Antropogen sabablar. Antropogen sabablarga avvalombor, atmosferadagi issiqxona gazlari, asosan, qazilma boyliklar yonishini hosil qiluvchi CO2 konsentratsiyasining ortishi kiradi. Bu issiqxona samarasini kuchaytirishga olib keladi. Boshqa sabablari-aerozol zarrachalari chiqindisi, oʻrmonlarning kesilishi va yoʻq qilinishi, aholining oʻsishi va boshqalar.
Issiqxona samarasi Yer atmosferasida issiqlik tarqalishini ushlab qoladi. Issiqxona samarasini barchamiz kuzatganmiz: issiqxona va bugʻxonalardagi havo harorati tashqariga nisbatan hamisha baland boʻlgan. Yer shari masshtabida ham xuddi shunday, atmosferadan oʻtuvchi quyosh energiyasi Yer yuza qismini isitadi, lekin Yerdan tarqalgan issiqlik energiyasi yana koinotga chiqib ketolmaydi, Yer atmosferasi uni ushlab qoladi, bugʻxonadagi polietilenga oʻxshab harakat qiladi, ya’ni u Yerning yuzasiga tarqaladigan Quyoshdan qisqa yorugʻ toʻlqinlar chiqaradi. Issiqxona samarasi atmosferada yer gazi mavjudligidan yuzaga keladi, ular uzun toʻlqinlarni ushlab qolish xususiyatiga ega. Ular “bugʻxona” yoki “issiqxona” gazlari nomini olgan.
Issiqxona gazlari atmosfera tashkil topganidan buyon uncha katta boʻlmagan miqdorda (0,1%ga yaqin) ishtirok etadi. Bu miqdor hayot uchun zarur boʻlgan Yerning issiqlik balansi yashash uchun qoʻllab turish uchun yetarli. Bu tabiiy issiqlik samarasi deb ataladi. Agar u boʻlmaganida Yer yuzasining oʻrtacha darajasi 30oS ga kam boʻlardi, ya’ni hozirgidek +14oC emas, balki -17oC boʻlar edi. Tabiiy issiqlik samarasi na Yerga, na insoniyatga tahlika solmaydi, issiqxona gazlarining umumiy miqdori tabiatning koʻz ilgʻaydigan tevarak-atrofi hisobiga issiqxona gazlari bir meʻyorda tutib turadi, koʻproq bizning hayotimiz uning zimmasidadir.
Atmosferada issiqxona gazlari konsentratsiyasining ortishi issiqxona samarasining kuchayishiga olib keladi va Yerning issiqlik muvozanatini buzadi. Aynan shu keyingi ikki yuz yillikda taraqqiyot rivojida aks etdi. Koʻmir elektrstansiyalaridan, avtomobillardan, zavod quvurlari va boshqa inson tomonidan bunyod etilgan qator ifloslantiruvchi manbalar yiliga atmosferaga 22 milliard tonnaga yaqin issiqlik gazi chiqaradi.
Qanday gazlar “issiqxona gazlari” deyiladi?
Bu turning eng ommalashganlaridan biri suv bugʻidir (N2O), karbonat angidrid gazi (CO2), metan (CN4) va gangitadigan gaz yoki azotning oksidi (N2O). Bu issiqxona gazlarining toʻgʻridan-toʻgʻri harakatidir. Ularning katta qismi organik yonilgʻining yonishi jarayonida hosil boʻladi.
Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri harakatlanuvchi issiqxona gazlarining yana ikki guruhi boʻlib, bular galouglerodlar va geksoftorli oltingugurt (SF6) lardir. Ularning atmosferaga chiqishi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari (elektronika va sovutgich asboblari) bilan bogʻliq. Ularning atmosferadagi miqdori deyarli kam, ammo ularning issiqxona samarasiga va global isish potensialiga CO2 ga nisbatan oʻn ming barobar kuchlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |