Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni oldini olish chora-tadbirlari:
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati ularda investitsion jozibadorlikni oshirish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish;
Majburiyatlarning (joriy va uzoq muddatli) oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni doimiy nazoratini yo‘lga qo‘yish;
Xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov layoqatini ta’minlash yuzasidan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining muddatini o‘tkazib yubormaslik;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish;
Xo‘jalik subyektining foydasini rentabelligini oshirish;
Aktivlarni qayta baholash, haqqoniy baholash, ularning optimal tarkibini shakllantirish choralarini ko‘rish;
Moliyaviy salohiyatda o‘z mablag‘lari hissasini oshirish choralarini ko‘rish;
Boshqaruvning sifat menejmentini yo‘lga qo‘yish;
Kadrlar masalasiga muhim e’tibor qaratish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |