2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


§. Noto’lovlar muammosi va uni bartaraf etish yo’llari



Download 268,63 Kb.
bet19/87
Sana18.07.2022
Hajmi268,63 Kb.
#819791
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)

5§. Noto’lovlar muammosi va uni bartaraf etish yo’llari.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida to’lov majburiyatlarini o’z vaqtida va to’la hajmda bajarish iqtisodiyotning turli sohalari faoliyatining zarur shartidir. Korxona, tashkilot, banklar va davlat o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar muammosi doimo dolzarb shu bilan birga hal etilishi qiyin bo’lgan muammolardan biri bo’lib qoladi. Chunki tovar jo’natish yoki xizmat ko’rsatish bilan unga pulni to’lash vaqti bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Bu esa debetorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga keltirib chiqaradi. Bunday qarzlar o’z vaqtida yopilmasa uzaytirilgan debetorlik yoki noqonuniy qarzlari paydo bo’ladi.


Ma’lumki, noqonuniy kreditorlik, shu bilan birga muddati uzaytirilgan debetorlik qarzlari hajmining ortishi, noto’lovlar holatining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu esa shu mamlakat iqtisodining izchillik bilan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va to’sqinlik qiladi.
Kreditorlik qarzlari - bu birlashma, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan vaqtincha jalb qilingan va muvofiq ravishda yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarilishi lozim bo’lgan pul mablag’laridir. Majburiyatlar va to’lov muddatlari doirasidagi kreditorlik qarzlari qonuniy qarzlardir. Hisob-kitob va to’lov tartiblari buzilganda noqonuniy kreditorlik qarzlari vujudga keladi. U aylanma mablag’lari rejadan tashqari taqsimlanganligini bildiradi. Xaridor va buyurtmachilarning o’zaro majburiyatlarga nisbatan befarqlik bilan qarashlari va ular tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinmasligi debetorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelishining asosiy sababidir. Korxona balansida muddati o’tgan qarzdorliklarning mavjudligi salbiy alomat bo’lib hisoblanadi, chunki bu holda korxona balansining tarkibi yomonlashadi. Bunda jalb etilgan mablag’larga ehtiyoj kuchayadi. Muayyan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot etkazib beruvchilar bilan o’z vaqtida hisob- kitoblarni amalga oshirmasliklari noto’lovlar zanjirining paydo bo’lyshiga olib keladi. Ushbu noto’lovlar zanjiriga nafaqat zaif, moliyaviy jihatdan layoqatsiz korxonalar, shu bilan birga kuchli va to’lovlarga layoqatli, moliyaviy jihatdan mustahkam bo’lgan korxona va tashkilotlar ham bog’lanib qolishlari mumkin.
Ehtiyoj kam bo’lgan, omborlarda me’yoridan ortiq to’planib qoladigan, raqobatga bardosh bera olmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish ham debetorlik va kreditorlik qarzlarining kelib chiqishiga olib keladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning me’yoridan ortiq miqdorda omborlarda yig’ilib qolishi, korxona aylanma mablag’larining muzlab qolishiga, ko’zlangan foyda miqdorining kamayishiga,
natijada, korxona moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Bu esa noto’lovlar muammosini keltirib chiqaradi. Noto’lovlar muammosini keltirib chiqaruvchi ko’plab omillarni keltirish mumkinki, ular qatoriga narx siyosati, soliq siyosati, normadan ortiq bo’lgan inflyatsiya darajasi va boshqalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga o’zaro qarzdorliklarni keltiruvchi asosiy sabablar quyidagilar bo’lib hisoblanadi:

  1. Iqtisodiyotda to’lov vositalarining etarli emasligi;

  2. Hisob-kitoblar uchun eng qulay to’lov vositalari sifatida hozirgi kunda amaliyotda ishlatilayotganlariga qo’shimcha ravishda, mamlakatimizda ayrim sabablarga ko’ra bekor qilingan chek va veksellarni ishlatilmasligi;

  3. Korxona aylanma mablag’larining inflyatsiya sharoitida ma’lum miqdorda qadrsizlanishi.

  4. Mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsuloti doimo xaridorgir bo’lmaganligi sababidan sotishning qiyinligi;

  5. Marketingning etarli darajada rivojlanmaganligi;

  6. Korxonalarni soliqqa tortish mexanizmi kamchiliklari mavjudligi oqibatida aylanma mablag’larining yo’qotilishi.

Bu sabablarni davom ettirish mumkin. Lekin asosiy masala o’zaro qarzdorliklarni to’liq yo’qotib bo’lmaydi. Ammo ularning umumiy summasini qisqartirish mumkin. Respublikamizda hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ham aynan mana shu qarzdorliklardir. Bu masala Respublika Vazirlar Mahkamasining majlislarida hamda respublika iqtisodiyotini isloh qilish bilan bog’liq turli yig’ilishlari doimo ko’rib chiqiladi. Shuningdek, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazish va qarzdorlik muammolari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qator Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. 1996 yil 24 yanvardagi "To’lov intizomini va o’zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni talablarini bajarish maqsadida, to’lovlarning o’z vaqtida o’tkazilishi va vakillik hisobvarag’larining ahvoli ustidan doimiy nazorat o’rnatishni ta’minlash xususidagi vazifalar belgilab berilgan. Tijorat banklariga belgilab berilgan bir qator vazifalar bilan birgalikda Markaziy bankning bosh boshqarmalariga tijorat banklarining joylardagi har bir boshqarmasi va bo’limlarida yil davomida kamida 1 marta Davlat soliq boshqarmasi bilan kelishilgan, muvofiqlashtirilgan tekshiruvlar rejasiga muvofiq debetor-kreditor qarzlar yuzasidan tekshiruvlar o’tkazish topshirilgan.
Tijorat banklari mijozlar bilan “Bank-hisobvarag’ini yuritish bo’yicha shartnoma” tuzishda bir qator nyuanslarni e’tiborga olishlari lozimligi belgilab berilgan:

  1. Xo’jalik yurituvchi subektlar har oyning 6 kuniga ichki idoraviy o’zaro qarzlarning summasini alohida qatorda ajratgan, barcha muddati o’tgan kreditorlik va debetorlik qarzlarining yuzaga kelish sanasi va ularni undirib olish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarni ko’rsatgan holda operativ ma’lumotlarni taqdim etish.

  2. Har chorakda taqdim etilayotgan balans bilan birga 2-shakldagi “Debetorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”ni taqdim etish to’g’risidagi band mavjud bo’lishi shart.

Korxona va tashkilotlardan operativ, oylik va choraklik balans ma’lumotlarini, muddati o’tgan debetorlik qarzlariga solishtirish dalolatnomalarini talab qilinishi,
ma’lumotlarni taqdim qilinayotgan mijozlarga nisbatan qanday choralar ko’rilayotganini, olingan ma’lumotlarni tahlil qilib o’rganilishini ko’rib chiqish lozim. To’lov hujjatlarida ya’ni to’lov talabnoma, topshiriqnomalarida xo’jalik subektlari tomonidan yuborilayotgan mahsulot haqining oldindan to’lanayotgan miqdori to’g’risidagi yozuv mavjudligi tekshirilishi kerak. Xo’jalik organlarida debetorlik qarzlari holati bo’yicha o’tkazilgan tekshirish dalolatnomalarining sifatini ko’rish va tekshirishda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo’yicha ko’rilgan choralarni o’rganib chiqishlari lozim.
Hozirgi kunda banklar tomonidan noto’lovlarni qisqartirish bo’yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari filiallari tomonidan 2-kartotekadagi to’lov hujjatlari muntazam ravishda inventarizatsiya qilinib boriladi va uning natijasida noto’g’ri qo’yilgan hisob-kitob hujjatlari aniqlanib, mijozlarga qaytarilmoqda.
Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha hukumat komissiyasining 2000 yil 13 yanvardagi "Korxona va tashkilotlarning muddati o’tgan debetorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish chora-tadbirlari to’grisida"gi bayonnomasi talablarini bajarilishini ta’minlash maqsadida xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar bilan hamkorlikda maqsadli to’lov sxemalari ishlab chiqildi va shu sxemalar asosida bir kunlik kreditlar ajratiladi hamda faktoring xizmatlari ko’rsatiladi. Sxema asosida kreditlar berish 23202-sonli maxsus hisobraqam orqali amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlarning muddati o’tgan debetor va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartirish uchun tijorat banklari tomonidan aniq maqsadlar uchun kredit berish va faktoring xizmatini ko’rsatish quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi:

Download 268,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish