2-kurs 208- guruh nurqobilova sabohatning devitasiya konsepsiyalari


Majburlash orqali ijtimoiy nazorat



Download 2,22 Mb.
bet4/11
Sana28.04.2022
Hajmi2,22 Mb.
#586208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
deviatsiya konsepsiyalari

Majburlash orqali ijtimoiy nazorat. Ko’pgina primitiv yoki an’anaviy jamiyatlar individlar xulq-atvorini axloqiy me’yorlar orqali, binobarin, birlamchi guruhning norasmiy gruppaviy nazorati vositasida samarali tartibga soladi. Bunday jamiyatlarda rasmiy qonunlar yoki jazolar shart emas. Biroq ko’p sonli madaniy komplekslar birikmasidan tashkil topgan yirik, murakkab jamiyatlarda rasmiy nazorat, qonunlar va jazolar tizimi muttasil ravishda rivojlantiriladi va hamma uchun majburiy tus oladi. Individ omma tarkibiga singib ketishi mumkin bo’lsa, norasmiy nazorat o’z samarasini bermay qo’yadi va rasmiy nazoratga ehtiyoj tug’iladi.
Ko’p sonli aholi va murakkab madaniyat mavjud bo’lganda ikkilamchi gruppaviy nazorat - qonunlar, kuch ishlatishga asoslangan turli vositalar, rasmiylashtirilgan protseduralar qo’llanila boshlaydi. Ayrim individ bu vositalarga rioya qilishni istamasa, guruh (yoki jamiyat) majburlov choralarini qo’llaydi. Hozirgi jamiyatlarda majburlov orqali nazorat qilish tizimi mavjud bo’lib, u me’yorlardan og’ishning turli xil ko’rinishlariga muvofiq qo’llaniladigan amaldagi sanksiyalar to’plamini o’zida ifodalaydi.
O’z-o’zini nazorat qilishga asoslangan ijtimoiy nazorat. O’z-o’zini nazorat qilish deganda ichki nazorat tushuniladi: individ o’z xulq-atvtorini umum e’tirof etilgan me’yorlar va qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda tartibga soladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida me’yorlar shu darajada chuqur o’zlashtiriladiki, odamlar ularni buzar ekanlar, o’zlarini noqulay va aybdor his qiladilar.
Oqilona amrlar sanalgan umum e’tirof etilgan me’yorlar ongga mustahkam o’rnashadi. O’z-o’zini nazorat qilish tabiiy stixiyani tiyishni anglatadi, u iroda kuchiga asoslanadi. Ong - ijtimoiy nazoratning eng arzon va eng samarali shakli. Biroq u eng qimmat va ba’zan besamar jarayon - ijtimoiylashuv natijasi sifatida yaratiladi. Ijtimoiylashuv jarayonida individ boshqarish ayniqsa mushkul bo’lgan kuch - o’z ong osti sohasi bilan kurashishiga to’g’ri keladi. Impul’siv xulq-atvor, o’z mayllarini jilovlashga qodir emaslik odatda bolalarga xos. Shu tufayli ham impul’siv xulq-atvorni infantilizm deb ataydilar. Oqilona me’yorlarga muvofiq xulq-atvor esa, aksincha, yetuklik belgisi hisoblanadi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko’ra, ijtimoiy nazorat taxminan 70% ga aynan o’z-o’zini nazorat qilish hisobiga amalga oshiriladi. Jamiyat a’zolarida o’z-o’zini boshqarish qobiliyati qancha yaxshi rivojlangan bo’lsa, bu jamiyatda tashqi nazorat shuncha kam talab etiladi. Aks holda ijtimoiy nazorat institutlari, shu jumladan armiya, sudlar, davlat ko’proq ter to’kishiga to’g’ri keladi. Biroq qattiq tashqi nazorat o’zlikni anglash tuyg’usi rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. Natijada diktatura paydo bo’ladi. Ko’pincha u fuqarolarning manfaatlari yo’lida, tartib o’rnatish maqsadida vaqtinchalik o’rnatiladi. Biroq amalda u uzoq saqlanib qoladi va odamlar boshiga ko’p musibatlar soladi. Majburiy nazoratga bo’ysunishga ko’nikkan fuqarolarda ichki nazorat rivojlanmaydi. Natijada ular ijtimoiy mavjudotlar sifatida tanazzulga yuz tutadilar. Xullas, diktatura sharoitida hech kim o’zini oqilona me’yorlarga muvofiq tutishni o’rganmaydi.
SHunday qilib, rivojlangan o’z-o’zini boshqarish qobiliyati demokratiyaga, o’z-o’zini boshqara olmaslik esa diktaturaga yo’l ochadi.

  1. Og’uvchi (deviant) xulq-atvori va uning turlari

Barcha a’zolari o’zlarini umumiy normativ talablarga muvofiq tutadigan jamiyat mavjud emas. “Ijtimoiy og’ish” atamasi individ yoki guruhning umum e’tirof etilgan me’yorlar bilan muvofiq kelmaydigan xulq-atvorini anglatadi. Natijada shaxs mazkur me’yorlarni buzadi. Ijtimoiy og’ishlar har xil ko’rinish kasb etishi mumkin. Jinoyatchilar, tarkidunyochilar, novator ijodkorlar, qotillar - bularning barchasi o’z xulq-atvorida umum e’tirof etilgan me’yorlardan og’uvchi kishilardir. Ularni ba’zan deviantlar deb ham ataydilar.
Kichik va sodda strukturali jamiyatlarda og’uvchi xulq-atvor osongina aniqlanadi va nazorat qilinadi. Yirik va murakkab strukturali jamiyatlarda umum e’tirof etilgan xulq-atvor andozasidan og’ish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Muayyan ijtimoiy og’ish mavjudligini aniqlashning mushkulligini quyidagi misol yordamida tavsiflash mumkin: ijtimoiy guruhdagi o’smirlarning ko’pchiligi jinoiy xulq-atvorga moyil bo’lsa, mazkur guruhdagi kattalarning aksariyati esa tez-tez qonunni buzsa, og’uvchi xulq- atvorni biz kimda qayd etishimiz kerak - jinoyatchilardami yoki jinoyatchi bo’lmagan shaxslardami? Mazkur muammoni tahlil qilishda tug’iladigan ko’p sonli qiyinchiliklar unga mufassalroq to’xtalishni talab etadi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish