PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV-USLUBIY ISHLARNI
TAKOMILLASHTIRISH
J.МАТCHANOV
Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Instituti katta o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi.
Telefon:+998971561985
E-mail: javlonbek-1985@mail.ru
M.МАТCHANOV
Toshkent davlat transport universiteti magistranti.
Telefon:+998999674987
E-mail: mkmatchanov@gmail.com
Аnnоtаtsiya.
Ushbu maqolada professional ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy jarayonini takomillashtirirshga
bag’ishlangan. Maqolada bugungi kundagi professional ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish maqsadida
o‘quv-uslubiy ishlarni ilmiy asosda tashkil qilishda zaruriy omillar,ularni joriy qilishdagi muammolar
asoslash va o‘quv-uslubiy ishlarni rivojlantirish jarayonlari boyicha so‘z borgan.
Таyan so‘zlar:
Professional ta’lim, ta’lim sifatni tavsifi, o‘quv-uslubiy ishlar, kasbiy kompetentsiya va ularni
rivojlantirish.
Аннотация.
Данная статья посвящена совершенствованию учебно-методического процесса в
профессиональных образовательных учреждениях. В статье рассматриваются необходимые факторы
в организации учебно-методической работы на научной основе с целью повышения качества
образования в современной системе профессионального образования, проблемы их реализации и
процесса развития воспитательной работы.
202
Ключевые слова:
Профессиональное образование, описание качества образования, учебно-
методического работы, профессиональных компетенций и их развития.
Annotation.
The article is devoted to improving the educational and methodological work of the process in
vocational education institutions. The article discusses the necessary factors of educational and
methodological work on a scientific basis in order to improve the quality of education in the modern system
of vocational education, the problems of their implementation and the process of developing educational
work in the organization.
Key words:
Professional education, description of the quality of education, training methods, professional
competencies and their development.
Professional ta’lim tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ta’limning bu turi xususiyatlariga malakali
kasb berilishi, kadrlar tayyorlanishi sifati va miqyosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat bozorining talablari ostida
amalga oshirilishi, shakllantirilayotgan malaka va ko‘nikmalarning ko‘p jihatdan amaliyligini kiritishimiz
mumkin. Professional ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni yangi yo‘nalishlarda tashkil qilish bugungi
kunda alohida ahamiyat kasb qiladi. Bu borada ta’lim jarayonni tashkil qilish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
7-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim
tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son qarorlari bilan
sharoit yaratildi, endilikda esa, ushbu sharoitdan samarali foydalanish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy
qilish zarur. Professional ta’limda zarur va dolzarb deb qaralgan masalalarga pedagog kadrlarni tanlash va
tayyorlash, ularni malakasini oshirish, professional standartlarni bugungi kun talablaridan kelib chiqib
yaratish va takomillashtirish, ularni joriy etish, moddi texnik bazani yagilash va ularning normativ asoslarini
yaratish, umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarini qamrab olishda raqobat muhitini shakllantirish kabilar
kiritilgan. Bu masalani hal etilishiga uzliksiz yangi innovatsion usul va uslublar asosida yondashib borish,
ta’lim sifatini yaxshilash, mehnat bozori talablari darajasiga ko‘tarish, sifat va uning nazorati mexanizmini
takomillashtirish va har bir ta’lim muassasasida to‘g‘ri o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ta’lim
jarayonining nazorati, ayniqsa ta’lim berishda sifatning nazoratini amalga oshirish ko‘p jihatdan uslubiy
ishlarning qay darajada rejalashtirilganligi va amalga oshirilganligiga bog‘liq.
SHundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, ta’lim jarayonining takomillashtirish yoki innovatsion
amalga oshirilishi bevosita uni tashkil qiluvchilar, ya’ni pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasiga, bu
esa o‘z navbatida ularning uslubiy jihatdan qay darajada tayyorgarligi masalalariga borib taqaladi.
Pedagoglarning kasbiy kompetentligi ta’lim oluvchilar sifat darajasini belgilar ekan, sifat - ta’lim ob’ekti va
sub’ektining murakkab xususiyatlarni jam etuvchi tushuncha deb hisoblashimiz mumkin. Aynan ta’limning
sifati jamiyatdagi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, shu bilan birga, bilim olishga intilish va madaniyatga
asoslangan holdagi shaxsning salohiyatini ochib beradi. SHu o‘rinda, ta’limni sifati yuqorida
ta’kidlanganidek muhim ko‘rsatkichlarni o‘zida jam qilar ekan, shunga qaramasdan unga aniq va
umumqabul qilingan yondashuv mavjud emas. Bunday holatni kelib chiqishiga: birinchidan, sifat
tushunchasi ko‘p jihatli ekanligi va bu jihatlarda bir xillilik mavjud emasligi sabab bo‘lsa; ikkinchidan,
ta’lim ishtirokchilari (davlat, jamiyat, ta’lim beruvchi va oluvchi va boshqalar) bu tushuncha haqida turli
qarashlarga ega, shunga asoslanib ularda turli ehtiyoj va talablar mavjud,
Bunday yondashuvlar o‘z navbatida sifatni nazorat qilish jarayoniga va mexanizmiga ham ta’sir
ko‘rsatadi. CHunki bunday mexanizmni o‘rnatilishi maqsadi va olingan natijalarni talqin etilishida
ishtirokchilar tomonidan bir xil qarashlar bo‘lishi darkor. [5]
Professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilish muammosi
ko‘pincha darsda vaqtdan unumli foydalanishdan, guruhdan tashqari tadbirlardan va o‘quvchi-
tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi. Pedagogik jarayonni ilmiy
asosda tashkil etish mazmuni ancha keng bo‘lib, unga avvalo, xodimlarning malakasi, qobiliyati va
qiziqishlarini xisobga olgan holda, ularni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va ularning
203
malakasini oshirishda qo‘llanilayotgan usullari tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta’lim tarbiya
jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi. Unda pedagogik ish rejani, muassasaning kunlar,
haftalar, oylar va choraklar bo‘yicha ish tartibini takomillashtirish, pedagoglar kengash majlislarini, ilmiy-
uslubiy va pedagogik xarakterdagi konferensiyalar, yig‘ilishlar kabi tadbirlarni o‘tkazish va bu ishni
mohirona rejalashtirish hamda boshqarishni takomillashtirish nazarda tutiladi. Mehnatni ilmiy asosda tashkil
etish: boshqaruvchilik, pedagogik va o‘quvchilar mehnatini tartibga solishga, mehnat qilish uchun qulay
sharoitlarni yaratish va ularni takomillashtirishga, shu asosda kuchlar, moddiy vositalarni hamda vaqtni
mumkin qadar tejab eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. Fan yutularini va ilg‘or tajribani
o‘qituvchilarning ishga doim singdirib borish jarayoni, o‘qituvchi mehnati samaradorligini oshirish ham
pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish hisoblanadi.
Professional ta’lim muassasalari uslubiy ishlar samarasini ta’minlashda moddiy-texnik baza va
pedagoglar salohiyatining ta’siri beqiyosdir. Qayd etilganlarning shakllanmaganligi ta’lim sifatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishini anglab etganmiz. Lekin bugungi kunda tashkilotlar tomonidan e’tibordan chetda
qolayotgan yana bir omil bu–tashkiliy madaniyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |