2 Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларни малакасини ошириш институти, 2020 йил, 424 бет



Download 9,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/352
Sana20.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#686165
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352
Bog'liq
Профессионал

“Шуни билгинки, таълим - тарбия 
билан шуғулланувчи инсон ўзи тарбия кўрмаган бўлса, бошқаларни тарбия қила олмайди. 
Агар сен ўз фуқаронгни тарбияламоқчи бўлсанг, аввал ўз руҳингни яхшилашдан бошла. 
Мабодо ўзгалар айбини бартараф этишни ихтиёр этсанг, бундан олдин ўзингни нуқсон ва 
иллатлардан тозалашинг зарур. Ахир, кўзи ожиз киши қандай қилиб кўрга йўл кўрсата 
олади?” 
мазмунида айтилган насиҳатномасини ҳар бир илмий раҳбар ҳар лаҳза ёддан чиқармаслиги 
лозим.
Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Мирзиёев Ш.М. “2017-2021 йилларда Ўзбекистон республикасини ривожлантиришнинг 
бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони. 
2017 й. 7 феврал. 
2. Заир-Бек С.И. Развитие критического мышления на уроке: пособие для учителей 
общеобразовательных учреждений. – М.; Просвещение, 2011. 
3. Тагаев Х. У. К. Толипов. Педагогические основы совершенствования творческой личности. 
Методическое пособие. Институт средств обучения Российская академия образования. – 1993. 
4. Шарипов Ш.С., Муслимов Н.А. Техник ижодкорлик ва дизайн. Ўқув қўлланма. – Тошкент: 
ТДПУ; 2007. 206 б. 
 


310 
О‘QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA О‘RGATISH 
 
Ulug`murodova Xolbuvi Xudoyberdiyevna
Guliston shahar 8-umumiy o`rta ta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi 
 
АННОТАЦИЯ 
Ushbu maqolada o'quvchilarini mustaqil fikrlashga, muammolarni mustaqil ravishda hal qila bilishga 
o'rgatish ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so`zlar: mustaqil fikrlash, demokratik muhit, ongli faoliyat, umuminsoniy axloq normalari. 
АННОТАЦИЯ 
В статье утверждается, что обучение студентов самостоятельному мышлению, 
самостоятельному решению задач является важным фактором повышения эффективности обучения. 
Ключевые слова: независимое мышление, демократическая среда, сознательная деятельность, 
универсальные моральные нормы. 
ANNOTATION 
The article argues that teaching students independent thinking, independent problem solving is an 
important factor in increasing the effectiveness of learning. 
Key words: independent thinking, democratic environment, conscious activity, universal moral norms. 
О‘quvchilarni bugungi kun talabi asosida tarbiyalash eng muhim vazifalardan biridir. Bunday 
murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda ustoz-murabbiylar o‘rni beqiyosdir. Aynan ta'lim sohasida 
iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikning 
birinchi yillaridan boshlab ta'lim sohasi davlat siyosatining ustivor sohasiga aylandi. 
O‘quvchilarda mustaqil fikr shakllanmasa ular hayotdagi har xil muammolar yechimini topa 
olmaydilar, ularda mustahkam e'tiqod ham shakllanmaydi.
Buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda mustaqil fikrlovchi yoshlarga bo‘lgan talab davr 
taqozosidir. Chunki shaxsiy dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi 
muvaffaqiyatlarga erishishga qodir bo‘ladilar. Respublikada olib borilayotgan davlat siyosatining bosh 
omillaridan biri ham mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashga ega, iqtidorli, barkamol shaxslarni kamol 
toptirish va tarbiyalashdir. Zero, o‘zgalar fikriga qaram bo‘lish, turli yot mafkuralarga ergashish 
psixologiyasi jamiyat ma'naviyatini tanazzulga olib kelishi shubhasizdir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
da ko‘rsatib o‘tilganidek, demokratik jamiyatda inson erkin va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalanishi 
zarur.
Mustaqil fikrlash borliqni, voqelikni idrok etish usuli sifatida tafakkur jarayonining mahsuli sanaladi. 
U aqliy faoliyat bilan chambarchas bog'liqdir. Fikrsiz inson yaratish va o‘sishga qodir bo‘lmagan o‘lik 
jussaga aylanadi.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson mustaqil fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar 
bolalar erkin fikrlashni o'rganmasalar, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. 
Ammo bilim o'z yo'liga mustaqil fikrlash ham katta boylikdir. 
O'quvchilarni mustaqil fikrlashga, erkin tafakkur yuritishga imkon bermaydigan eng yomon illat 
o'quv jarayonida o'qituvchining «hukmronlik» rolining ijro etishligidir. 
O'quvchining mustaqil fikrlashidan qanoatlanilmasa uning shahdini bo'g'ib, boshqacha usulda 
mushohada qilishga majburlashning nafidan ko'ra zarari ko'proq. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi 
o'rtasidagi munosabatda demokratik muhit bo'lmasa bola erkin, mustaqil fikrlay olmaydi. Shuning uchun 
o'quvchilarga munosabatlarda ezgu insonparvar yondoshuvga amal qilish lozim. Bular: 
- o'qituvchi va o'quvchi huquqida tenglik darajasi;
- bolaning erkin tanlash huquqi; 
- xato qilish huquqi; 
- shaxsiy nuqtai nazar huquqi; 


311 
- bolalar huquqi konvensiyasiga rioya qilish. 
O'quvchilarni erkin, mustaqil fikrlashga o'rgatish bir kunda yoki bir soatlik dars davomida amalga 
oshirilmasdan, balki yillar davomida bosqichma-bosqich turli omillar ta'sirida amalga oshiriladigan 
jarayondir. 
O'quvchilarini mustaqil fikrlashga, muammolarni mustaqil ravishda hal qila bilishga o'rgatish ta'lim 
samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Modomiki, shunday ekan, ta'lim jarayonini shunday tashkil 
etish kerakki, toki o'quvchilar bilim olish bilan birgalikda, ta'lim jarayonining ob'ekti bo'lib qolmasdan, balki 
o'qituvchining teng hamkoriga aylansin.
Zero, mustaqil, ongli faoliyat yuritadigan insongina o'z xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini 
uddalay oladi va har qanaqa yot ta'sirlarga berilib ketmaydi, inson degan ulug' nomga munosib ish ko'radi. 
Shuningdek, mustaqil fikr yuritadigan inson o'z-o'zini anglaydi, o'zining hatta-harakati va odamlar bilan 
munosabatiga tanqidiy baho bera oladi, umuminsoniy axloq normalariga rioya etadi, mustahkam e'tiqodga 
ega bo'ladi. 
ADABIYOTLAR 
1.
Sаyidаxmedov N. Yangi pedаgogik texnologiya mohiyati vа zаmonаviy loyihаsi. – T.: Tа’lim 
mаrkаzi, 1999.
2.
Sаliyevа Z. Pedаgogikа kollejlаri o‘quv jаrаyonigа tа’limiy texnologiyalаrni tаtbiq etish. – T.: 
“Fan va texnologiya” nаshriyoti,2009.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish