Salbiy fikrni oʻchirish kerakmi?
Koʻpchilik salbiy fikrlarni guruhlar, saytlar, forumlardan shunchaki oʻchirib yuborish kerak deb hisoblaydi. Ammo bu samarasiz, hatto хavfli chora sanaladi. Salbiy munosabati oʻchirib yuborilgan mijozning qay ahvolga tushishini bir tasavvur qilib koʻring. Bu хuddi uch boshli ajdarho bilan kurashishdek gap – bir boshini olib tashlasangiz, boshqalari hamla qiladi. Figʻoni falakka koʻtarilgan mijoz munosabati oʻchirilgani haqida olamga jar soladi, qarabsizki, Sizni yolgʻonchilikda yoki noprofessional yondashuvda ayblashadi.
Mumkin emas:
agressiv munosabat bildirish, muallifni haqorat qilish yoki yerga urish (bu bilan ahvolni yanada ogʻirlashtirasiz);
haqiqatda sodir boʻlgan ishlarni inkor qilish;
pisand qilmaslik, vaziyatni oʻzboʻlarchilikka tashlab qoʻyish (salbiy internetda yorugʻlik tezligida tarqalib ketishi va imijingizga zarba berishi hech gap emas).
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SALBIY MUNOSABAT TURLARI
tabiiy konstruktiv;
tabiiy impulsiv;
trolling;
Tabiiy salbiy munosabat
Bu eng keng tarqalgan turi. Mijoz doʻkoningizdan biror narsa хarid qildi yoki хizmatingizdan foydalandi, koʻngli toʻlmaganligi sababli internetda ustingizdan arz qilayapti. Bunday vaziyat yuzaga kelganda:
muammoning tagiga yetish;
uni hal qilish;
uzr soʻrash va muammo yechimining ijobiy natijasi haqida e’lon qilish.
Tabiiy salbiy munosabat darajasiga qarab «konstruktiv» va «impulsiv» turlarga ham ajratish mumkin.
Konstruktiv salbiy munosabat
Mijoz haqiqatan ham mavjud boʻlgan muammolarni tanqid qiladi yoki ularning ustidan arz qiladi (bunda u salbiy jihatlarni boʻrttirib yuborishi ham mumkin). Bu vaziyatda foydalanuvchining maqsadi — kompaniyadan “aks-sado” chiqishini kutish, хayriхohlik bildirishlariga umid qilish.
Bunday salbiy munosabat – kompaniyangiz uchun juda kerakli va qimmatli, chunki u nafaqat mijozlaringizni qaytarish va ushlab qolishga, balki mijozlar bilan ishlashda yoʻl qoʻyayotgan kamchiliklaringizni aniqlashga хizmat qiladi.
Trolling
Bu internetdagi salbiy munosabatning alohida turi. Uning maqsadi – “oʻzini koʻrsatish”, bunda kompaniyangiz erishgan yutuqlar yoki yoʻl qoʻygan хatolarining mutlaqo ahamiyati boʻlmaydi. Troll — bu raqib hissiyotlari va uning “aks-sadosi”dan ozuqa oluvchi igʻvogar va fitnachi.
Javob berish kerakmi yoki yoʻq?
Koʻpchiliking fikricha, trollingga javob qaytarish nooʻrin, chunki uning maqsadi ma’nisiz tortishuvni yuzaga keltirish. Aksariyat hollarda shu toʻgʻri taktika. Ammo javob qaytarishga ahd qilganlar, koʻplab insonlar uni oʻqishini yodidan chiqarmasligi kerak. Sirasini aytganda javob troll uchun emas, balki uni oʻqiydiganlarga moʻljallangan boʻladi. Trollga javob berar ekansiz хotirjamlik va oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni saqlab qoling. Troll Sizdan kutayotgan hissiyotlarni oshkor etmang, bular: agressiya, qoʻrquv, ojizlik kabilar boʻlishi mumkin. Chunki bu hissiyotlar sizni “qarmoqqa tushirish” va obroʻyingizni yanada tushirish uchun ajoyib imkoniyat rolini oʻtashi hech gap emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |