2 Borliq tushunchasi mohiyati va mazmuni Borliq va uning shakllari


Estetika fanining kategoriyalariFojeaviylik



Download 95,08 Kb.
bet40/41
Sana01.02.2022
Hajmi95,08 Kb.
#422229
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Falsafa to\'liq

77.Estetika fanining kategoriyalariFojeaviylik. Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining etiborini jalb qilib kelgan. Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulugvorlik bilan qator yaqinlikka ega. Haqiqiy ulugvorlik fojiaviylikning davomi, desak mubolaga qilmagan bolamiz. Shu bois estetikasida fojiaviylik kategoriyasining ulugvorlik kategoriyasidan keyin organilishi bejiz emas. Ulugvorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu korinishi orqali namoyon boladi. Fojiaviylik kategoriyasining falsafiyligi shundaki, u: insoniy fazilatlardagi yoqotilgan narsalarning ornini qoplab bolmasligini korsatib beradi; abadiyatga daxldor shaxslarni tavsiflaydi va baxolaydi; sodir bolgan voqea–hodisaning yakuniga qarab qahramon xarakterining ochib beradi; dunyo manzarasi va inson hayotining mazmuni boyicha falsafiy mushohada qilishga undaydi; man etilgan tarixiy zidditlarni fosh etadi;tushkunlik xolati va qaygu tuygularini paydo qilsa–da, Ayni paytda tantana va quvonch, hayotdan umidvorlik, hayotga muhabbat xislarini ham yuzaga keltiradi. odamlarni yovuzlik, qabohat va manaviyatsizlikdan forig qiladi. Kulgililik. Bu bordagi mavjud nazariyalar kulgililikning predmetini obektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning subektiv imkoniyatlari natijasi yohud subekt va obekt ozaro aloqadorligining natijasi sifatida korib chiqiladi va mazkur metodologik yondoshuv kulgililikdagi kop manolikning yuzaga kelishiga sabab boladi.Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng organilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bolgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi. Aristotel fikricha, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizgonchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun obekt boladi. Aristotel fikricha, kulgi–axloq hududlarini bezarar buzishdir. Aristotel estetikasida kulgi inkor etilib, komediyaning xarakteri nazariy jihatdan asoslanadi. Aristotelning fikriga kora, har qanday ozod inson hazil bilan robaro kelishi mumkin. Bu xolatda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa–boshqalarning ermagi, ovunchogidir.Kulgilililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat obektiv tomonga ega bolmay, subektiv tomonlarni ham ozida birlashtiradi. Kulgililikning subektiv tomoni keng manodagi hazil (yumor) tuygusidir. (Moler hazil tuygusini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beoxshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. Hazil tuygusi juda murakkab aqliy tuygu bolib, unda shaxs ozining butun borligi bilan namoyon boladi, unda insonning his–tuygusi, aqliy madaniyati, orzu–umidlari va tabiati aks etadi. Shuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin boladi. Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida oringa ega. Umumnazariy manoda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi bolib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish–bunday hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini borttirib korsatish maqsadi yotadi. Satira har xil korinishlarda namoyon bolishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy voqea–hodisalari joylashgan bolib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan boladi. Shuning uchun komediya sanatiga xos tanqidiylik, yonalganlik satirada eng tola va eng aniq ifoda topadi. Satirani asosan kulgi fosh eitb qoyadi, lekin kulgi bu jarayonda qahr–gazabdan ajralmagan holda namoyon boladi.Satira mazmunining xususiyati uning mubolaga (giperbola) va garoyibot hajvi (grotesk) kabi keskin borttirish vositalaridan kelib chiqadi. Jamiyat rivojlanib borishi jarayonida satiraning obekti bilan birga uning subekti ham ozgarib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniy maqsad–manfaatlarning ustuvorligi umuminsoniy qadriyatlar vositasida jahon xalqlari hayotidan tobora mustahkam orin egallab borayotgan ekan, insoniyatning mana shu bosh taraqqiyot yolini tosadigan barcha chirik, eskirib qolgan, dogmaga aylangan narsalar, xolatlar adabiyot va sanatning otkir va hayotchan satira obekti bolib qolaveradi. Kulgi–insoniy voqelik. Inson ozining aqli yordamida kuladi. U, albatta, ozining ahmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning mazmunsiz kulgisi hisoblanadi. Kulgidagi lazzatning manbaida masxara, istehzo kabi obektlarning ustidan afzallik tuygusi yotadi. Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda gozallik kategoriyasi boglovchilik vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulugvorlikda, hunuklikda ham gozallik unsurlarining uchrashi bejiz emas.
78. San'atning paydo bo'lishi.San’atshunoslik alohida fan sifatida XVI-XIX asrlar mobaynida shakllandi. San’atga doir ma’lumotlar datslab Yunonistonda qadimdan o‘rganila boshlangani malum. Aritsotel, Platon kabi o‘sha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san’at tarixi bilan ham shug‘ullanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar saqlangan. Qadimgi Rimda yunon san’atiga katta e’tibor bilan qaralgan. Milodiy datslabki asrlarda O‘rta Osiyo mamlakatlarida me’morchilik va san’atga oid risolalar yaratilgan. Ular mazmuni jihatdan hammabop bo‘lib, ham metodik qo‘llanma, ham o‘qish kitobi sifatida xizmat qilar, kitobxon e’tiboriga tarix, hikoyat, nasihat va mushohadalar havola qilinardi. O‘rta asrlarda Ovro‘pada san’at ilohiyot (teolo-giya)ning bir qismi bo‘lib qoldi.O‘rta asr san’atshunoslari san’atni narigi dunyoning bu dunyo-dagi moddiy obrazi deb baholadilar. Uyg‘onish davri san’at rivojida muhim davr bo‘lib tarixga kirdi. XIV-XVI asrlarda insonparvarlik va realizm g‘oyalari bilan bir qatorda san’atni cherkov ta’siridan ajratishga intilish kuchaydi va uni ilmiy tavsiflash yo’lida muhim qadam qo‘yildi. Bu davrda yaratilgan ko‘p risolalarda rassom, haykaltaroshlarga asosiy yo’1-yo’riqlar ko‘rsatildi, umuman, san’at, uning nazariyasi va tarixi bo‘yicha qimmatli asarlar vujudga keldi. Leonardo da Vinchi kabi rassom va me’morlar rassomlik, uning ilmiy asoslari va imkoniyatlari, tasviriy san’atda inson ma’naviy hayotining aks ettirilishi kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlarni bayon etdilar.XVI asrda Olmoniyada A. Dyurerning proporsiyalar haqidagi ilmiy fikrlari, Venetsiyada P. Aretinoning borliqni to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha rassomlar oldiga qo‘ygan talablari san’atga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. XVII asrda risola, qo‘llanma, Ovro‘po san’atiga bag‘ishlangan sharhlar, Italiyaga doir yo’l ko‘rsatkichlar, rassomlarning hayoti va ijodiy faoliyati, badiiy hayot tarziga oid adabiyotlar yaratildi. San’atning XVIII asrdan boshlab mutsaqil fan sifatida shakllanishi shu asr oxiridagi fransuz burjua revo-lutsiyasini tayyorlash va uni amalga oshirish davrida eski tartiblar hamda feodalizmga qarshi g‘oyalarning kurashi bilan bog‘liq bo‘ldi. Ijtimoiy-tanqidiy tafakkur rivoji oqibatida tanqidiy etud janri shakllandi, san’atda g‘oyaviylik va realizm uchun kurash avj oldi. Olmoniyada G. E. Lessing realizm nazariyotchisi sifatida «tasviriy san’at» terminini fanga kiritdi.XIX asrda san’atning ilmiy-tarixiy asoslari mutsahkamlandi, san’at fan sifatida shakllanib takomiliga yetdi, o‘z uslubiyotiga ega bo‘ldi. Fransiyada Stendal, G. Kurbe, Olmoniyada I. Hyote va H. Heynening asarlari, san’atshunoslik fanida katta ahamiyatga ega bo‘ldi, arxeologik tadqiqotlar koiami kengaydi, badiiy muzeylar ochildi.Bu davrda, ayniqsa, buyuk fransuz revolutsiyasi g‘oyalari, I. Kant, A. S’hopengauyer, G. F. Hegel estetik qarashlari, Rossiyada esa V. V. Stasov, I. N. Kramskoy, I. Ye. Repin va San’at turlanda qo‘llaniladigan ijodiy uslub yoki san’at uslubi ham jiddiy ahamiyatga egadir. San’at mahorati faqat texnika bilan o‘lchanmasa ham, uni egallamay turib, mohir utsa bo‘lib yetishish mumkin emas. Barcha san’at turlari yuksak ifodalilik qonuniga bo ’ysunadilar.Demak, san’at turlarida badiiy tuzilma (kompozitsiya), vazn, tasviriy-ifodaviy va moddiy vositalar majmui san’at shaklini tashkil etadi. S’hakl hamma vaqt muayyan mazmunni ifodalaydi. San’at asarlarida mavzu sujet yordamida oydinlashadi. Sujet asarda ko‘rsatilmoqchi bo‘lgan hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida asar personajlarini bir-biriga bog‘lab turadi.G‘oya asar mazmunining asosini tashkil qiladi. Asarning g‘oyaviyligi uning mazmundorligidan darak beradi. S’hunday qilib, san’at asarlarining mazmuni badiiy g‘oya, asar mavzusi, asar sujeti hamda san’atkor tomonidan baholangan hayot hodisalarining yig‘indisini tashkil qiladi. Badiiy shakl tarkibiy qismlarining asosini kompozitsiya tashkil qiladi.Kompozitsiya - o‘zi anglatgan ma’noga ko‘ra sujetga yaqin turadi. Agar badiiy asarning sujeti voqealar rivoji bo‘lsa, kompozitsiyasi ularni bir-biri bilan bog‘laydi. U asar mazmunini ifodalovchi qismlarning yaxlitligini ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, san’at asarlarining shakli tuzilish jihatidan xilma-xildir, mazmun va shakl elementlarining uzviy bog‘liqligi san’at asarlarida badiiy uslub deb ham yuritiladi.
79.San'atning jamiyatdagi vazifalari.Sanat - estetik tarbiyaning muhim vositasi.Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan kora, ushbu jarayonni insonning ozi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda sanat mohiyatan shaxsning xis-tuygulariga tasir korsatishga qodir bolgan muhim vosita sifatida insonni doimo oziga jalb etib kelgan. Sanat insonning ehtiroslar va tuygular olamiga singib borib ularni yiglatadi, kuldiradi, oylashga majbur qiladi. Shuning uchun bolsa kerak sanat barcha davrlarda insonga hamroh bolib kelgan.Sanat ozining estetik bisotini tolaligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas boglanadi. Chunonchi, inson tafakkurini gozallashtirish estetikaning tadqiqot obekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa manaviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.Malumki, fuqarolarda yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin ham chinakam sanat, adabiyot va marifat kotarishiga shubha yoq. Demak, korinib turibdiki, sanat voqelikka estetik munosabatning kengqamrovli sohasi bolib, u insonni nafosatli hamda badiiy didini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. Sanatning tarbiyaviy-goyaviy funksiyasi hayot haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon boladi. Estetik haqiqatning ozi esa hayotni badiiy ijod qonunlari bilan aks ettirishi natijasida vujudga keladi.

Download 95,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish