2-Ish. Eshitish o‘tkirligini aniqlash
Jihozlar: uzunligi 5 metrdan kam bo‘lmagan tinch xona, stul.
Ishni bajarish tartibi
1. Tekshiriluvchi tekshiruvchiga nisbatan orqa tomoni bilan stulga o‘tiradi. Bundan maqsad-tekshiriluvchi, tekshiruvchining og‘ziga qarab, uning lablari harakati orqali so‘zlarni aniqlab olmas-ligini ta‘minlash.
2. Tekshiruvchi 5 metr masofadan sekin tovush bilan gapi-radi, savol beradi.
3. Agar tekshiriluvchi bir qulog‘ini barmog‘i bilan yopgan holda kuchsiz tovushni, savolni eshitsa va javob qaytarsa, eshitish o‘tkirligi normal hisoblanadi. Shunday tarzda ikkinchi qulog‘ini eshitish o‘tkirligi ham aniqlanadi.
4. Agar tekshiriluvchi tovushini, savolni eshitmasa, eshitish o‘tkirligi pasaygan deyilib, lor duxtiriga yuboriladi va tibbiy asbob-lar yordamida kengaytirilgan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |