2-bob. Mikroorganizmlarni o‘stirish usullari



Download 0,51 Mb.
bet1/10
Sana29.12.2021
Hajmi0,51 Mb.
#75160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sanoat mikrobiologiyasi lotin


2-BOB. MIKROORGANIZMLARNI O‘STIRISH USULLARI

Sanoat mikrobiologiyasi yoki mikroorganizmlar texnologiyasi mikroorganizm - produtsentlarning xususiyatlarini chuqur o‘rganish asosida olingan bilimga asoslanadi.

Produtsent - hosildorligi va boshqa texnologik xususiyatlari bo‘yicha texno-logiyaning barcha talablariga javob bera oladigan mikroorganizmdir. Faqatgina u yoki bu mikroorganizmni o‘sib, rivojlanishi uchun mo‘‘tadil sharoit yaratil-gandagina, produtsent kerakli miqdorda va sifatda mahsulot etkazib berishi mumkin. Mikrob - produtsentlarni o‘stirishning ikki xil usuli ma’lum: yuzaki va suyuq ozuqa sharoitida o‘stirish. 

Mikroorganizmlarni yuzaki o‘stirish texnologiyasi juda oddiy. Bu texno-logiyaga asosan mikroorganizmlar qattiq yoki suyuq ozuqa muhitining sathida o‘stiriladi. Qattiq ozuqa muhiti sifatida agar-agardan tayyorlangan muhitlar, arpa yoki bug‘doy kepagi kabilardan keng foydalaniladi.  Aralashtirilgan ozuqa muhiti  steril holatda probirkalarga yoki Petri likobchalariga, shisha idishlarga quyib chiqiladi. Kerakli mikrob- termostatlarga qo‘yiladi va bu erda mikroorganizmlarning o‘sishi va rivojlanishi boshlanadi. Arpa yoki bug‘doy kabi maydalangan, quruq ozuqalar barcha kerakli tuzlar hamda o‘stiruvchi omillar bilan aralashtiriladi va namlanib, maxsus to‘rtburchak shakldagi  idishlarga bir tekis sepib chiqiladi va produtsent ekilib, uning uchun kerakli bo‘lgan sharoitda o‘stirishga qo‘yiladi. Mo‘‘tadil haroratda mikroorganizmlarning o‘sishi bir necha kun davom etadi. SHundan keyin kerakli mahsulot ajratib olinadi. Mikro-organizmlarning yuzaki o‘sish jarayoni ma’lum bir vaqtda to‘xtaganligi sababli davriy hisoblanadi.

Mikroorganizmlar suyuqlikda o‘stirish jarayoni dastlab maxsus kolbalarda; keyin esa fermentyor deb ataladigan maxsus usqurmalarda olib boriladi va ushbu jarayonda mikroorganizmlar ozuqa muhitda suzib yuradi. Ushbu usul davriy va doimiy bo‘lishi mumkin.

Mikroorganizmlarni suyuqlikda davriy o‘stirilganda, fermentyorga birdaniga hamma ozuqa muhiti solinib, sterilizatsiya qilinadi va sovitilib ko‘paytiri-lishi lozim bo‘lgan mikroorganizmning achitqisi solinadi (ekiladi). Mo‘‘tadil bo‘lgan sharoitda mikroorganizmni o‘stirish ma’lum bir vaqtgacha davom etadi va shundan so‘ng fermentyorlarning ishi to‘xtatilib, hosil bo‘lgan aralashmadan kerakli modda ajratib olinadi.

Mikroorganizmlarni suyuqlikda doimiy o‘stirish jarayonida fermentyorga bir tekisda, doimiy ravishda ozuqa muhiti quyib turiladi va shunga mos ravishda tayyor mahsulot saqlovchi suyuqlik (mikroorganizm bilan birga) quyib olinib, undan kerakli modda maxsus usullar yordamida ajratib olinadi. Albatta mikroorganizmlarning davriy yoki doimiy o‘stirish sharoiti bir-biridan farq qiladi. Davriy o‘stirishda ozuqa muhitidagi moddalar miqdori bir tekisda kamayib, hosil bo‘ladigan modda miqdori esa ko‘tarilib boradi, bu esa mikroorganizmning o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Doimiy o‘stirishda esa, bu ikki ko‘rsatkich bir tekisda turadi, shuning uchun ham mikroorganizmning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.



    1. Download 0,51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish