Fazo va vaqt borliqning mavjud bo‘lish tamoyillari.Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. Har qanday moddiy jism joy, ko‘lam, hajmga ega. Fazo – vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibi, narsalarning ko‘lami, hajmi, uzlukli yoki uzluksizligini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalarning ketma-ketligi tartibi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi.
Fazo narsalar joylashadigan joy, vaqt esa hodisalar bo‘lib o‘tadigan muddat ma’nosida makon va zamon deb ham ishlatiladi. Bu borada substansial va relyatsion yondashishlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |