Yil
Res urslar
|
Miqdori
|
Birlik resurs bahosi,so’m
|
Qiymati
|
Yillar
|
|
|
...
n yil
|
1-resurs
|
|
|
|
|
|
|
2-resurs
|
|
|
|
|
|
|
……..
|
|
|
|
|
|
|
n-resurs
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
|
Material resurslar hajmini rejalashtirishda yillik talabdan tashqari materiallar, joriy ishlab chiqarish zahiralari miqdori ham aniqlanadi. Zahiralar hajmini uchta asosiy omil belgilab beradi:
kundalik material iste’mol hajmi;
material sarflanish xarakteri (iste’molning barqarorligi);
ikki ta’minot orasidagi muddat.
Zahira miqdorini rejalashtirishda ikki usuldan foydalanish mumkin:
usul: yillik talabni yildagi xom-ashyo va materiallarni keltirish soniga bo’lish orqali aniqlashni ko’zda tutadi.
usul: materialning o’rtacha sutkalik sarfini ularning zahira me’yoriga ko’paytirish orqali.
Ishlab chiqarish jixozlariga bo’lgan talabni aniqlashda dastlab mavjud ishlab chiqarish fondlarining qisqacha tavsifi beriladi: tarkibi, tuzilmasi, qiymati, texnik tavsifi, eskirish darajasi ko’rsatiladi. Jihozlarga talabni rejalashtirishda qo’llanilayotgan ishlab chiqarish shakli e’tiborga olinadi. Jihozlar soni quyidagi formula asosida aniqlanadi:
bu yerda:
– natural o’lchovdagi ishlab chiqarish hajmi;
Us – jihozning o’rtacha soatlik unumdorligi, natural o’lchovda;
KRO – jihozning haqiqiy ish vaqtini e’tiborga oluvchi koeffitsient.
Ushbu usulda nafaqat asosiy, balki barcha tayyorlov bosqichidagi jihozlar soni ham aniqlanadi.
Qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda jihozlar soni quyidagi formula asosida aniqlanadi.
Js Xishlov *Tk *Us *Fs
bu yerda:
Xishlov – ishlov beriladigan xom-ashyo hajmi, natural o’lchovda;
Tk – texnologik koeffitsient;
Us – jihozning o’rtacha soatlik unumdorligi, natural o’lchovda;
Fs – jihozning ish vaqti fondi, soat.
Shunday qilib, ishlab chiqarish rejasi korxonaning yillik rejasining yoki biznes rejaning muhim bo’limi bo’lib, unda material, mehnat va moliyaviy resruslarga bo’lgan ehtiyoj aniq ifodalanishi zarur.
Qisqacha xulosalar
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi korxona rejasining yoki biznes rejaning muhim bo’limi hisoblanadi, hamda material, mehnat va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash, mehnat va ish haqi reja ko’rsatkichlarini hisoblash, moddiy-texnika ta’minoti, tannarx va moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblash, foyda va daromadni aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasini xar tomonlama texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqarish quvvatlaridan, fan-texnika yutuqlaridan, korxona ishlab chiqarish maydonlaridan, mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish rejasining asosiy ko’rsatkichlari bo’lib, A tovar mahsuloti, sotilgan mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, jihozlar soni ko’rsatkichlari hisoblanadi.
A-qiymat, natural ifodadagi mahsulot hajmi.
Nazorat uchun savollar:
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni va ahamiyatini yoritib bering?
Ishlab chiqarish rejasida qanday vazifalar ilgari suriladi?
Ishlab chiqarish dasturida qanday masalalar yoritiladi?
Ishlab chiqarish rejasida qnday ko’rsatkichlar rejalashtiriladi?
Ishlab chiqarish dasturiga qanday tashqi va ichki omillar ta’sir ko’rsatadi?
Jixozlar mutanosibligi qnday aniqlanadi?
Resurslarga bo’lgan talab hajmi qanday aniqlanadi?
ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI REJALASHTIRISH
Do'stlaringiz bilan baham: |