2. Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]



Download 32,24 Kb.
Sana01.04.2022
Hajmi32,24 Kb.
#523067
Bog'liq
PF-5667 22.02.2019




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;

2.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini demokratlashtirishga, innovatsion texnologiyalarni joriy etishga, inson salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratishga, aholining farovonlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shunday bir sharoitda muayyan sohadagi vaziyatni sifat jihatidan o‘zgartirish hamda ilg‘or xorijiy va mahalliy nazariy-metodologik vositalardan foydalanish asosida uni rivojlantirish vazifalarini davom ettirish xususida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishning sifat jihatidan yangi va zamonaviy tadqiqot amaliyotini shakllantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro amaliyot va mamlakatimiz tajribasi sotsiologik tadqiqotlarni ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida o‘tkazish jarayonida nohukumat tashkilotlarning salohiyatidan yanada kengroq foydalanish va shu maqsadlarda davlat buyurtmasini sifatli bajarish, aholini mazkur jarayonga faolroq jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jamoatchilik fikrining tizimli monitoringini ta’minlash hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida uning natijalaridan foydalanish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida:
1. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi muassislari yig‘ilishining uni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (keyingi o‘rinlarda “Ijtimoiy fikr” markazi deb yuritiladi) etib qayta nomlash taklifiga rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar “Ijtimoiy fikr” markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) quyidagilarda:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida, davlat va jamiyat qurilishida — demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada kuchaytirishga, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar;
sud-huquq sohasida — qonun ustuvorligini ta’minlashga va inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga yo‘naltirilgan islohotlar;
iqtisodiyotda — uning raqobatbardoshligini oshirishga, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, liberallashtirish va diversifikatsiya qilishga, davlatning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish sifatini aniqlash va o‘rganishga, xususiy mulkchilik huquqlarini ishonchli himoya qilishga yo‘naltirilgan islohotlar;
ijtimoiy sohada — aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga, uning bandligini ta’minlashga, real daromadlarini oshirishga va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, madaniyat, san’at, sport, ilm-fan va boshqa yo‘nalishlarning sifatini oshirishga, davlatning yoshlarga oid siyosatini va arzon uy-joylar qurish dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini bajarishga yo‘naltirilgan islohotlar;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, shuningdek, tashqi siyosat sohalarida — mamlakat mudofaa qobiliyatini, fuqarolar o‘rtasida va dinlararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashga, tashqi siyosat sohasidagi faoliyat samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar to‘g‘risidagi jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahlil qilish;
b) fuqarolar dunyoqarashini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlarini, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, huquqiy ongi holati va mazmunini belgilash, aholining siyosiy, huquqiy madaniyati darajasini o‘rganish va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
v) ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holati va dinamikasi to‘g‘risida, aholining ijtimoiy fikri haqida ishonchli axborotni tarqatish;
g) xorijiy tadqiqotchilik amaliyotida faol foydalaniladigan va zamonaviy axborot yondashuvlariga tayanadigan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish texnikasi va texnologiyalarini ishlab chiqish, moslashtirish, tatbiq etish va ularning keng usullarini qo‘llash, jamoatchilik fikrini o‘rganish metodologik asoslarini tahlil qilish va takomillashtirish.
3. “Ijtimoiy fikr” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining:
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan Ta’sischilar kengashi tomonidan har yili ma’qullanadigan sotsiologik tadqiqotlar rejasiga muvofiq sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish tartibini saqlab qolgan holda “Ijtimoiy fikr” markazining rahbar va ilmiy xodimlariga budjet mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlari va shartlarini, Markazning boshqa xodimlariga esa O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub muassasalar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini tatbiq etish;
“Ijtimoiy fikr” markazini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga har yili “Ijtimoiy fikr” markazining buyurtmanomalariga ko‘ra markazning asosiy vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni ko‘zda tutish tavsiya etilsin.
4. “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilish va ular bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish amaliyotga joriy etilsin.
Belgilansinki, “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari ommaviy axborot vositalari, markaziy davlat telekanallari, bosma nashrlar va Markazning veb-saytida doimiy yoritib borilishi zarur.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ijtimoiy fikr” markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sotsiologik so‘rovlar yakunlarini yoritish maqsadida “O‘zbekiston 24” telekanalida doimiy faoliyat yuritadigan “Ijtimoiy fikr” (“Obщestvennoye mneniye”) maxsus rukni tashkil etilishini ta’minlasin.
5. 2019-2020-yillarda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazini uskunalar, texnika va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ijtimoiy fikr” markazining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan uskunalar, texnika va boshqa vositalarni, shuningdek, ushbu Dasturda keltirilgan xorijiy ilmiy va maxsus adabiyotlarni xarid qilishga mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda:
“Ijtimoiy fikr” markazini zarur aloqa vositalari, jumladan hukumat aloqasi bilan, Internetga keng polosali ulanishini ta’minlasin hamda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda video anjumanlar, internet-forumlar va teleko‘priklarni o‘tkazishda zarur texnik yordam ko‘rsatsin;
“Ijtimoiy fikr” markaziga telefon va Internet tarmog‘i orqali ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mamlakatimiz hayotining boshqa yo‘nalishlariga doir dolzarb joriy masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida blits-so‘rov o‘tkazish uchun call-markazini tashkil etishda amaliy va texnik yordam ko‘rsatsin;
“Ijtimoiy fikr” markazining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni monitoring va tahlil qilish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi”, “Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazi” (telefon raqamlari 10-00, (0800) 210-00-00) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining axborot tizimlari faoliyatiga doir statistik va boshqa axborotlardan foydalanishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda, zamonaviy usul va yondashuvlar asosida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishni tashkillashtirish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda “Ijtimoiy fikr” markaziga ko‘maklashsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab “Ijtimoiy fikr” markazining buyurtmanomalariga ko‘ra respublikadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tishi uchun mazkur Markazga muntazam yuborilishini ta’minlasin;
respublikadagi tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini ochish choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
9. “Ijtimoiy fikr” markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasini tashkil etish hamda quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy mezonlar metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarda, mamlakatimiz sotsiologiya hamjamiyatining intellektual va ilmiy-texnik salohiyatini yuksaltirishda ishtirok etish, shu jumladan ijtimoiy tajribalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritish;
O‘zbekistonda va xorijda demografik jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishga ko‘maklashish;
sotsiologlar va boshqa xodimlarning malakasini oshirish;
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga sotsiologiya fanidagi eng yangi yutuqlarni va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha ular bilan hamkorlik qilish;
xalqaro va xorijiy sotsiologlar assotsiatsiyalari bilan hamkorlik qilish, sifatli sotsiologik ishlarni, shu jumladan xorijda o‘tkazish maqsadida konsorsium tashkil etish;
Xalqaro sotsiologlar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish, butunjahon sotsiologik kongresslar va forumlarda ishtirok etish.
10. “Ijtimoiy fikr” markazi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, moliya, iqtisodiyot va sanoat, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi byulletenlari va kundalik ma’lumotlari to‘plami;
xorijiy matbuot sharhlari va ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid tahliliy ma’ruzalari majburiy jo‘natiladigan reyestrga kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2020 va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Ijtimoiy fikr” markazining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra Markaz va tashkil etiladigan O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi binolarida ta’mirlash-tiklash ishlari va ularni texnik o‘qitish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha loyihalar kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
12. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.J. Xadjayev va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimovga — sotsiologik so‘rovlar natijalarining ommaviy axborot vositalari, markaziy davlat telekanallari va bosma nashrlarda muntazam yoritib borilishi uchun;
vazirliklar, idoralar, boshqa davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga — “Ijtimoiy fikr” markaziga uning vazifalarini samarali amalga oshirishda har tomonlama va to‘liq ko‘maklashish uchun shaxsan javobgar ekani ko‘rsatib o‘tilsin.
[OKOZ:

1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi PF-1791-son Farmonining 2.1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
bir oy muddatda “Ijtimoiy fikr” markazini mazkur Farmonga muvofiq uning nomi o‘zgartirilganini va ustuvor vazifalari belgilab olinganini hisobga olgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
tashkil etilayotgan O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin, ustav organlarini shakllantirishda unga har tomonlama ko‘maklashsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-fevral,
PF-5667-son


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 06/19/5667/2648-son)

Download 32,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish