II- faza o‘sishning tezlanish yoki o‘tish davri deb ataladi. Bu fazada hujayraning bo‘linishi boshlanadi, hujayrada nuklein kislotalari, oqsil miqdori (DNK, RNK) oshadi va hujayra hajmi kengayadi.
Hujayra sathining uni hajmiga nisbati ma’lum darajaga etganda hujayraning bo‘linishi boshlanadi, oqibatda mikroorganizmlar soni va uni o‘sishi ortib boradi. Bu faza unchalik uzoq davom etmaydi.
5-rasm. Mikroorganizmlarni davriy o‘sishining umumiy chizmasi:
x - biomassa miqdori (1ml dagi mikrob hujayrasi miqdori); t- vaqt, soat; I - lag-faza; II - tez rivojlanish fazasi; III - eksponensial faza; IV - sekin rivojlanish fazasi; V - statsionar faza; VI - nobud bo‘lish fazasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |