Aim.Uz
2-dars
Fan: Tasviriy san`at
Sana:
Mavzu: Rassomning ish qurollari
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga tasviriy san`at darsida rasm chizishda ishlatiladigan jihozlar haqida, ulardan foydalanish va xavfsozlik qoidalari haqida tushuncha berish.
2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning qo`l motorikasini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash, ko`rsatmali
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Tasviriy san`at turlari ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Tasviriy san`at bizga nimalarni o`rfatadi?
Tasviriy san`at turlarini sanab bering?
Nima uchun tasviriy san`at bizni go`zallikka undaydi?
O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. So`ng o`qituvchi tomonidan rang-tasvirga , grafikaga, haykaltaroshlikka oida rasmlar k`orsatiladi. O`quvchilar bularning barchasini ko`rib, tushunib nomini aytishlari lozim bo`ladi. O`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. Barcha o`quvchilar diqqati darslikdagi mavzuga qaratiladi.Yangi mavzu”Rassomning ish qurollari” mavzusi rasm va narsalar orqali tushuntiriladi.
Demak, biror narsa rasmini chizsh uchun bizga avvalo ish stoli kerak bo`ladi.Ish stolimiz boshqa stollardan ancha farq qiladi. Bunda qog`ozni mahkamlsh uchun stolning doskasi qiya, yoki bertikal holatda bo`lishi lozim. Shuningdek turli bo`yoqlar uchun maxsusu joy, suv to`ldirilgan idish uchun maxsus joy kerak bo`ladi. Ish stolini tartibli joylashtirgan o`quvchining ishi ham tartibli chiqadi.
Rassom uchun qalam, va turli xil mo`yqalamlar, akvarel bo`yoqlari, guash bo`yoqlar, rangli qalamlar, suv uchun idish, o`chirg`ich, palitra , albom kerak bo`ladi.
Rangli bo`yoqlar bilan ishlash jarayonida o`quvchilar qo`llariga maxsus yengchalar kiyib olishsa yanada yaxshi bo`ladi. Maxsus yengchalar bo`lmaganda, biz doim kiyimlarimizni ozoda saqlashga harakat qilishimiz shart.
Rasm chizshdan avval biror narsaning rasmi tanlab olinadi, uni qora , oddiy qalamda chizb olamiz, so`ng turli xil bo`yoqlar yordamida bo`yab chiqamiz.Har bir rasmni mehr va e`tibor bilan chizganda biz aynan shu rasmni o`xshatishga erishishmiz mumkin. Shuningdek chizsh jarayonida biz ranglarni ham to`g`ri tanlashimiz ahamiyatlidir.
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.
O`quvchilar o`zlarining ish stollarida mavjud narsalarni bir boshdan ko`zdan kechirib, rasm chizsh uchun kerakli ish qurollari bilan tanishib chiqiladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa yana qanday mehnat qurollari borligi va ulardan to`g`ri foydalanishni o`rganib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
1-2-dars
Fan: Jismoniy tarbiya
Sana:
Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida xavfsizlik qoidalari.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga jismoiy tarbiya darslarida xavfsozlik qoidalariga rioyaqilish, jismoniy tarbiya bilanshug`ullanishda gigiyenik qoidalarga amal qilsih haqida tushuncha berish.
2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.
Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. O`quvchilarga avvalo jismoniy tarbiya fani haqida tushuncha beriladi.Insonlar o`zlarining noto`g`ri harakatlari yoki dangasaliklari tufayli turli xil kasallik va tanalarning qiyshayishlariga sababchi bo`lib qolishadi. Aslida inson tanasining noto`g`ri rivojlanayotganligiga e`tibor bermaydi, yoki nima qilishni bilmaydi. Bolalarning sog`lom, baquvvat, chiroyli bo`lib o`sishi uchun maktablarda, turli xil o`quv maskanlariga jismoniy tarbiya darsi fan sifatida kiritilgan.
Biz bu darsni boshlashdan avval jismoniy tarbiya uchun maxsus formalarni kiyishimiz lozim. Chunki makltab formasi buning uchun hoqulayliklar tug`diradi. Maxsus sport kiyimi, oyog`imizga yengil krassovka yoki ketalar kiyishimiz lozim. Tuflilarda jismoniy darsiga chiqiqsh taqiuqlanadi. Chunki dars davomida yugurganimizda oyog`imizdagi sirpanib ketib yiqilamiz va tan jarohatlari olishimiz lozim. Dars davomida tartib-qoidalarga qat`iy rioya qilishimiz kerak:
Maxsusu sport kiyimi kiyish
Yugurish mashqlarida bir-birimizni turtmaslik, itarmaslik
Har doim o`qituvchining ko`rsatmalariga rioya qilish
Yugu`rib kelib suv ichmaslik
Mashqlarni qoidasiga ko`ra to`g`ri bajarish
Yosh xususiyatlariga mos ravishda mashqlar bajarish
Jismoniy tarbiya darsini boshlashdan avval umumrivojlantiruvchimashqlar bajarib olish shart. Chunki bu mashqlarni bajarmasdan turib darsni boshlab bo`lmaydi. Avvalo tanani qizitib olishimiz lozim
Endi esa bir qatorga saflanishni o`rgamnamiz. Qatorga saflanish uchun hamma bo`y-bo`yiga qarab bir qatorga turiladi.Bu esa uzundan qisqaga qarab amalga oshiriladi. O`quvchilarning o`z joylarini esda saqlab qolishlari va bunga har doim amal qilishlari talab qilnadi. So`ng sanoqqa sanaladi. O`quvchilar 1 dan boshlab bir-birlariga sanoqlarni aytishadi va shu aytilgan sanoq uning safdagi o`rni ekanligi tushuntiriladi.
Safda turish bir necha marta takrorlanadi. Keyin o`quvchilar bilan doira bo`ylab o`ng oyoqdan boshlab tekis, qomatni tik tutgan holda yurish mashqlari o`rgatiladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarning har birining qomatini to`g`ri tutishlariga e`tibor qaratadi.So`ng sekin, bir tekisda 2-3 marotaba katordan chiqmasdan yugurish mashqlarini bajaradilar. Har bir o`quvchining tartib-qoidasi o`qituvchining nazoratidan qolmasligi lozim. Tog`ri bajargan o`quvchilar izohli rag`batlantirib boriladi.(2-dars ham shu tartibda olib boriladi)
III. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan “Bir qatorga saflaning”, “Hamma tezda o`z joyiga” harakatli o`yinlari o`ynatiladi va safga turish mashqlari mustahkamlanadi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa qomatni tik tutish va URMlarni tog`ri bajarishni mashq qilib kelish topshiriladi.
Dars yakunlandi.
3-dars
Fan: Tasviriy san`at
Sana:
Mavzu: Chiziqlar va shakllar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga tasviriy san`at darsida rasm chizishda ishlatiladigan chizqlar va shakllar haqida, ulardan o`rinli foydalanish haqida tushuncha berish.
2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning rang-tasvir k`onikmalarini va qo`l motorikasini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi, ko`rsatmali
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Rassomning ish qurollari” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Tasviriy san`at bizga nimalarni o`rgatadi?
Rassom kim?
Rassomning qanday ish qurollari mavjud?
Biz rasm chizishdan avval nimalarga e`tibor berishimiz lozim?
O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. So`ng o`qituvchi tomonidan rang-tasvirga , grafikaga, haykaltaroshlikka oida rasmlar k`orsatiladi. Rang-tasvirda turli xil bo`yoq va rangli qalamlardan, grafikada qora qalamdan, haykaltaroshlikda plastilin, loy va shunga o`xshash narsalardan foydalanishimiz kerakligi aytib o`tiladi. O`quvchilar bularning barchasini ko`rib, tushunib nomini aytishlari lozim bo`ladi. O`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. Barcha o`quvchilar diqqati darslikdagi mavzuga qaratiladi.Yangi mavzu”Chiziqlar va shakllar” mavzusi rasm va narsalar orqali tushuntiriladi.
Demak, biror narsa rasmini chizish uchun qanday chiziqlardan foydalanishimiz kerakligi aniqlanadi. Biz to`gri va qiya chiziqlardan ko`plab narsalarning rasmini chizishimiz mumkin.
Har bir chizilgan rasm mazmuni yoritiladi va ularning hayotda ishlatilishi aytib o`tiladi.
Bundan tashqari biz turli geometrik shakllardan narsalar yasashimiz mumkin. Geometrik shakllarga: uchburchak, to`rtburchak, doira, kvadrat va h.z.lar kiradi.
Tabiatda uchraydigan barcha narsalar geometrik shakla asosida
Yaratilgan. Masalan: Quyosh , yer, oy- doira , shar shaklida.
Qurilayotgan binolar, kitob-daftarlar- to`rtburchak shaklda.
Yo`l chekkasida uchraydigan belgilar uchburchak shakldadir
Rasm chizish jarayonida biz yana to`lqinsimon chiziqlar va
Shakllardan ham foydalanamiz.
Rasm chizsh tartibi yana bir bor o`quvchilarga eslatiladi.
Rasm chizshdan avval biror narsaning rasmi tanlab olinadi, uni qora , oddiy qalamda chizb olamiz, so`ng turli xil bo`yoqlar yordamida bo`yab chiqamiz.Har bir rasmni mehr va e`tibor bilan chizganda biz aynan shu rasmni o`xshatishga erishishmiz mumkin. Shuningdek chizsh jarayonida biz ranglarni ham to`g`ri tanlashimiz ahamiyatlidir.
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.
O`quvchilar albomlariga to`g`ri va to`lqinsimon chiziqlar yordamida o`z tasavvurlari darajasida xohlagan rasmlarini chizishlari mumkin. O`qituvchi o`quvchiloar bilan individual ish olib boradi. Barcha o`quvchilarga imkon darajasida amaliy yordam berib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa sinfda chizayotgan rasmlarini yakunlab kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
4-dars
Fan: Tasviriy san`at
Sana:
Mavzu: Bo`yoqlar va ranglar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga tasviriy san`at darsida rasm chizishda ishlatiladigan bo`yoqlar va ranglar haqida, ulardan o`rinli foydalanish haqida tushuncha berish.
2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning rang-tasvir k`onikmalarini va qo`l motorikasini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi, ko`rsatmali
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Chiziqlar va shakllar” mavzusi yuzasidan ishlangan rasmlar parta oralab tekshiriladi va rag`batlantiriladi.
Tasviriy san`at bizga nimalarni o`rgatadi?
Rassom kim?
Rassomning qanday ish qurollari mavjud?
Biz rasm chizishdan avval nimalarga e`tibor berishimiz lozim?
O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. So`ng o`qituvchi tomonidan rang-tasvirga , grafikaga, haykaltaroshlikka oida rasmlar k`orsatiladi. Rang-tasvirda turli xil bo`yoq va rangli qalamlardan, grafikada qora qalamdan, haykaltaroshlikda plastilin, loy va shunga o`xshash narsalardan foydalanishimiz kerakligi aytib o`tiladi. O`quvchilar bularning barchasini ko`rib, tushunib nomini aytishlari lozim bo`ladi. O`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. Barcha o`quvchilar diqqati darslikdagi mavzuga qaratiladi.Yangi mavzu”Bo`yoqlar va ranglar” mavzusi rasm va narsalar orqali tushuntiriladi.
So`ng o`qituvchi kamalak rasmini namoyish qiladi. Undagi ranglar va ularning nomlari birma-nir aytib o`tiladi. Hayotda qanday ranglar ko`proq uchrashi haqida aytiladi. So`ng tabiatda asosiy 3 ta rang mavjudligi, bular qizil, sariq va ko`k ranglar ekanligi, boshqa ranglar shu 3 ta rangning aralashmasidan hosil bo`lishi aytib o`tiladi.
O`qituvchi tomonidan ranglarning aralshmasi orqali turli xil ranglar hosil bo`lishi ko`rsatiladi. So`ng biz rasm darslarida akvarel bo`yoqlar va guashlardan foydalanishimiz ta`kidlanadi.Ranglar ko`rsatiladi va tabiatda nimalarning rangi aha shunday rangda ekanligi so`raladi va namoyish qilinadi.
Rasm chizshdan avval biror narsaning rasmi tanlab olinadi, uni qora , oddiy qalamda chizb olamiz, so`ng turli xil bo`yoqlar yordamida bo`yab chiqamiz.Har bir rasmni mehr va e`tibor bilan chizganda biz aynan shu rasmni o`xshatishga erishishmiz mumkin. Shuningdek chizsh jarayonida biz ranglarni ham to`g`ri tanlashimiz ahamiyatlidir.
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.
O`quvchilar albomlariga 13 –sahifada berilgan rasmlarini chizishlari va bo`yashlari ko`rsatiladi va o`rgatiladi. O`qituvchi o`quvchiloar bilan individual ish olib boradi. Barcha o`quvchilarga imkon darajasida amaliy yordam berib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa sinfda chizayotgan rasmlarini yakunlab kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
5-dars
Fan: Tasviriy san`at
Sana:
Mavzu: Bayroqcha rasmini ishlash
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga bayroq haqida ma`lumot berish, bayroqcha rasmini chizishni va bo`yashni o`rgatish..
2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning rang-tasvir k`onikmalarini va qo`l motorikasini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi, ko`rsatmali
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Bo`yoqlar va ranglar” mavzusi yuzasidan ishlangan rasmlar parta oralab tekshiriladi va rag`batlantiriladi.
So`ng o`qituvchi tomonidan rang-tasvirga , grafikaga, haykaltaroshlikka oida rasmlar k`orsatiladi. Rang-tasvirda turli xil bo`yoq va rangli qalamlardan, grafikada qora qalamdan, haykaltaroshlikda plastilin, loy va shunga o`xshash narsalardan foydalanishimiz kerakligi aytib o`tiladi. O`quvchilar bularning barchasini ko`rib, tushunib nomini aytishlari lozim bo`ladi. Shuningdek o`quvchilar bilan ranglar va bu ranglar qayerlarda uchrashi haqida suhbat uyushtiriladi.O`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. Barcha o`quvchilar diqqati darslikdagi mavzuga qaratiladi.Yangi mavzu”Bayroqcha rasmini ishlash” mavzusi rasm va narsalar orqali tushuntiriladi.
Bayroq haqida ma`lumot beriladi. O`quvchilarga bayroq har bir davlatning ramzi hisoblanishi, bayroqqa qarab qaysi davlatdan ekanligini aniqlash mumkinligi haqida aytib o`tiladi. Sport musobaqalarida , g`oliblarning yurt bayroqlari balandlikka ko`rtarilishi va bu hammada iftihor tuyg`usini yuzaga chiqarishi aytib o`tiladi.
Bugun biz sizlar bilan bayroqcha rasmini chizishni `organamiz. Bayroqchalar turli shakllarda bo`ladi. To`rtburchak, Uchburchak, Kesilgan, kvadrat shaklida. O`qituvchi o`quvchilarga ikki xil bayroqning chizilishini bosqichma-bosqich tushuntirib , chizb ko`rsatadi. Rasm chizhs texnologiyasi eslartiladi.
Rasm chizshdan avval biror narsaning rasmi tanlab olinadi, uni qora , oddiy qalamda chizb olamiz, so`ng turli xil bo`yoqlar yordamida bo`yab chiqamiz.Har bir rasmni mehr va e`tibor bilan chizganda biz aynan shu rasmni o`xshatishga erishishmiz mumkin. Shuningdek chizish jarayonida biz ranglarni ham to`g`ri tanlashimiz ahamiyatlidir.
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilar albomlariga 15 –sahifada berilgan rasmlarini chizishlari va bo`yashlari ko`rsatiladi va o`rgatiladi. O`qituvchi o`quvchiloar bilan individual ish olib boradi. Barcha o`quvchilarga imkon darajasida amaliy yordam berib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa sinfda chizayotgan rasmlarini yakunlab kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
6-dars
Fan: Tasviriy san`at
Sana:
Mavzu: Soat rasmini ishlash
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga soat , vaqt haqida ma`lumot berish, soat rasmini chizishni va bo`yashni o`rgatish..
2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning rang-tasvir k`onikmalarini va qo`l motorikasini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi, ko`rsatmali
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Bayroqcha” rasmi parta oralab tekshiriladi va rag`batlantiriladi.Bayroqlar qayerda uchrashi, davlat ramziga oidligi, bayroqlarni yirtmaslik, uni asrtab avaylash haqida ma`lumotlar beriladi. Rang- tasvirni yaratishda bo`yoqlardan foydalanish texnikasi yana bir bor bollarga eslatib o`tiladi.
O`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
So`ng o`qituvchi tomonidan muammoli vaziyat yaratiladi va o`quvchilar diqqati jamlanadi.
Nima bir kunda 2 marta bir xil vaqtni ko`rsatadi.(soat)
Topishmoqning javobini topish uchun o`quvchilarning bilimlari yo`naltiriladi. O`quvchilar topishmoqning javobini topadilar , so`ng o`qituvchi bugungi yangi mavzu “Soat” rasmini chizsh ekanligini ma`lum qiladi. So`tning insonlar hayotidagi o`rni, vaqtyni bekgilovchi asbob ekanligi, qadimda soat ixtiro qilinmagan vaqtda insonlar quyosh gullaridan, quyish nurlarining tushishidan, qum soatlardan vaqtni belgilaganliklari aytib o`tiladi.
Soatning har bir detali o`quvchilarga ko`rsatiladi va tushuntiriladi.
Rasm chizshdan avval biror narsaning rasmi tanlab olinadi, uni qora , oddiy qalamda chizb olamiz, so`ng turli xil bo`yoqlar yordamida bo`yab chiqamiz.Har bir rasmni mehr va e`tibor bilan chizganda biz aynan shu rasmni o`xshatishga erishishmiz mumkin. Shuningdek chizish jarayonida biz ranglarni ham to`g`ri tanlashimiz ahamiyatlidir.
Soat rasmiga qarab o`qituvchi bosqichma-bosqich soat rasmini chizishni ko`rsatib beradi.
O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |