2. Fanning rivojlanishida o’z xissasini qo’shgan olimlarni. «Umumiy mikrobiologiya»


Hozirgi vaqtda tibbiyot mikrobiologiyasi



Download 75,99 Kb.
bet2/5
Sana05.07.2022
Hajmi75,99 Kb.
#741031
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Hozirgi vaqtda tibbiyot mikrobiologiyasi:

  • virusologiya (viruslar haqidagi fan);

  • protozoologiya (sodda jonivorlarni o‘rganadi);

  • mikologiya (zamburug‘larni o‘rganadi);

  1. Veterinar mikrobiologiya (hayvon organizmida kasallik chaqiruv- chi mikroorganizmlarni o‘rganadi. Bu fan tibbiyot mikrobiologiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Chunki ko‘pgina mikroorganizmlar odam va hayvonlar organizmida kasallik qo‘zg‘atadi.)

  2. Sanoat mikrobiologiyasi (oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan oziq-ovqat va boshqa moddalarni mikroorganizmlar ta’siridan himoya qilishda antibiotik va boshqa dorivor moddalardan foydalanishni o‘rganadi) fanlari bilan uyg‘un amalga oshiriladi.

«Agromikrobiologiya» — tuproq tuzilishi va uning hosildorligini oshirishda, mikroblarning roli va ahamiyati haqidagi fan. Inson mikroorganizmlar ochilishidan oldin ular bilan to‘qnash kelgan. Xamir oshirishda, sutni ivitishda, uzum sharbatini achitishda achitqilardan foydalangan. Insoniyatga azaldan ma’lumki, ayrim kasalliklar butun shahar va qishloq aholisini o‘limiga sabab bo‘lgan.
Qadimgi yunon shifokori Gippokrat yuqumli kasalliklar va alohida kasallik tug‘diruvchi bug‘lar haqida yozib qoldirgan va ularni «miazmalar» deb nomlagan.
Shunday fikrlar italiyalik shifokor Jirolamo Frakastoro (XVI asr) tomonidan ham bildirilgan, u «tirik, mayda va bizning sezgi a’zolari- mizga mushkul bo‘lgan zarrachalar» odam organizmiga kirib, kasallikni keltirib chiqarishi haqidagi nazariyani yaratadi.
Yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik organizmlar ekanligi haqidagi fikrni XVII asr boshlarida Afanasiy Kirxer aytib o‘tadi.
Bunday taxminlarni gollandiyalik tabiat- shunos Antoni van Levenguk (1632—1723) to‘liq isbotlab beradi. U qavariq linzalardan 160 marta kattalashtirib ko‘rsatuvchi mikroskopni yaratadi. U mikroskop yordamida turib qolgan yomg‘ir suvlarini, tish qirindilarini va boshqalarni ko‘rib, rasmini chizgan holda ularni tirik mavjudotlar, deb nomlaydi. U o‘z kuzatuvlarining rasmlarini Londonga, qirollik jamiyatiga jo‘natadi. Shundan boshlab, mikrobiologiyaning morfologiya qismiga asos solindi va mikroorganizmlar sharsimon, tayoqchasimon, buramali shakllar sifatida o‘rganilib kelinmoqda.
1771—1772-yillarda harbiy shifokor Daniil Samoylovich Moskvada toun (chuma) epidemiyasini alohida organizm keltirib chiqaradi, degan xulosaga keladi. U birinchi bo‘lib, toun bilan kasallangan bemorning kiyimlarini dezinfeksiya qildi. Kuchsizlantirilgan o‘lat mikrobi bilan sog‘lom odamni va bemorlar bilan kontaktda bo‘lganlarni emladi. Emlash kasallikning oldini olishda qo‘llanilishi, odamlar ishonchini qozondi. Sun’iy emlashda kasallik yengil o‘tadi yoki odam umuman kasallanmaydi.
Chechak kasalligi ko‘pchilikning yostig‘ini quritdi. 1723-yilda Parijda chechakdan 20000 kishi, Neapolda 1768-yilda 16000 kishi bir necha hafta ichida hayotdan ko‘z yumgan. Angliyalik shifokor Eduard Jenner chechak bilan kasallangan odamlarni aniqladi. Bu hol ko‘pincha sut sog‘uvchilarda kuzatildi. Ular chechak bilan kasallangan hayvonlarni sog‘ganlarida, sigir chechagi bilan bilmagan holda zararlanganlar. Bu tekshirishlar 10 yil davom etadi.
1796-yili Jenner sog‘lom bolani sigir chechagining yiringli ajralmasi bilan emladi. 1,5 oydan so‘ng shu bolaga chechak bilan kasallangan bemor materialidan yubordi. Bola kasallanmadi. Shundan boshlab, chechakka qarshi emlash boshlanib, millionlab kishilar o‘limining oldi olindi.
Oradan bir necha yillar o‘tgach, Levenguk organizmlarda yuqumli kasalliklar kelib chiqishida tirik mavjudotlarning hech qanday aloqasi yo‘q, degan fikrni ilgari suradi.
XIX asrga kelib, fransiyalik olim Lun Paster (1822—1895) yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida mikroorga- nizmning ahamiyati va ularga qarshi kurash usullarini ilmiy asoslab berdi. L.Paster kimyogar bo‘lib, u mikroorganizmning yashash muhitinigina emas, balki muhitning kimyoviy tarkibini ham o‘zgartirish xossasiga ega ekanligini isbotlab berdi. U bijg‘ish va chirish jarayoni mikro- organizmlar ta’sirida borishini asosladi.
Paster tomonidan kislorodsiz sharoitda yashaydigan mikroorga- nizmlar (anaeroblar) aniqlangan. Uning muhim xizmatlaridan bin, tirik organizmlarda moslanish o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmasligini isbotlab berishi bo‘ldi. Bu muammo uzoq vaqtdan beri ko‘pgina olimlar boshini qotirib kelar edi. Paster o‘z tajribasida oziqa muhitlariga mikroorganizmlar faqat havo orqali tushishini ko‘rsatadi. Buning uchun S shaklidagi kolbada qaynatilgan oziqa muhitni ancha vaqtgacha ochiq qoldirgan, natijada u tiniq (steril) qolgan, chunki havodan tushgan mikroblar kolbaning bo‘g‘ziga cho‘kib, muhitga tushmagan. Bundan tashqari, Paster Fransiya iqtisodiyotiga katta zarar ko‘rsatayotgan ipak qurtlariga va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kurash choralarini ham topdi.
Fan tarixida birinchi bo‘lib, Paster mikroorganizmlarni yuqori harorat ta’sirida yo‘qotish usulini ishlab chiqdi, bu usulni sterilizatsiya deyiladi. Qaynatganda o‘z xossasini yo‘qotadigan oziq-ovqat mahsulot- larini sterilizatsiya qilishdan «yumshoq» usulda pasterilizatsiya qilishni taklif etadi. U vabo qo‘zg‘atuvchisini saqlovchi kulturadan kuchsizlan- tirilgan vaksina tayyorlaydi va tovuqlarni shu vaksina bilan emlaydi. 1885-yili Paster quturishga qarshi vaksina taklif qiladi.
Nemis olimi Robert Kox (1843—1910) mikroorganizmlarni o‘sti- rishda alohida koloniya va sof kulturani ajratib olishda zich oziqa muhitni amaliyotda qo‘lladi. R. Kox birinchi bo‘lib, mikroorganizm­larni bo‘yashda anilin bo‘yoqlarni qo‘llashni, mikroskopda ko‘rayot- ganda yoritgichdan foydalanishni, immersion ko‘rishni, rasmga olishni taklif qiladi. U 1882-yilda sil qo‘zg‘atuvchisi (Kox tayoqchalari)ni va 1883-yilda vabo qo‘zg‘atuvchisini aniqladi.

Download 75,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish