9 Jamiyat hayotida moddiylik va manaviylikning o’rni Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’g’risidagi qarashlar,
nazariyalar, ta’limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari,
madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga
solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin
tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va
huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va
mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga
qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug’ullanadigan toifalar, guruh,
qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat
taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi.
10 Farobiyning falsafiy qarashlari Шаркда «Иккинчи Арасту», «Иккинчи муаллим» дея эътироф этилган буюк мутафаккир Абу Наср Фаробий философия сузини «Хикматни кздрлаш» деб талкин этган. Фалсафа Шар к халклари ижтимоий тафаккурида «донишмандликни севши» деган мазмун билан бирга, олам сирларини билиш, хаёт ва инсонни кддрлаш, умр мазмуни хакидаги кдраш ва хикматларни эъзозлаш маъносида ишлатилган. Хаёт конуниятларини яхши биладиган, умрнинг уткинчи экани, абадият инсонга эмас, оламга хослигини яхши англаб етган, Узи ва Узгалар кддрини тугри тушунадиган киши хеч качон «Мен — донишмандман» дея очик эътироф этмайди. Айникса, Шарк халклари хаётида бу хол яккол кузга ташланади. Аммо, Фаробий таъкидлаганидек, хикматни кддрлаш, олам ва одам хамда хаётнинг кадр ига етиш — бошкд ran. Шу маънодабизда кддим замонларда файласуф деганда, купдан-куп илм сохаларини эгаллаган, устоз ва муаллим сифатида шухрат Козонган аллома ва мугафаккир кишилар тушунилган.
11. Falsafiy dunyoqarashning tamoyillari va funksiyalari. Dunyoqarash tizimiga xos nisbatan mustaqil yo‘nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechog‘lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo‘nalishlari mavjudligini ko‘ramiz.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi umumiy tamoyillar namoyon bo‘ladi:
- turli dunyoqarash shakllarining o‘zaro aloqadorligi kuchaymoqda;
- muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda;
- milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan.
Bu umumiy tamoyillari istalgan konkret dunyoqarash shakli uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, uning quyidagi tamoyillari ham bor: ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, g‘oyaviylik, nazariya va amaliyot birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |