2. Fonetik birliklar haqida umumiy tushuncha



Download 189,17 Kb.
bet5/13
Sana03.06.2022
Hajmi189,17 Kb.
#632854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2. Fonetik birliklar haqida umumiy tushuncha

Undosh fonemalar.
Rus tili undoshlar sistemasi ingliz tili undoshlar sistemasiga qaraganda anchagina murakkabdir. Chunki unda oppozitsiyaning soni ko‘proq kuzatiladi.Ungliz tilida undosh fonemalar soni 24 tani tashkil qilib, ular jaranglilik-jarangsizlik, hosil bo‘lish usuli, hosil bo‘lish o‘rni, artikulyatsion organi, shovqin va ovozning ishtiroki kabi belgilar asosida farqlanadi.
Bundan tashqari, qattiqlik va yumshoqlik xususiyatiga ko‘ra taqqoslash rus tili undoshlariga xosdir. Bunda palatilizatsiya semantik ma‘no kasb etadi. Chunki so‘z o‘z tarkibida yumshoq yoki qattiq undoshga ega bo‘lishiga ko‘ra turli ma’no anglatadi. Masalan: пыл – пыль, кон-конь, трон-тронь.
Palatilizatsiyaga uchragan undoshlarning mavjudligi rus tili fonetik sistemasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Undoshlarning palatilizatsiyaga uchrashi ingliz tiliga xos emas. Ko‘rib chiqilayotgan tillarda undosh fonemalarni taqqoslashdan kelib chiqib, har bir tilda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan fonemalar mavjud ekanligini xulosa qilish mumkin. Ular quyidagilardir: ingliz tili uchun ð, , h, w, d, ŋ; rus tili uchun ц, х, р. Ingliz tili undoshlarining asosiy farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu sо‘z oxirida kelgan undoshning qanday talaffuz etilishidadir. Ingliz tilida so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlar o‘zlarining jaranglilik xususiyatini yuqotmaganligi bilan rus tili jarangli undoshlaridan farq qiladi. Qiyoslang: ingliz tilida bed [bed], big [big]; rus tilida столб [столп], зуб [зуп].
So‘z oxirida kelgan jarangli undoshning noto‘g‘ri talaffuz qilinishi ma’no buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan: feet [fi:t]- oyoqlar va feed [fi:d]- ovqatlantirish; neat [ni:t] – ozoda va need [ni:d] – muhtoj bo‘lmoq; dog [dog] – kuchuk va dock [dok] – dok.
Ingliz tili jarangsiz undoshlari so‘z oxirida ham o‘z xususiyatlarini yuqotmaydi. Ingliz tilidagi m, n, ŋ burun sonor tovushlari rus tilidagi м va н tovushlariga qaraganda anchagina jarangliroqdir. Ayniqsa so‘z oxirida qisqa unlidan keyin kelgan paytda, ular cho‘ziqroq talaffuz qilinadi, masalan: [roŋ:], [soŋ:], [dΛn:], [dim:]. Qisqa unlidan keyin kelgan ikkinchi jarangli undosh jarangliligicha qoladi: [soŋ:z], [iŋ:z], [sΛm:z], lekin зонд [зонт], ринг [ринк].
Ingliz tili undoshlarining yana bir farqli tomonlaridan biri rus tilida т, д, н, л undoshlari til orqa–tish holatida talaffuz etilsa, ingliz tilida m, d, n, l undoshlari tanglay oldi holatida talaffuz etilishidadir. Shunday qilib, taqqoslanayotgan tillarning undosh fonemalar sistemasi o‘rtasida universal belgilarga nisbatan ko‘proq farqli belgilarga ega ekanliklarini ko‘ramiz.
Fonologik sathda tipologik tadqiqot olib borilganda qiyoslanayotgan tillarning nafaqat fonemalar tarkibidagi o‘xshash va farqli tomonlari, balki bu tillar fonologik sistemasining tuzilish prinsiplaridagi farqli va o‘xshash tomonlari ham inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada A.A.Reformatskiy (1970, s.510) shunday yozadi: “Biz ona tili va o‘rganilayotgan tillarning alohida ajratilgan tovushlarini emas, balki sistemadagi butun bir fonetik kategoriyalarni qiyoslaganimizda, har bir fonetik sistemaning o‘ziga xos xususuyatga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu hodisa har bir tilning asosiy xususiyatlaridan biri – idiomatik xususiyatga, ya’ni har bir tilning takrorlanmas individual sistema ekanligidan dalolat beradi. Idiomatiklik grammatikaga ham, leksikaga ham xos bo‘lish bilan bir qatorda fonetikaga ham xosdir. Bu xususiyat esa har bir tilning o‘ziga xos milliyligini ta’minlaydi”.
Haqiqatdan ham, tilning idiomatik xususiyati fonetikada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Download 189,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish