Oshlovi moddalar yoki tanidlar.O’simliklar tarkibida oshlovchi moddalar yoki tanninlar deb ataladigan birikmalar ko’p uchraydi. Bular molekulyar massasi 500 dan 3000 gacha bo’lgan polioksifenol birikmalarning geterogen gruppasidan iborat. Xom teri ana shu moddalar bilan oshlansa, suv va bakteriyalarga chidamli bo’lgan pishik va elastik holatga keladi. Shuning uchun ular oshlovchi moddalar deb ham yuritiladi. Oshlovchi moddalar suvda va spirtda yaxshi eriydi. Ular o’simliklarning bargi va tanasidagi g’urra va shishlarda ko’p to’planadi. Oshlovchi moddalar ko’p o’simliklarning, jumladan, eman, akastiya, okkayin, kashtan, tol kabi daraxtlar pustlog’ida, shovul, rovoch va zanjovul kabi o’simliklar ildizida ko’p tuplanadi. Ular tarkibidagi fenol halkalar tipiga va ularning uzaro bog’lanishiga karab ikki guruhga bo’linadi.
Polisaxaridlar – murakkab uglevodlar bo’lib, oksil va yog’lar kabi muhim ahamiyatga ega va keng tarkalgan organik birikmalar.Ular hayvon va o’simlik organizmi uchun zaur birikmalar hisoblanadi.
Organik kislotalar.Organik kislotalar o’simliklar tarkibida uchraydigan boshqa muhim birikmalar — uglevodlar va oksillar kabi juda keng takalgan moddalar hisoblanadi. Ular o’simliklarning hamma kismida: urug’i, bargi, ildizlarida, gulida va mevalarida uchraydi. Nordon mevalar tarkibida organik kislotalar erkin holda va kisman nordon tuzlar sifatida uchraydi. Ba’zi o’simliklar bargida, masalan, rovoch, otkulokning barglarida va poyasida erkin organik kislotalar yoki ularning nordon tuzlari ko’p to’planadi. O’simliklarning turli kismlarida uchraydigan organik kislotalar mikdori bir xil emas. Urug’da ular 0,5% ga yakin bulsa, barg va mevalarda 8—12% ni tashkil kiladi. Ular ayniksa loviya doni, tamaki bargi, limon mevasi tarkibida ko’p tuplanadi.
Efir moylari.Ko’pchilik o’simliklar uzidan xushbuy hid tarkatish xususiyatiga ega. Bunday hidni efir moylar deb ataladigan va tarkibida 5, 10, 15, 20 ta uglerod atomi bo’lgan birikmalar tutuvchi moddalar tarkatadi. Efir moylar, odatda, maxsus hujayralar yoki hujayralar tuplamida hosil buladi. Bunday hujayralar butun o’simlik buylab diffuziya holda tarkalgan ayrim bez xujayralaridan yoki ko’pincha barg va poyani koplab oladigan bezli tukchalardan iborat. Bunday hollarda efir moylar hujayralarda bir yoki bir necha tomchi sifatida tuplanadi. Masalan, karag’ay daraxtidan ajratib olinadigan smola daraxt pustlaridagi smola yullarini koplab olgan hujayralarda hosil buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |