Sub’ekt-ob’ektiv munosabatlarni ifodalovchi ko‘makchilar: 给 gei (kimga?),用yong (nima bilan?), 被 bei (kim bilan?), 替 ti (kim uchun?), 对于 duiyu (nimaga nisbatan?), 关于 guanyu (nima haqida?) va boshqalar.
2. Makon munosabatlarini bildiruvchi ko‘makchilar: 在zai –da, ichida, 到 dao –ga, tomonga, 上 shang -ga, 向 xiang –ga, 从 cong – dan va boshqalar
3. Zamon (vaqt) munosabatlarini anglatuvchi ko‘makchilar: 在 zai -da, 从 cong -dan, 到 dao –gacha va boshqalar.
4. Maqsad munosabatlarni ifodalovchi ko‘makchilar: 为 wei, 为了weile, 为着 weizhe - uchun, haqi uchun.
5. Sabab munosabatlarni bildiruvchi ko‘makchilar: 因 yin, 因为 yinwei, 为了 weile -ni deb, uchun, sababli, -ga ko‘ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |