2. Kichik biznesning bozor



Download 0,53 Mb.
bet2/39
Sana29.04.2023
Hajmi0,53 Mb.
#933328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Biznes va tadbirkorlik orasidagi farqlar

Biznes

Tadbirkorlik

1. Erishilgan yutuqni mustahkamlashga
intilish, faoliyatning repproduktiv (qaytariluvchi) harakteri

1. Tashabbuskorlik, faoliyatining
izlanuvchanlik xarakteri, ijodkorlik va g’ayratlilik

2. Foydali (daromadli) ishga ega bo’lgan
inson

3. G’oya va intilishga ega bo’lgan
inson

4. Kapitalga ega shaxs

5. Boshlang’ich kapitalga ega
bo’lmasligi mumkin

6. Menejer qobiliyatiga, doimiylikka intilishga ega hamda fikrlash va
ishlarida konservator bo’lgan shaxs

7. Tavakkalchilikka moyil novator (yangilikka intiluvchan), tug’ma
qobiliyatga ega bo’lgan shaxs

8. Kapitaldan daromad olish

9. Tadbirkorlik foydasini olish

Amaliyotda ko’p uchraydi

Amaliyotda nisbatan kamrov
uchraydi

Biznes va tadbirkorlik sohasini ko’pincha “kichik iqtisodiyot” deb ham yuritiladi.


Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Bandlik muammosini hal etish, bozorning mo’l-ko’lligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlarini inobatga olib, mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bunda kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos quyidagi xususiyatlariga tayanilmoqda:

  • bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati;

  • nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabini qondira olish.

  • dastlabki sarmoya hajmining nisbatan kamligi;

  • tez orada yangi ish o’rinlarini barpo etish va bandlik muammosini hal etishga ko’maklashish imkoniyati;

  • biznes egasi (tadbirkorlik) ning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki va boshqalar.

Bundan tashqarikichik tadbirkorlikning iqtisodiy jihatlari hamda manfaatli xususiyatlari quyidagicha yoritiladi.
Kichik tadbirkorlik aholining talay qismi uchun mehnatini qo’llaydigan jabha va daromad manbai, yetarli malaka va tajribasi bo’lmagan, egiluvchan jadvalli ish kunini istagan aksariyat mehnat resurslarini mashg’ul etuvchi mehnat bozorining eng moslashuvchan qismi ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma’lumoti va mehnattajribasiyuqori darajada bo’lmagan shaxslar ko’pincha faqat shu yerdan ish topishlari mumkin. Bu jabhada mashg’ul kishilarning aksariyat qismi uchungina emas, balki ularning oila a’zolari uchun ham asosiy daromad manbai bo’lishi kichik
biznes milliy farovonlikning o’sishi uchun muhim omilga aylanganidan dalolat beradi.
Kichik tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potentsial samarali vositadir. U fuqarolarga nafaqat o’z ishchi kuchi, balki o’z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo’ljallangan mulk egasi bo’lishiga imkon yaratib, o’rta sinf jamiyatining progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi.
Kichik tadbirkorlik butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U iste’mol talabining o’zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tebranishlariga muvofiqtarzda o’z faoliyati ixtisosini tez va nisbatan asoratsiz o’zgartira oladi.
Kichik tadbirkorlik iqtisodiyotining hududiy tuzilmasini yaxshilaydi.
Alohida shaxs uchun esa kichik biznes bilan shug’ullanish band bo’lish va daromad olishga, ishi va shaxsiy hayotini yaxshiroq birlashtirishga, o’z qobiliyati va iste’dodini namoyon qilishga imkon yaratadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan xarakterlanadi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqillik berish ularda faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000 yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o’sdi.
2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o’rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo’lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko’rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirilayotgan ana shunday chora-tadbirlarimiz o’zining yuksak samarasini bermoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi:

  • ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilinmoqda;

  • kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda;

  • kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda;

  • tadbirlarni davlat ro’yhatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan tartibijoriy etildi;

  • statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi;

  • kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi;

  • ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va boshqalar.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari quyidagilar asosida shakllantirilmog’i zarur:

  • kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning mintaqa, tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, barcha tarmoqlarda xususiy korxonalar, jamiyatlar, shirkatlar tuzish bo’yicha shaxsiy tashabbuslarni rag’batlantirish;

  • kichik korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat tomonidan kreditni kafolatlash jamg’armalarini yaratish;

  • kichik tadbirkorlikka xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalarini yanada kengaytirish va rivojlantirish;

  • kichik korxonalarning xom ashyo, texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishning samarali tizimini yaratish;

  • kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va ular faoliyatining me’yoriy huquqiy negizini takomillashtirish;

  • kichik tadbirkorlik faoliyati ko’rsatkichlarining hisobi va tahlili tizimini soddalashtirish;

  • kichik tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.



3. Biznes reja – kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida

Kichik tadbirkorlik faoliyatini shakllantirishda va rivojlantirishda biznes rejaning ahamiyati beqiyosdir.


Biznesreja – tadbirkorlik faoliyatining barcha asosiy tadbirkor to’qnashishi mumkin bo’lgan muammolarni tahlil qiluvchi, ularni bartaraf etish usullari belgilanadigan xujjatdir.
Bozor qanchalik ko’payib, kengayib borgan sayin rejaning ahamiyati oshib boradi.
Biznes reja 3 funktsiyani bajaradi.
Birinchidan, biznesni tashkil etish va olib borish kontseptsiyasini ishlab chiqishda qo’llaniladi. O’z korxonangiz faoliyatini har tomonlama, ya’ni marketing, moliyalashtirish va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan o’rganib chiqish asosida harakat yo’nalishini belgilash va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarni qog’ozdaligidayoq bartaraf etish yo’llarini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchidan, biznes reja tadbirkor uchun bir qurol bo’lib, uning yordamida korxonaning ma’lum bir davrdagi faoliyatining haqiqiy natijalariga baho berish mumkin.
Masalan, biznes rejaning moliyaviy bo’limi, ishlab chiqarish faoliyati byudjetini tuzish uchun hamda unga qay darajada amal qilinayotganligini nazorat qilish uchun asos bo’ladi.
Uchinchidan, biznes reja korxonaga chetdan pul mablag’larni jalb qilishga ham xizmat qiladi.
Korxonalar biznes rejani bir yilga tuzadilar. Ularda asosiy diqqat-e’tibor 12 oy muddatga qaratiladi, kelgusi 1-4 yil davomidagi faoliyat yo’nalishlari umumiy tarzda beriladi.
Biznes reja korxonalar uchun reklama vositasini ham o’ynaydi. Shu sababdan, reja qat’iy belgilangan tartibda yozilishi talab qilinadi.
Axborotlar aniq va ishchan bo’lishi lozim, grammatika va orfografiyaga ham e’tibor berish talab etiladi, chunki xatolar o’quvchida tadbirkorga nisbatan salbiy munosabat paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Biznes rejani ishlab chiqish qaytarilib turadigan va uzluksiz ravishda olib boriladigan jarayondir. Moliyalashtirish uchun bir necha oylar talab etiladi, agar shartnoma uch oy oldin tuzilgan bo’lsa, tadbirkorlik olamida bu juda tez fursat bo’lib hisoblanadi, olti va undan ortiq muddat nisbatan real hisoblanadi.
Biznes reja yangi tashkil etilayotgan korxonalar bilan bir qatorda faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonalarda ham tuziladi.
Har qanday korxona uchun biznes reja strategik rejalashtirishning birinchi tajribasi bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan bir vaqtda biznes reja ijro uchun qo’llanma hisoblanadi, g’oyalarni nazorat qilish (tekshirish) korxonani boshqarish va faoliyat natijalarini prognozlashtirish quroli bo’lib xizmat qiladi.
Biznes rejani ishlab chiqishda avvaldan faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonalar bir muncha afzallikka ega bo’ladilar, chunki ular o’z faoliyatlari natijalaridan kelib chiqib ko’rsatkichlarni rejalashtiradilar, rejada qo’yilayotgan, yoritilayotgan fikrlari o’tmish strategiyasidan kelib chiqadi.
Agar korxona sinmay faoliyat ko’rsatishni istasa, biznes rejasini tuzish davomida yuzaga keladigan barcha savollarga o’z vaqtida va to’liq javob topa bilishi kerak yoki ularning hozir javobi yo’q, lekin kelgusida hal qilinishi mumkin bo’lgan masalalar qatoriga kirishilishi lozim.
Biznes rejani o’zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirish maqsadida uzluksiz sur’atda aniqlashtirib borish, undan 2-asosiy maqsad – korxona amaliy faoliyati natijalarini o’lchovi sifatida foydalanish imkonini beradi.
O’tgan yildagi biznes reja qaysi strategiya samarali, qaysi biri aksincha zararli bo’lganini, ularni amalga oshirish usullaridan unumlirog’ini tanlash imkonini beradi.
Rejaning soddaligi uni samarali qo’llashda namoyon bo’ladi. Lekin qog’ozda sodda ko’ringan fikr amalda ancha murakkab bo’lishi mumkin.
Haqiqiy faoliyat natijalarini biznes reja bilan solishtirish ishini tashkil etishdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.
O’tgan yilgi biznes rejaning moliyaviy bo’limidan biznesni rivojlanish yo’nalishini ob’ektiv ravishda kuzatish vositasi sifatida foydalanish mumkin.

Qisqacha xulosalar


Bozor munosabatlariga o’tishning asl mohiyati boshqaruvning ma’muriy usulidan iqtisodiy usuliga o’tish, xalqning o’sib borayotgan talab va ehtiyojlarini to’laroq qondirish hamda samarali iqtisodiyot asoslarini bunyodga keltirishdirBu borada shunday halqa yaratish kerakki, uning yordamida bozor iqtisodiyoti bilan birgalikda o’sib kelayotgan aholining kelajagi va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish ta’minlanishi lozim. Bu halqada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati bosh bo’g’inni egallaydi. Chunki kichik biznes aholini o’zgarib boruvchi ehtiyojlarini tez e’tiborga olgan holda turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarishga moslasha olish qobiliyatiga ega.
Kichik biznesning rivojlanishi aholini ish bilan band qilish, aholini turmush darajasini yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal qilish imkoniyatini yaratadi. Bunda biznes faoliyatni asosi hisoblangan biznes reja muhim ahamiyatga egadir. Chunki unda faoliyatni samarali tashkil etishning barcha jihatlari qamrab olinadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Bozor iqtisodiyotining tub belgilarini ta’riflang.

  3. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning “o’zbek modeli” ni izohlang.

  4. Bozor munosabatlarida biznes faoliyatni rivojlantirishning ahamiyatini yoriting.

  5. Biznes va tadbirkorlik faoliyati orasidagi farqlarni izohlang.

  6. Kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati va xususiyatlarini yoriting.

7. Biznes faoliyatni rivojlantirishda biznes rejani shakllantirishning o’rni va ahamiyatini yoritib bering.




BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA REJALASHTIRISH VA BASHORATLASH


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish