rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni
jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-
yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida
qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-
yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish
maqsadlarini (keyingi o‘rinlarda BRM deb ataladi) izchil amalga oshirish
bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi
qaror qiladi:
1. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror
rivojlanish sohasidagi
Milliy maqsad va vazifalar (keyingi o‘rinlarda Milliy maqsad va vazifalar
deb ataladi)
1-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi
milliy
maqsad
va
vazifalarni
amalga
oshirish
bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi
kengash deb ataladi)
2-ilovaga
muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
3. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi
milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
3-
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari
hisoblansin:
Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul
vazirlik hamda idoralarning samarali
ishlarini tashkil etish, BRMga
erishishda sektorlararo muvofiqlashtirish va uyg‘unlashgan yondashuvni
ta’minlash;
Milliy maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli
rivojlantirish
dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini
ta’minlash;
vazirliklar, idoralar va ishchi guruhlarning Milliy maqsad va
vazifalarni amalga oshirish hamda natijalarga erishish masalalari
yuzasidan hisobotlarini eshitish.
5. Milliy maqsad va vazifalarni
amalga oshirish davrida
quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi
funksiyasini bajaradi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli
qarori
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y.,
09/20/777/1620-son)
b) ishchi organ quyidagi huquqlarga ega:
Milliy maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul
bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi
shart bo‘lgan Milliy maqsad va vazifalarni zarur darajada bajarish
bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq
masalalarni ishlab chiqish va hal qilish uchun
tegishli mutaxassislar va
ekspertlarni, shu jumladan xorijiy, shuningdek, ilmiy va boshqa
muassasalarni jalb qilish.
6. Milliy maqsad va vazifalarning
izchil va zarur darajada
bajarilishi,
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasiga
kiritilayotgan
normativ-huquqiy
hujjatlar
loyihalarining
ularga
muvofiqligi yuzasidan vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A.
Qo‘chqorov hamda Iqtisodiyot vaziri B.A. Xo‘jayev zimmasiga
yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV