2. Iqtisodiy nochorlik tahlilining axborot manbalari. Bankrotlikni aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning qiyosiy tahlili


Bankrotlikni aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning qiyosiy tahlili



Download 21,58 Kb.
bet4/6
Sana24.06.2022
Hajmi21,58 Kb.
#699107
1   2   3   4   5   6


Bankrotlikni aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning qiyosiy tahlili

Iqtisodiy nochorlikka olib keluvchi asosiy sabablardan biri korxonadagi iqtisodiy va moliyaviy salohiyatning pastligi bilan izohlanadi.


Iqtisodiy va moliyaviy salohiyatni holati va o‘zgarish darajalariga qarab xo‘jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy nochorligi yo‘q, iqtisodiy nochorligi past, iqtisodiy nochorligi yuqori, iqtisodiy nochorligi eng yuqori kategoriyalarini tarkiblash ham mumkin.
Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ning iqtisodiy salohiyatga nisbatan baholanadigan ko‘rsatkichlar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- joriy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari;
- uzoq muddatli aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari;
Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ning moliyaviy salohiyatga nisbatan shuningdek, moliyaviy jihatdan barqaror, moliyaviy xavf-xatari bor, moliyaviy jihatdan nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalarini tarkiblash amaliyoti ham belgilanganligini qayd etish lozim.
Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ning moliyaviy salohiyatga nisbatan baholanadigan ko‘rsatkichlar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘z mablag‘lari manbasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari;
- majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy jihatdan barqaror deyish mumkin qachonki, uning holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar normal holatdan yuqori darajada bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy jihatdan xavf-xatari bor deyish mumkin qachonki, ko‘rsatkichlar darajasi normal darajada va undan tushib ketsa, moliyaviy nobarqaror deyish mumkin qachonki, uning ko‘rsatkichlar tizimini ifodasi normal darajadan keskin tushib ketsa. Uning chegaraviyligini har bitta ko‘rsatkichlar tizimiga nisbatan alohida belgilash lozim.
Amaliyotda, moliyaviy barqarorlikni belgilashning eng muhim metodik jihat aktivlarni (uzoq muddatli aktivlar hamda zaxira va xarajatlarni) manbalashdagi holat ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi.
Aktivlarni moliyalashtirishda aktivlarning uzoq muddatli va joriy qismi bir-biridan tubdan farq etadi. Odatda uzoq muddatli aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan o‘z mablag‘lari va uzoq muddatli qarz mablag‘lari jalb qilinadi. Shu sababli iqtisodiy nochorlikni baholashda birinchi navbatda ularning o‘tgan yil va joriy holatiga baho beriladi. Bu o‘z aylanma mablag‘lari naqdligini ifodalaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini oshirish yuzasidan quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish talab etiladi:
- xususiy kapitalni hajmini oshirish. Buning uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar ta’sischilarini qo‘shimcha badallarini jalb qilish shuningdek, faoliyatning keyingi davralari bo‘yicha foyda summasini oshirish talab qilinadi;
- ko‘p xarajat talab qiladigan asosiy vositalar, texnika va texnologiyalar o‘rniga yangilarini olib kirish;
- bank kreditlarini aniq biznes reja va foydali loyihalar hisobiga jalb etish hamda ularni umumiy mablag‘lar tarkibidagi hissasini kamaytirib borish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy qaram bo‘lib qolmasligiga harakat qilish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarda to‘lov intizomiga, shartnomaviy shartlarga to‘la amal etgan holda debitor va kreditor qarzlarining ko‘payib ketmasligini oldini olish;
- aylanma aktivlarni manbalash yuzasidan ijobiy farqlanishlarni ta’minlash;
- iqtisodiy resurslarni joylashtirish va boshqarishdagi optimallikni yo‘lga qo‘yish va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimiga tayanish lozim:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘lov layoqati, qoplov koeffitsiyentini o‘rganish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o‘rganish;
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o‘rganish;
- o‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish;
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‘rganish
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o‘rganish;
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‘rganish;
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganish.



Download 21,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish