1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan?A.)
shudring, yanga, dengiz B) shtanga, ko`ngil, sherenga C) shudring, singil, kongress D) menga, dengiz, singil
2 …gapirmasinmi? Ushbu so'zda urg'u qaysi bo'g'inga tushadi?
A) uchinchi bo’g’inga B) ikkinchi bo’g’inga
C) beshinchi bo’g’inga D) to’rtinchi bo’g’inga
3. Og'zaki nutqning tovush tizimini o'rganuvchi bo'lim ... A) fonetika B) grafika
C) orfografiya D) orfoepiya
4. a yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga qaysi qo'shimcha qo'shilsa a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi?
A) -sh B) -v C) -t D) -moq
5. Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?
A) shu'la, ba'zan B) qat'iy, jur'at C) Is'hoq, as'hob D) mo'jiza, mo'tadil
6. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko'ra Is'hoq so'zida ishlatiladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi? A) undoshni cho`ziqroq talaffuz qilinishi uchun B) ikkita jarangsiz undosh yonma yon kelgani uchun C) oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi
D) bu yerda hech qanday vazifa bajarmayapti
7. Yozma nutqning imlo me`yorlarini o'rganadigan tilshunoslik bo'limi ---- A) fonetika B) grafika C) orfografiya D) orfoepiya
8. Morfologik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar qaysi javobda keltirilgan? A) xona, bahor, kitob B) kabutar, stol, meros C) quvnoq, jizza, hissiy D) mexanika, test, ion
9. 1) kav...sh; 2) kib...r; 3) kir...m; 4) lut...f;5) moy... 1.Imlo qoidasiga ko'ra nuqtalar o'rnida i unlisiqo'yilishi kerak bo'lgan so'zlarni belgilang.
A) 1,2,3,5 B) 1,4,5 C) 3,5 D) 1,4
10. Berilgan so'zlarning qaysilarida nuqtalar o'rnida u unlisi yoziladi?
1) junj... kish; 2) juld... r; 3) zug'... m;4) ibratom... z;
A) 1,2,3,4 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,4
11. Sanab sanog'iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida jami nechta tovush o'zgarishi yuz bergan?
A) 2ta B) 3ta C) 4 ta D) 5 ta
12. Sanab sanog'iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida jami necha marta tovush almashinish hodisasi yuz bergan?
A) 2ta B) 3ta C) 4 taD) 5 ta
13. Nuqtalar o'rnida bo'g'iz tovushi yoziladigan so'zlarni toping. 1) xayr ... ohlik; 2) xayr- e... son; 3) hoyu ... avas; 4) mav ... um; 5) ma ... fiy
A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4 C) 1,3,5 D) 1,4
14. Juft so'z imlo qoidasiga ko'ra to'g'ri yozilgan qatorni toping.
A) sa'yi-harakat B) sayi-harakat
C) saiy-harakat D) sa'y-harakat
15. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur sabog'iga izzat-ehtirom bilan qadam qo'ymoq lozim. Ushbu gapda qator undoshli so'zlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta qator undoshli so'z B) 2 ta qator undoshli so`z C) 3 ta qator undoshli so`z D) Qator undoshli so`z berilmagan
16. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so`zni toping. A) taraqqiyot B) tafakkur
C) shovqin D) huquq
17. Bir bo`g`in tarkibida ikki undoshning yonma-yon kelishi qaysi javobda berilgan? A) nimcha
B) puxta C) daraxtlar D) arzimas
18. metall so'ziga qanday qo'shimcha qo'shilganda qo'sh undoshning biri yozilmaydi? A) -l bilan boshlanuvchi qo`shimcha B) unli bilan boshlanuvchi qo`shimcha C) undosh bilan boshlanuvchi qo`shimcha D) barcha javoblar to`g`ri
19. So`zlar tarkibida bo`ginlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishi... deyiladi. A) so’z urg`u B) logik urg`u
C) sintagma D) ohang
20. Fonetik o’zgarish qaysi kelishiklarda uchraydi?
A) chiqish va qaratqich kelishigida
B) o’rin-payt va jo’nalish kelishigida
C) o’rin-payt va tushum kelishigida
D) hammasida uchraydi
21. Shakliy yozuv qoidasi bo’yicha yozilgan so’zlar qaysi gapda berilgan?
A) Qo’lidagi bargni olib bog’ga yugurib ketdi.
B) Ikki yil TashMI ga topshirgan, lekin omadi kelmagan.
C) Toshkentga birga borishimiz kerak.
D) Jinnimisan, Farg’onaga poezd qatnamaydi.
22. Bir bor ekan bir yo’g’akan, qadim zamonda chol va kampir bo’lgankan.Ularni bitta o’g’li borakan.
Fonetik o’zgarish turi va soni to’g’ri ko’rsatilgan javob qaysi? A) tovush tushishi 2 ta almashishi 1 ta
B) tovush tushishi 3 ta almashishi 2 ta
C) tovush tushishi 4 ta almashishi 2 ta
D) o’zgarish vashe yo’q
23. Quyida berilgan baytda nechta so‘zda ochiq
bo‘g‘in mavjud? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Aniq bilursankim, ilm bepoyon. (Firdavsiy)
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
24. Qaysi javobdagi so`zlarda tovush va harflar soni teng emas?A)Non, buyuk B)Yog`, suv
C)Yosh, tong D) Yurak, ot
25. Aforizmlar boshqa barqaror birikmalardan qaysi jihatiga ko`ra farqlanib turadi? A) she`riy shakliga ko`ra B) nutqiy beqarorligi bilan C) muallifi borligiga ko`ra D) ijobiyligiga ko`ra
26. Qaysi qatorda tasviriy ifoda berilgan? A) po`lat ot B) yashil o`rmon
C) hassa – a`so D) misi chiqdi
27. Ma`nosi bir so`zga teng keladigan so`z yoki so`z birikmalari nima deyiladi? A) barqaror birikmalari B) uyadosh so`zlar C) yordamchilar D) frazeologizmlar
28. O`zbek tili leksikasi deganda nima nazarda tutiladi? A) o`zbek tilidagi so`zlar B) leksikologiya C) tilimizdagi so`zlarning grammatik ma`nolari D) A va B
29. O`zbek tili leksik qatlamining boyish manbaalari qaysilar? A) shevalardan so`z olish B) boshqa tillardan so`z qabul qilish C) yangi so`zlarni yasash D) hammasi to`g`ri
30. Monosemantik so`zlarga qaysilar kiradi? A) atamalar va joy nomlari B) belgini bildiruvchi so`zlar C) miqdor so`zlar D) sifatlar va olmoshlar