Elеktr mаydоn yordаmidа tоzаlаsh. Bu usul elеktrоfiltrlаrdа аmаlgа оshirilаdi. Elеktrоfiltr-lаrning ishlаshi chаngli gаzlаrni yuqоri kuchlаnishli elеktr mаydоndаn o’tkаzgаndа zаrrаchаlаr iоnizаtsiya xоdisаsigа uchrаydi, ya’ni uning mоlеkulаlаri mаnfiy vа musbаt zаryadlаngаn zаrrаchаlаrgа аjrаlishigа аsоslаngаndir.
“Gaz-qattiq jism” va “gaz-suyuqlik” fazalaridan iborat turli jinsli gaz sistemalarini ajratish paytida aerozol birikmalar tarkibidan dispers fazaning qattiq zarrachalari yoki suyuqlik tomchilari ajratib olinadi. Ushbu jarayonlar atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish va gaz tashlamalari tarkibida yo’qotilayotgan mahsulot zarrachalarini tutib qolish maqsadlarida amalga oshiriladi. SHu sababdan, mavjud ekologik va texnik talablarga asosan, barcha sanoat korxonalarida, ularning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib, chang tozalash qurilmalari (tizimlari) bo’lishi shart.
Sochiluvchan xom-ashyolarni yanchish, elash va masofaga uzatish kabi bir qator texnologik jarayonlar paytida hosil bo’ladigan gazli aralashma changlar deyiladi. CHang tarkibidagi qattiq modda zarrachalarining o’lchamlari 5÷100 mkm bo’ladi.
Texnologik jihozlarning aspiratsiya tarmoqlaridan chiqayotgan ko’plab miqdordagi chang havoni tozalash tufayli anchagina miqdordagi mahsulotning yo’qotilishi bartaraf etiladi. SHu tariqa xom-ashyodan tayyor mahsulot chiqish foizi ko’payadi va ishlab chiqarish samaradorligi ortadi.
Sanoat korxonalarida chang tozalash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
- og’irlik kuchi ta’sirida cho’ktirish;
- markazdan qochma‚ elektrostatik va boshqa kuchlar maydonida cho’ktirish;
- filtrlash;
- changni namlab tozalash (gazlarni yuvish).
CHang tozalash qurilmalari sifatida chang cho’ktirish kameralari‚ tsiklonlar‚ uyurmali chang ushlagichlar‚ skrubberlar‚ filtrlar‚ rotatsion qurilmalar va elektrofiltrlar ishlatiladi.
Muhandislik amaliyotida chang tozalash jarayonlari ikki va undan ortiq bosqichlarda amalga oshiriladi. Birlamchi bosqichda chang tarkibidagi katta zarrachalar og’irlik kuchi ta’sirida, chang cho’ktirish kameralarida ajratiladi. So’ngra, yakuniy bosqichda, mayda zarrachalar samarador qurilmalarda tutib qolinadi.
CHang tozalash uchun qo’llaniladigan qurilmalar samaradorligi havoni tozalanish darajasi (%) qiymati bilan tavsiflanadi
(19-1)
bu yerda Gb va Gt- dastlabki (chang) va tozalangan gaz aralashmasi (havo) tarkibidagi qattiq jism zarrachalarining miqdoriy sarflari‚ kg/sek; Vb va Vt- birlamchi chang va tozalangan havoning hajmiy sarflari‚ m3/sek; xb va xt- changdagi va tozalangan havodagi zarrachalar kontsentratsiyasi‚ kg/m³.
Turli jinsli gaz sistemalarini ajratish jarayonlarining nazariy asoslari XVIII bobda bayon etilgan.