Ikkinchi sharti-planetaning yulduz atrofida doira shaklida yoki shunga yaqinroq holatda harakatlanishi kerak, chunki bu harakatda planetaga doimo bir xilda energiya oqimi kelib turadi.
Uchinchi sharti-doimiy intensiv holatda yorug‘lik bilan ta’minlanib turishi. Bu shart ham asosiy shartlardan hisoblanadi, chunki planetaga keladigan yorug‘lik energiyasi bir tekis bо‘lmaydi. Energiya oqimining meyorsizligi haroratning о‘zgarib turishi hayotning paydo bо‘lishi va rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi. Chunki tirik organizmlarning yashashi uchun ma’lum bir doimiy harorat zarur. Aytib о‘tish kerakki tirik organizmlarning 80-90% suvdan iborat. Hayotning harorat chegaralari suvli muhitda yanada muhim.
Yuqoridagi barcha shartlarga yer planetasi javob berar edi. Shunday qilib, 4,5 mlrd yil oldin yerda kosmik, planetali va ximiyaviy sharoitlar mavjud edi.
Hayot tushunchasining ta’rifi. Hayot va uning paydo bо‘lishi eng aktual, shu bilan birga eng qiyin muammolardan biridir. Bu muammolarni ijobiy hal etish uchun, avvalo, hayot о‘zi nima degan muammoni hal etish zarur.
Fridrix Engels birinchi marta hayot muammosiga ilmiy tomondan yondoshgan. U XIX asrning ikkinchi yarmida tabiiyot fanlarida tо‘plangan yutuqlarni e’tiborga olib, о‘zining «Tabiat dialektikasi» hamda «Anti-Dyuring» degan asarlarida hayotning mohiyati va paydo bо‘lishi haqida vjoyib fikrlarni bayon etgan. Engelsning qayt qilishicha, hayot tirik materiya harakatining alohida formasidir. Tirik materiyaning sifat jihatdan о‘ziga hosligi shundan iboratki, u oqsillardan tuzilgan bо‘lib, atrofni о‘rab olgan tabiat bilan moddalar almashinuvi orqali doim munosabatda bо‘lib turadi. Qayd qilinganlarni e’tiborga olib, «Tabiat dialektikasi» asarida Engels hayotga quyidagicha ta’rif bergan: «Hayot-oqsil jismlarining yashash usulidar, ularni qurshagan tashqi tabiat bilan bо‘ladigan tо‘xtovsiz moddalar almashinuvi bu usulning muhim momentidir, zero mazkur almashinuv tо‘xtashi bilan hayot ham tо‘xtaydi, bu esa oqsilning buzilishiga olib keladi». Hayotga berilgan ikkinchi ta’rifda tirik tabiatning о‘z-о‘zini yangilash jarayoniga e’tibor berilgan. «Hayot-oqsil jismlarining yashash usulidir. Bu yashash usuli esa о‘z mohiyati bilan mazkur jismlarning kimiyaviy tarkibiy jismlarining doimo о‘z-о‘zini yangilab turishidan iboratdir». Engels hayotga bergan ta’rifining uch tomonini ta’kidlab о‘tish kerak. Bular birinchidan, о‘lik tabiatdan farq qilib, hayot oqsil jismlar bilan uzviy bog‘liq. Ikkinchidan, hayot doimiy sodir bо‘ladigan moddalar almashinuvi jarayoni, о‘z-о‘zini yangilash jarayoni bilan va nihoyat, uchinchidan, hayot oqsil jismlar tashqi muhit bilan doimo aloqada, bog‘liq ekanligidadir. Aks holda moddalar almashinuvi tо‘xtab, oqsillar parchalanishi yuz beradi. Bu ta’rif 80 yil ilgari berilgan edi. Bu davr ichida biologiya fani yanada rivojlandi. Keyingi 30 yil davomida ayniqsa organik ximiya, bioximiya, biofizika, ekologiya, genetika va boshqa tabiiy fanlar sohasida ulkan yutuqlarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |