XIX asr oxirida bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisini (E. Kelbs va F. Lyoffler), qorin tifi (K. Ebert va G. Gaffki), qoqshol (A. Nikolayev va S. Kita- zato), dizenteriya (A. V. Grigoryev) va boshqa qo‘zg‘atuvchilar aniq- landi. 1874-yili Qozon universiteti professori T. N. Minx qaytalama tif bilan kasallangan bemor qonini o‘ziga yuborib tajriba o‘tkazdi. U kasallik qon so‘ruvchi hasharotlar orqali tarqaladi, degan taxminni aytdi. Ikki yildan so‘ng O.O. Mochutkovskiy Minx tajribasini takrorladi. O‘ziga toshmali va qaytalama tif bilan kasallangan bemorning qonini yuborib, Minx tomonidan aytilgan taxminni, ya’ni qo‘zg‘atuvchining bemor qonida uchrashini isbotlab berdi.
D. I. Ivanovskiy (1864—1920) tamaki bargining mozaik kasalligini o‘rganadi va bu kasallikni mayda agentlar keltirib chiqaradi, degan fikrga keldi. Olimning bunday fikrga kelishi sababi, u kasallangan tamaki bargidan tayyorlangan suyuqlikni mayda filtrdan o‘tkazib, sog‘lom o‘sim- likka yuborganda, uning zararlanishini misol qilib ko‘rsatdi. Bu infeksion kasalliklarning virus tabiatligini isbotlovchi birinchi ishlardan edi.
«Mikrobiologiya» fanining rivojlanish tarixini shartli ravishda, bir qancha davrlarga bo‘lish mumkin. Morfologik davr, bu davrlarda mikroorganizmlarning morfologiyasi (A. Levenguk) o‘rganildi. Fiziologik davr L. Paster, R. Kox ishlari bilan bog‘langan. Immunologik-viru- sologik davrda immunitet va virusologiya nazariyasiga asos solindi.
Rus olimi I.I. Mechnikov (1845—1916) «Mikrobiologiya» fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Olim immunitet nazariyasini, ya’ni organizm yuqumli kasalliklarga berilmasligida to‘qimalarning himoya roli haqidagi nazariyani yaratdi. U organizmning ayrim hujayralari (leykotsitlar, taloq hujayralari, suyak ko‘migi va boshq.) begona moddalar, bakteriyalarni ushlab olish va hazm qilish xossasiga ega ekanligini tushuntirib berdi.
Bunday hujayralarni fagotsitlar (phago — yutaman, cytos — hujayra), bu jarayonni esa fagotsitoz deb atadi. Yallig‘lanishni o‘rga- nishda fagotsitoz asos bo‘lib hisoblanadi. I. I. Mechnikov aytganidek, fagotsitoz kasallik chaqiruvchi mikroblar organizmga kirganida, orga- nizmning faol reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Olimning faoliyati keng va ko‘p qirralidir. U organizmning qarish sabablarini aniqlagan va inson hayotini uzaytirish yo‘llarini qidirgan. U ichakda yashovchi chi- rituvchi mikroorganizmlar ta’sirida hosil bo‘lgan zaharli moddalar organizmni zaharlaydi, deb tushuntiradi. Buning oldini olish uchun chirituvchi mikroblarga antagonistik ta’sir ko‘rsatuvchi sut achitqi bakteriyalarini ichakka yuborishni tavsiya etadi. Ichak mikroflorasining bunday o‘zgarishi natijasida chirituvchi zaharlar odam organizmiga kamroq ta’sir qiladi va inson hayoti uzayadi.
Hozirgi vaqtda isbotlanishiga ko‘ra, ichakning doimiy florasini o‘zgartirish mumkin emas, lekin I.I. Mechnikovning bir turdagi mikroblarning boshqa mikroorganizmlarga ta’siri xususidagi fikrlari yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklardan foydalanish imko- nini beradi. Olim vabo, qorin tifi va sil qo‘zg‘atuvchilarini o‘rgandi. U 1886-yili Odessada birinchi bakteriologik stansiyani tashkil qildi va mikrobiologlar maktabini ochdi. Uning yaqin yordamchisi va shogirdi A.M. Bezredkoning (1868—1940) immunitet muammolari va anafi- laksiya haqidagi ishlari amaliyotda keng qo‘llaniladi. L. A. Tarasevich (1868—1927) ham Mechnikovning shogirdlaridan biri, u immunitet va anafilaksiya mexanizmi ustida ishlar olib borgan. Epidemiyaga qarshi kurashda yaxshi tashkilotchi bo‘lib, sil va ichak infeksiyasiga qarshi emlash ishlarini olib borgan. U 1918-yilda zardob va vaksinalarni nazorat qiluvchi institutni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |