70.Muomala madanyati.
Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi. Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobi. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasdan rostmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat. Shu o‘rinda ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslash kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning quvonchi sababi shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmati, izzatini joyiga qo‘yish, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. U so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi o‘zini shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Muomala odobining «ko‘zgusi» – inson nigohi. Ma’lumki, odamning qarashi, yuz ifodasi, qo‘l harakatlarida qay sababdandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, o‘z aksini topadi. Suhbatdoshi gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo‘yishning o‘zi so‘zdan kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o‘z shogirdining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, jilmayib qo‘yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o‘qrayib qarash bilan munosabatini ifodalaydi. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo‘lsa, ikkinchisi aksincha – shogirdining emas, o‘zining odobsizligini ko‘rsatmoqda.
71.Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uygunligi. Axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri kasbiy odobdir. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, oz kasbi doirasida hamkasblar va kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifa odamlar bilan muntazam munosabatda boladi. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar – imtiyozli kasb egalari bor. Misol uchun, tabobat xodimi, jarrohni olaylik. U har bir jarrohlik amaliyoti kunida bir necha kishini soglom hayotga qaytaradi; shaxsiy manfaati yolida jarroh oz bemoriga xiyonat qilishi mumkin emasmi? Yoki jurnalist oz kasbidan foydalanib, begunoh kishilarni manaviy azobga qoyishi, atayin jamiyat oldida sharmanda qilishi hisobiga ozining bazi muammolarini hal qilib olishi mumkin. Bunday imtiyozli kasb egalari faoliyatida ozboshimchalik, manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suistemol qilish singari illatlarga yol qoymaslik, ular axloqiy darajasini yuksak bosqichda turishini taminlash maqsadida ozaro qoidalar majmui yaratilgan. Ular, odatda, qasamyod yoki meyorlar korinishini olgan. Ularni buzish axloqsizlik, hatto jamiyatga xiyonat tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar juda uzoq tarixga ega. Misol tariqasida hozirgi kunda ham oz ahamiyatini yoqotmagan Qadimgi Yunon hakimi Gippokrat (mil.av.V IV) tomonidan tuzilgan, tabobat xodimlari kasbiy odobi qonun-qodalari jamlangan «Gippokrat qasami»ni keltirish mumkin.Tarixda oz dushmanini davolagan tabiblar kop uchraydi. Mashhur rus olimi akademik Andrey Saxarov buyuk nazariyotchi, fizik, termoyadro sohasida tengi yoq mutaxassis, vodorod bombasining asosiy kashfiyotchisi, onlab orden va medallar sohibi, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni, obroli, badavlat bir inson edi. U yuksak axloq yolini tanladi, olimlik burchi, odobi talablarini bajarishni har qanday boylik, izzat-ikromdan baland qoyib, ommaviy qirgin qurollari, jumladan, ozi yaratgan vodorod bombasi sinovlariga ochiq bayonotlar bilan qarshi chiqdi. Natijada Shorolar tuzumi uni ilmiy jamoatchilikdan ajratib, poytaxtdan olisga badarga qildi, uning nomini matbuot yoki kitoblarda qayd etilishini taqiqladi. Holbuki, u hammadan izzatliroq yashay olishi mumkin edi. Olim boshiga behisob tuhmat, tana-dashnomlar yogdirilishiga sabot bilan chidadi, ahdidan qaytmadi, yovuzlik saltanati qolida oz olimlik istedodining qogirchoq, harbiy murvatga aylanishiga yol qoymadi. Oxir-oqibatda u inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor boldi. Pedagog, huquq-tartibot hodimlari, muhandis odobi singari bir qancha kasbiy odob turlari ham jamiyat axloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining tasir doirasi, miqyosi bir xil emas. Bazan rahbarlik kasbiy odobining buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib ketadi. Kasbiy odobning kasbiy axloq deb atalishi bejiz emas.Demak, kasbiy odob muammosi axloqshunoslikning muhim masalalaridan biri. Kasbiy odob shaxs va jamiyat axloqiy hayotida ozini amaliy axloq tarzida namoyon etuvchi manaviy hodisa sifatida baholanishi lozim.
72. Sanatning shaxs axloqiy tarbiyasiga tasiri. Axloq bilan sanatning ozaro aloqalari haqida gap ketganda, avvalo, sanat mohiyatan shaxsning xis-tuygulariga tasir korsatishga qodir bolgan muhim jarayon ekanligini hisobga olish darkor. Sanat insonning xissiyotlari va tuygular olamiga kirib boradi. Shuning uchun bolsa kerak, sanat barcha davrlarda insonga hamroh bolib kelgan.Sanat keng manoli tushunchadir. Zero, sanat inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan narsalardir. Sanat inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir sanat asarida shaxsning oziga xos istedodi namoyon boladi. Va nihoyat, sanat insonning mahorati bilan chambarchas bogliqdir. Sanat, keng manoda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va istemol (badiiy idrok etish) jarayonlarini ham qamrab oladi. Nafosatshunos E.Umarovning takidiga kora, Sanat va axloq ozaro munosabatlari estetikada ozak masalalardan biri bolib, bu masalaga uch uslubda yondoshiladi. Birinchisi- «axloqiylik» uslubi deyiladi. Bu uslub Ovrupo nafosatshunosligidagi yunonlar, jumladan Aflotun, yangi davrda esa Russo va L.N.Tolstoy ijodida kengroq va chuqurroq ishlab chiqilgan. Axloqiylik”ning mohiyati shundaki, uning targibotchilari tarixan turli davrlarda yashaganiga qaramay, badiiy ijodni axloq-odobga boysundirish, ezgulikni sanatning birdan-bir va eng oliy maqsadi sifatida targib etishdir.Sanat va axloqning bosh mavzui inson hisoblanadi. Sanat insonning maqsad-manfaatlari, fikr-mulohazalari, his-tuygulari, ichki kechinmalari nuqtai nazaridan aks ettirsa, axloq inson ijtimoiy aloqalari va munosabatlarining magziga singib ketadi. Hayotda axloq-odobga aloqador bolmagan biror voqea-hodisa sodir bolmaydi. Insonlarning ozaro munosabatlari va muomalalari axloqning bevosita obekti bolib xizmat qiladi.Ayni paytda sanat axloqshunoslik targibotchisi, axloqiy tarbiyaning eng qulay vositasi sifatida ham namoyon boladi. Bejiz birinchi prezidentimiz I.A.Karimov oz asarlarida sanat va madaniyatga quyidagi bahoni bermadilar: Sanat va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yol topish haqida soz yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi istedod egasi oziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql orgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilxomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bogliqdir. Agarki har qaysi ijodkor oz asarida ana shu olmas goyalarni bosh maqsad qilib qoysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va sanat ham tom manoda manaviy yuksalishga hizmat qilib, ozining ijtimoiy vazifasini toliq ado etishga erishgan boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |