TA’LIMJARAYONIDA “AUKSION” METODIDANFOYDALANISH
I.N.Ziyayev, K.X.Annakulov
(ToshkentPolitexnikatexnikumi)
Annotatsiya
Ushbu maqola o‘yinli o‘qitish texnologiyalariga asosida “AUKSION” o‘qitish metodining
qo‘llanishi va samaradorligi yoritilgan bo‘lib, bugungi kun sharoitida masofaviy ta’lim, mustaqil ta’lim, o‘z-
o‘zini o‘qitish va baholash metodlarining o‘rni va samaradorligi haqida yozilgan.
Аннотация
В данной статье описывается применение и эффективность метода обучения «АУКЦИОН»
на основе игровых технологий обучения, дистанционного обучения, самостоятельного обучения,
самообучения в современных условиях, роль и эффективность методов оценки.
Annotation
This article describes the application and effectiveness of the method of teaching "AUCTION" on the
basis of game-based learning technologies, distance learning, independent learning, self-learning in today's
conditions, the role and effectiveness of evaluation methods.
Kalit so‘zlar:
metod, uzviylik, texnologiya, pedagogika, mustaqil ta’lim, masofaviy ta’lim, axborot
texnologiyalari, o‘yinli texnologiya, globallashuv.
142
Ключевые слова:
метод, членство, технология, педагогика, самостоятельное обучение,
дистанционное обучение, информационные технологии, игровые технологии, глобализация.
Key words:
method, membership, technology, pedagogy, independent learning, distance learning,
information technology, gaming technology, globalization.
Yangi ta’lim metodlarini ishlab chiqarish munosabatlarida uzluksiz ta’lim va tarbiya muassasalari
jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey, professional ta’lim muassasalari hamda oliy
ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya jarayoni kasbiy tayyorgarlikning uzviy shakllanishiga ta’sir etishi tabiiydir.
Ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish bilim oluvchilarda matn bilan
mustaqil tanishish, uni analiz qilish va qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu esa o‘z navbatida
an’anaviy ta’lim samaradorligiga ko‘ra ancha yuqori ko‘rsatkichlarni kafolatlaydi.
Ta’lim metodlarining puxtaligi, nomurakkabligi, samaradorligi, vaqt tejamkorligi va asosiysi
universalligi ulardan ta’lim jarayonida foydalanishda ko‘zlagan maqsadga yetishish hamda kerakli natijaga
erishishni kafolatlaydi. Bu borada “AUKSION” metodi ham o‘zining universalligi bilan farqlanadi. Mazkur
ta’lim metodi o‘yin texnologiyasi elementlarini o‘z ichiga olib, asosan professional ta’lim va oliy ta’limda
bilim oluvchilarining mustaqil ta’lim olish, berilgan ma’lumotni tahlil qilish hamda o‘z-o‘zini baholashda
muhim rol o‘ynaydi.
O’yinli texnologiyalarga asoslangan “AUKSION” metodini qo‘llashda bilim oluvchilar quyidagi
kompetensiyalarga ega bo‘ladilar:
Ma’lumotni masofadan turib uzatish va unga ega bo‘lish;
Adabiyotlar qidirish va ulardan kerakli ma’lumot olishning osonlashuvi bilan birga o‘quvchining
ko‘proq vaqtini o‘z ustida ishlashga ajratilishi;
Tarmoqda mavjud ma’lumotlardan kerakli hulosa chiqarish;
Butun dunyo axborot – resurs markazlaridan foydalanish imkoniyati;
Jahon miqyosidagi yangiliklardan va fanga doir kashfiyotlardan sanoqli daqiqalarda xabardor bo‘lish va
hokazo…
Mеhnаt fаоliyatidаn аjrаlmаsdаn tа’lim оlishning erkin jаdvаl аsоsidа tаshkil etish;
O’qish vаqti vа sur’аtini erkin vа mustаqil bеlgilаnishi;
Intеrаktiv tеstlаr yordаmidа o‘quv mаtеriallаrini to‘g’ri o‘zlаshtirishini nаzоrаt qilinishi.
O’quv yurtlarida ta’lim tizimini informatsion texnologiyalar orqali takomillashtirish quyidagi
maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim:
kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minotini rivojlantirish, o‘quv muassasasida uning tarmog’ini
vujudga keltirish;
axborot bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega kadrlarni
ko‘paytirish.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo‘yicha oliy pedagogik o‘quv yurtlari oldida quyidagi
vazifalarni ko‘rsatishimiz mumkin:
1)
Umumiy o‘rta va professional ta’lim tizimi sohasida:
o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qo‘shimcha
tayyorgarlikni tashkil etish;
o‘quvchilar bilimini muntazam nazorat qilish;
o‘quvchilarni masofadan turib mavjud resurslardan informatsion texnologiyalar vositasida
foydalanishga o‘rgatish;
professional ta’lim tizimi uchun elektron o‘quv-metodik bazani shakllantirish.
2)
Oliy ta’lim sohasida:
foydalanish mumkun bo‘lgan texnologiyalarning didaktik asoslarini aniqlash;
masofaviy o‘qitishning metodikasini yaratish;
zamonaviy axborot texnologiyalari asosidapedagogik kadrlarni tayyorlash;
masofaviy o‘qitishning o‘quv metodik hamda tashkiliy ishlarini amalga oshirish.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, hozirgi zamon globallashuv sharoitida axborot
143
texnologiyalari vositasida kadrlar tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Zero, kundalik hayotimizda,
iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda va hayot faoliyatimizning barcha sohalarida axborot
texnologiyalaridan keng foydalanishimiz muqarardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |