1.Mavzu: Mikrobiologiya va epidemologiya asoslari haqida tushuncha,uning maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi.
Reja:
1. Mikrobiologiya va epidemiologiya asoslari fanining vazifalari.
2. Fanning rivojlanishida o’z xissasini qo’shgan olimlarni.
«Umumiy mikrobiologiya» darsligi uch qismdan iborat bo‘lib, umumiy mikrobiologiya — mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixi, mikroorganizmlar tasnifi, morfologiyasi, polimorfizmi, ultrastruk- turasi, fiziologiyasi, tashqi muhit omillarining ta’siri, tabiatda tarqalishi, bakteriofaglar, antibiotiklar, ularning genetikasi, infeksiya va immunitet tushunchalari, allergiya va anafilaksiya hodisasini; xususiy mikrobiologiya — har bir yuqumli kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarning barcha xossalari, shu kasallikka tashxis qo‘yish usullari va kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini; sanitariya mikrobiologiyasi — tashqi muhitda uchraydigan mikroorganizmlar va ularning odam organizmiga ta’sirini o‘rganadi.
Mikrobiologiya — biologiyaning bir bo‘limi bo‘lib, mikroorganizmning tashqi muhit bilan bog‘liqligi va uning rivojlanishini o‘rganadi. Bu fan mikroorganizmlarning xossalarini, shuningdek, ular chaqiradigan kasalliklar va tashqi muhit obyektlarida mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan jarayonni o‘rganadi. Mikroorganizmlarning foydali xossalari ham bo‘lib, ulardan xalq xo‘jaligida keng foyda- laniladi.
Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan, ular suvda, tup- roqda, odam va hayvon organizmida uchraydi. Ayrim mikroorganizmlar yordamida tabiatda moddalar almashinuvi (organik chiqindi- larning mikroorganizmlar ta’sirida noorganik moddalarga aylanishi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi) sodir bo‘lsa, boshqa mikroorganizmlar esa odam va hayvon organizmida kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Mikrobiologiya keng qamrovli bo‘lib, o‘z navbatida, bir qancha mustaqil fanlarga bo‘linadi. Umumiy mikrobiologiya — mikroblarning tuzilishi, hayoti, tabiatda tarqalishi, o‘zgaruvchanligi va irsiy belgi- larning berilishini o‘rganadi. Tibbiyot mikrobiologiyasi — organizmda kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni hamda ular orga- nizmga kirganda, yuzaga keltiradigan jarayonlarni o‘rganadi. Tibbiyot mikrobiologiyasining vazifasi — yuqumli kasalliklarni aniqlashning laboratoriya-diagnostika usullarini, immunobiologik tibbiyot prepa- ratlarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarning oldini olish chora- tadbirlarini belgilashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |