Alohida moyilliklar faoliyatning tor jabhalarida noyob fazilatlarni namoyon etish imkonini beradi. Sportchi, aktyor, balerina, san’atkorning cho’qqiga ko’tarilishi uning umumiy intellektidan ko’ra alohida moyilliklariga ko’proq bog’liq bo’ladi. Ayrim intellektual qobiliyatlar ko’pincha alohida moyilliklarni ro’yobga chiqarish uchun talab etiladi, ammo o’z faoliyat maydonidan tashqarida mashhur kishilar odatda qolgan odamlardan aslo farq qilmaydilar. Bu yerda hamma narsani o’z faoliyat sohasida ishni boshqalarga qaraganda yaxshiroq bajarish qobiliyati hal qiladi.
Kuchli motivatsiya individ boshqalar ustidan yuksalishiga ko’maklashuvchi omil hisoblanadi. Uning yuzaga kelishiga ko’pincha guruh ta’siri sabab bo’ladi. Masalan, oilaviy an’ana individ o’z ota-onasining kasb-kori sohasida yuksak natijalarga erishishiga turtki beruvchi omilga aylanishi mumkin.
Shaxsiy fazilatlar insonga hayotda yuksak natijalarga erishishga yordam beradi. Bu fazilatlar muayyan faoliyat turlari bilan uzviy bog’liq. Dovyuraklik va jasurlik askarga shon- shuhrat sari yo’l ochadi, biroq mazkur fazilatlar rassom yoki shoirda bo’lishi shart emas. Kirishimlilik, odamlar bilan til topa olish, shijoatkorlik siyosatchi va tadbirkor uchun zarur, biroq yozuvchi, rassom yoki olimning yutuqlariga ular ta’sir ko’rsatmaydi. Jamoatchilik fikri doirasida faoliyatning turli sohalarida individning yuksalishiga ko’maklashuvchi shaxsiy fazilatlarning ko’p sonli stereotiplari yaratilgan. Favqulodda shaxsiy yutuqlarni belgilovchi omillarning aksariyatini ajratish va o’lchash qiyin, biroq ijtimoiy maqbul og’ishlarga imkoniyat yaratuvchi asosiy omillar ta’sirini hisobga olish zarur.
Madaniy nomaqbul og’ishlar. Bu masalani ko’rib chiqishda eng avvalo madaniy nomaqbul og’ishlarning sotsiologiya kursida o’rganilmaydigan qismini ajratish zarur. Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlarga ega shaxslar jamiyatning normal a’zolariga xos bo’lgan rollarga oid yutuqlar yoki normal xulq-atvorga mutlaqo qodir bo’lmasliklari mumkin. “Ruhiy nuqson” og’ir tug’ma kasallik yoki ruhiyatning shikastlanishi natijasida mazkur individning o’qib-o’rganish qobiliyatlari cheklanganligini anglatadi. Bu nuqsonlarni aniqlash sotsiologiyaning vazifasi emas, biroq sotsiologlarni mazkur nuqsonlar xususida jamoatchilik fikri va ularning jamiyatda tarqalganlik darajasi qiziqtiradi. Bu masalani o’rganish bilan bog’liq qiyinlchiliklar shundaki, ruhiy nuqson individda hayot faoliyati sohalarining bittasida namoyon bo’lishi, boshqa sohalarda esa u umum e’tirof etilgan xulq-atvor me’yorlariga hamma qatori rioya qilishi mumkin.
Deviatsiya nazariyasi
Madaniy nomaqbul og’ishlarning cheklangan qismi zamirida ruhiy nuqsonlar yotadi. Bunday og’ishlarning sabablarini aniqlash va o’rganish uch nazariya: jismoniy tiplar nazariyalari, psixoanalitik nazariyalar va sotsiologik yoki madaniy nazariyalar doirasida amalga oshiriladi.
Deviatsiya nazariyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |