2. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari Yerning global iqlimi, mikroiqlim, mahalliy iqlim haqida ma’lumot



Download 31,35 Kb.
bet5/11
Sana29.01.2023
Hajmi31,35 Kb.
#905018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqlim ozgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu

Okean oqimi va iqlim. Okeanlar oqimi dengiz yuza qismida va atmosfera sirkulyatsiyasi taqsimlanishiga ta’sir oʻtkazib, dengiz usti turli keskin harorat tartibini yaratadi. Okean oqimlari barqarorligi atmosferaga iqlim mazmunini beradi. Golfstrim Shimoliy Atlantikaning sharqiy qismi va Gʻarbiy Yevropa iqlimiga iliq ta’sir oʻtkazadi. Sovuq oqimli rayonlar uzra tumanlar tushishi, masalan, Nyufaundlend oroli yaqinidap Golfstrim ning iliq suvi Labrador oqimining sovuq suviga qoʻshilib ketishi kuchayadi. Passatli zonadagi sovuq suvlarda konveksiyalarga barham beriladi va bulutlilik keskin kamayadi. Bu, oʻz navbatida, qirgʻoq boʻylaridagi choʻllarning barpo boʻlishi omillaridan biridir. Iqlimga qor va oʻsimliklar qoplamining ta’siri. Qorli qatlam (muzlik) tuproqning iliqligini yoʻqotishni kamaytiradi va uning haroratini tebrantiradi. Yuqori qatlami kunduzi quyosh radiassiyasini aks ettiradi va kechasi nurlanish bois sovutadi. Shu bois u yer qatlami havosi darajasini tushiradi. Bahorda qor qatlami erishiga atmosfera bilan kurashadigan iliq havo koʻp sarflanadi: shu sababli havo harorati eriyotgan qor qatlami 0 darajaga yaqin boʻladi. Qor qatlamining erishi tuproqni namlik bilan toʻyintiradi va yilning iliq mavsumlari iqlim tartibiga katta ta’sir etadi.
Quyuq oʻt qoplami sutkalik tuproq harorat amplitudasini kamaytiradi va uning oʻrtacha haroratini tushiradi. Natijada u havoning sutkali harort amplitudasini kamaytiradi. Oʻrmonlar yogʻingarchiliklarni koʻpaytiradi, yuza qismining gʻadir-budurligi oqibatida iqlimga murakkab ta’sir oʻtkazadi.
Yerning iqlim tizimi atmosfera, okeanlar, quruqlik, kriosfera (muz va qor qatlami) va biosferani oʻz ichiga oladi. Bu ierarxik qismlardan iborat tizim bir qator koʻrsatkichlari bilan izohlanadi, jumladan, havo harorati, atmosfera yogʻinlari, tuproq va havo namligi, qor va muzlar qoplamasining holati, dengiz sathi va boshqalar. Shu bilan birga iqlim tizimini murakkabroq tavsiflash mumkin: atmosfera havosi va okeanlardagi global sirkulyatsiyaviy oʻzgarishi, ekstremal meteorologik holatlarning qaytarilishi va kuchi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining areallari. Meteorologik oʻlchamlarni kenglik boʻyicha va vaqt davomida taqsimlanishini Yer kurrasida lokal(mahalliy) iqlimni belgilaydi. Koʻpincha “oddiy” koʻrsatgichdagi kichik oʻzgarishlar “murakkab” oʻzgarishlarga olib keladi, bu esa oʻz navbatida iqlim oʻzgarishini bildiradi

Download 31,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish