196
jarayonining sub`yekti bo`lishi kerak, ya`ni oqish, o`rganish, muomala qilish o`quvchi zimmasiga o`tishi
kerak.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida bunyodkorlik ishlariga qodir barkamol avlodni voyaga yetkazish,
ulardan kelajakda jamiyatda o‘z o‘rniga ega munosib shaxslar shakllanishi masalasiga alohida e’tibor
qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Toshkent shahrida
tashkil etilgan 2012-yil 16-17 fevral’ kunlaridagi “Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni
tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti”
mavzusida xalqaro konferensiya mazmun-mohiyatini amaliyotga joriy etish jamiyatimiz kun tartibidagi
bosh masalalardan biridir.
O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish,
fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda
tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk,
texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy
fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan
asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi
yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, rivojlantirish va hayotga
joriy etishdir. Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning
taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Ilm- ma`rifat e`zozlangan, ta`lim-tarbiyaga
birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida o`ylash hech kimning
hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma`rifat insonni yuksaklikka ko`taradi. Ta`lim-tarbiyaga birinchi
darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg`urish mamlakat va xalq istiqbolini o`ylash demakdir. Ta`lim
to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada
Ta`lim to`g`risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko`p
bo`lgani yo`q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi Respublika
ta`limida nimalar o`zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Avvalo, ta`lim
taraqqiyotining...adhalarida ko`zalagan bosh maqsad Respublika ta`limini o`sib kelayotgan yosh avlod
ta`lim-tarbiyasini milliy istiqlol g`oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo`yayotgan
XXI asr ta`limini taraqqiyot, ma`naviy-madaniy qarashlar ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga
javob bera oladigan darajada bo`lishini ta`minlashdir. Shu maqsadlarni amalga oshirish yo`lida bajaradigan
dastlabki tshkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko`rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta`lim
muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay`ati
majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta`lim muassasalarida,
ota-onalar, aholi o`rtasida keng tushuntirildi. Ta`limga oid me`yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta`lim
standartlari, talablari, o`quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me`yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki
qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta`lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish
joiz: «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha
aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya
olishiga bog‘liq…» (Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch». T.: «Ma’naviyat» 2008., 61-
bet. Ta’lim texnologiyasi (natija sifatida) didaktik jarayonning ilmiy loyihasi (tasnifi, modeli)dan iborat
bo‘lib, uning qayta tiklanishi pedagogik amallarning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: