Nutq tovushlari tasnifi. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tovushlar ikkita katta guruh – unli va undoshlarga ajratiladi.
Artikulyatsion jihatdan unli tovushlar talaffuzida o‘pkadan chiqib kelayotgan havo hech qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi, undoshlar talaffuzida esa havo oqimi biror to‘siqqa duch keladi.
Unlilarning miqdori va sifati barcha tillarda bir xil emas. Masalan: rus 43-6, frantsuz 21-13, arman 30-6, gruzin 28-5, eston 16-9, ingliz 24-21, o‘zbek 23-6.
Jahon tillarining deyarli barchasida undosh tovushlar unlilardan ko‘p va shu tufayli ularning funktsional xizmati ham kattadir.
2.Ingliz tilidagi so’zlarning farqli tomoni fonema va ritmik guruh haqida tushuncha
Fonema [yunon. phOnema — tovush] — ma’no ifodalovchi tovush, so‘z/ morfemaning ma’nosini farqlashga xizmat qiladigan nutq tovushi;
Chet til qiyinchiliklari nutqda qo‘llanadigan til birliklarining funksional jihatdan, formal (shakl) va semantik (ma’- no) tomonlarini egallashda sodir bo‘ladi. Til birligi yo fu n ksional (tushuncha darajasida, qo‘llanishda), yo formal (yasalishda, strukturada), yo bo‘lmasa semantik (m a’no bildirishda) qiyin bo‘lishi mumkin. Ushbu tomonlarning yagona yaxlit birlikda mujassamligidan q at’i nazar, har biri qiyin yoki oson o ‘rganilishi mumkin. 0 ‘rganiladigan til materiali birliklari metodistlar nuqtayi nazaridan ikkita katta — qiyin va oson toifalarga bo‘linadi. Oson birliklar jumlasiga o‘quvchilar til tajribasidagi til hodisalariga mushtarak (o‘xshash)lari kiritiladi. Mas. ona tili yoki ikkinchi tilda mavjud so‘zlar bilan bir o ‘zakli (intematsional) chet til leksikasini ko‘rsatish mumkin: tennis — tennis, dollar — dollar, biznes — business kabilar; grammatika jabhasida ham oson hodisalar yetarli miqdorda topiladi. Mas. fe’l zamonlarining funksional jihatlari yoki sifatning oddiy darajasi; talaffuz m ateriallari orasida ham anchagina nisbiy o ‘xshashliklar mavjud: [p], [t], [k], [s], [tj] kabi fonemalar. K o‘rsatib o‘tilgan va boshqa til tajribasidagi umumiylik hosil qiladigan hodisalarni metodika tilida potensial til materiali (potensial leksika/grammatika/talaffuz birliklari) termini bilan ifodalash mumkin. 0 ‘quvchilarda ichki imkoniyat, ya’ni tegishli til tajribasi mavjudligi tufayli potensial birliklami kam vaqt sarflab o‘rganishning iloji bor. Potensial hodisalarni ham tasniflash yoki tipologiyalash (toifalashtirish) mumkin
Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farklash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mac, oʻzbek tilida k F.si yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b F.laridan farklanadi. F. qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.
F.ning belgilari farklovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farklovchi belgilariga koʻra, F.lar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. F.lar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, F. farqlanmaydigan, boshqa bir F. bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kucheiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada F. morfema va soʻzlarni farklash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kucheiz pozitsiyada esa F. bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (maye., bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz F.lar kucheiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kucheiz pozitsiyada F.ning variantlari yuzaga chikadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farklovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina F.ga tayangan morfema va soʻzlar juftida F. ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol— chal—choʻl). F.ning mavjudligi yoki yoʻqligi ham morfema va soʻzlarni farqlashi mumkin (darmon—armon, uni—unni).
F.ning farqlovchi belgilari juda xilma-xil, lekin har bir tilda ularning toʻplami cheklangan boʻladi. Mac, rus tilida undoshlarning qattiklik— yumshoklik belgisi farklovchi belgi hisoblansa, oʻzbek va fransuz tillarida bu belgi deyarli ahamiyatsiz, yaʼni farklovchi belgi emas. Muayyan bir F.ni roʻyobga chiqaruvchi barcha tovushlar uning allofonlari (yun. allos — boshqa va ...fon) deyiladi. Ular F.ning variantlari oʻlaroq uning asosiy koʻrinishiga oʻxshamasligi mumkin.
Hozirgi termin maʼnosidagi "F." tushunchasi, shuningdek, fonologiya nazariyasi birinchi marta 19-asrning 70—80 yillarida ruspolya k til shu nosi Boduen de Kurtene tomonidan ishlab chiqilgan. F.fonologiya va morfonologiyaiing oʻrganish obʼyektidir. Fonema tovushlarni farqlashga xizmat qiladigan jihatlar
Fonologik sathda tipologik tadqiqot olib borilganda qiyoslanayotgan tillarning nafaqat fonemalar tarkibidagi o‘xshash va farqli tomonlari, balki bu tillar fonologik sistemasining tuzilish prinsiplaridagi farqli va o‘xshash tomonlari ham inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada A.A.Reformatskiy (1970, s.510) shunday yozadi: “Biz ona tili va o‘rganilayotgan tillarning alohida ajratilgan tovushlarini emas, balki sistemadagi butun bir fonetik kategoriyalarni qiyoslaganimizda, har bir fonetik sistemaning o‘ziga xos xususuyatga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu hodisa har bir tilning asosiy xususiyatlaridan biri – idiomatik xususiyatga, ya’ni har bir tilning takrorlanmas individual sistema ekanligidan dalolat beradi. Idiomatiklik grammatikaga ham, leksikaga ham xos bo‘lish bilan bir qatorda fonetikaga ham xosdir. Bu xususiyat esa har bir tilning o‘ziga xos milliyligini ta’minlaydi”.
Haqiqatdan ham, tilning idiomatik xususiyati fonetikada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |